Geodeziya laboratoriya


GEODEZIYANING RIVOJLANISH TARIXIGA DOIR



Download 6,28 Mb.
bet5/148
Sana06.01.2022
Hajmi6,28 Mb.
#322979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
Bog'liq
Geodeziya (O'.O'tanov) (2)

GEODEZIYANING RIVOJLANISH TARIXIGA DOIR

Geodeziya kishilik jamiyatining hayotiy talablari asosida vu- judga kelgan bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan rivojlana borgan. Odamlar joylarni o‘lchash yoki alohida- alohida qilib bo‘lish uchun miloddan avvalgi ming yillikda geodeziyaga murojaat qilganlar.

Vavilon davlatida murakkab irrigatsiya tizimi vujudga kelgan bo‘lib, Tigr va Yefrat daryolarini boshqarish tartibi o‘rnatilgan. Bundan tashqari, keng miqyosda sun’iy ravishda suv chiqarilgan. Miloddan 2150 yil avval uzunligi 0,9 km tunnel qurilib bitkazil- gan. Shundan keyin daryoga suv o‘sha tunneldan oqib o‘tgan. Misrda miloddan oldingi 4000—3000- yillarda mudofaa inshooti va irrigatsiya tartibida Nil daryosini o‘rganish ishlari olib borilgan, keyinroq Hufu piramidasi qurilgan. Miloddan avvalgi 1300—1100- yillarda ham katta saroy inshootlari, IX—X asrlarda qator yirik kanallar qurilgan. Xitoyda, Hindistonda va Gretsiyada ham xuddi shunga o‘xshash bir qancha geodezik ishlar bajarilgan. Gruziyada, Italiyada va Falastinda yer osti inshootlari qurilib, ularning ba’- zilari hozirgacha ham saqlanib kelmoqda.

Miloddan avval yashab ijod qilgan qadimgi grek olimi Pifagor (580—500- yillar) Yer sharsimon degan g‘oyani ilgari surgan. Mashhur filosof Aristotel (Miloddan oldingi 384—322- yillar) va

4

boshqa grek olimlari ham Yerning sharsimon ekanligini isbot etganlar. O‘sha davrda geodeziyaning oldida turgan eng asosiy vazifalaridan biri Yer sharining radiusini aniqlash edi. Uning o‘lchamlarini dunyoda birinchi bo‘lib Aleksandiriyalik (Misr) olim Eratosfen (Miloddan oldingi 276—194)da aniqlagan. Ana shu vaqtda Gretsiyada geografik karta tuzilgan bo‘lib, unda Yerning sharsimon ekanligi hisobga olinganligi tufayli qadimdanoq kar- tografiya birinchi bo‘lib ilmiy asosga ega bo‘ldi. Arab olimlari 827- yilda meridian yoyining 35° kenglikda, 1° dagi uzunligi 111,8 km ekanligini o‘lchab topganlar. Vatandoshimiz, buyuk o‘zbek olimi Abu Rayxon Beruniy (973—1048) o‘zining «Qonuni Mas’udiy» asarining, asosan, sferik astronomiyaga bag‘ishlangan IV va V maqolalarida geodeziya va matematik geografiyaning turli masalalarini ko‘rib chiqqan. Yer radiusi uchun u topgan qiymat — 6 425 684 m (hozirgi qiymat taxminan 6 370 000 m), Yer meridiani 1° ning uzunligi uchun topgan qaymati 110 275 m (hozirgi qiymat 110 895 m) bo‘lib, o‘sha davr uchun bu natijalar katta ahamiyatga ega edi. Beruniyning 1025- yilda yozgan «Turar joylar orasidagi masofalarni to‘g‘rilash uchun joylarning chegaralarini aniqlash» asari astronomiya, geodeziya, geografiya va geofizika haqida qimmatbaho ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, qisqacha,



«Geodeziya» deb yuritildi. Beruniy bu asarida geodeziyaning

muhim masalalarini hal qildi va birinchi bo‘lib geodeziyani mustaqil fan darajasiga ko‘tardi.




    1. Download 6,28 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish