Geodeziya, kartografiya va kadastr


-bob Abu Rayxon Beruniy fanlar (sivilizatsiyasi) ning rivojlanishi borasida olib borgan izlanishlari



Download 1,36 Mb.
bet5/10
Sana03.07.2021
Hajmi1,36 Mb.
#108185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mahmud - Kurs ishi

2-bob Abu Rayxon Beruniy fanlar (sivilizatsiyasi) ning rivojlanishi borasida olib borgan izlanishlari.


2.1. Beruniyning karografiya, geodeziya, geografiya va astronomiya fanlariga doir qilgan kashfiyotlari.


3-rasm Abu Rayxon Beruniy

Buyuk qomusiy olim va mashhur mutafakkir alloma Abu Rayxon Beruniy matematika, astronomiya, geodeziya, kartografiya, jug‘rofiya, minirologiya, falsafa tarixi, adabiyot va shunga o‘xshash ko‘pgina fanlarning rivojiga katta hissa qo‘shgan olimdir. Beruniy haqida ko‘plab ilmiy va badiiy asarlar yozilgan. Beruniyning kartogrofiya va geodezik merosini besh yo‘nalishga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Yerning shakli va o‘lchamlarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar. Yerning shakli haqidagi fikr yuritish, Beruniy “Geodeziya” asarida astronomiya qonunlariga muvofiq yer kurrasining o‘lchamlarini aniqlash borasida o‘ziga hos yangi usul o‘ylab topadi. Hindistonda bo‘lganda uzoq yillar davomida o‘ylab yurgan fikrini amalga oshiradi, ya’ni Yerning radiusini o‘lchaydi. Ishni bajarishda o‘zi o‘ylab topgan ufqning pasayishi burchagini o‘lchash orqali Er o‘lchamlarini aniqlaydi. Hozirda Amerika materigi deb ataladigan quruqlikning mavjudligi haqida ham Beruniy o‘zining “Geodeziya” asarida bashorat qilgan. “Balki u quruqlik, bizning katta yerimizdan, ular orasida chuqurliklar hosil bo‘lishi sababli uzoqlashgandir”-, deb yozadi muallif. Undan tashqari Beruniy Chin mamlakatida bo‘lganida u erda bizning yerimizga mansub bo‘lmagan kema qoldig‘ini ko‘rganini aytadi. Joyning jug‘rofik koordinatalarini aniqlash bo‘yicha to‘g‘ri va teskari masalalarni yechish. Ma’lumki, Beruniy diametri 7,5 m keladigan globus yasagan.

Unda, kurramizning shimoliy yarimida joylashgan ko‘pgina shaharlar aks ettirilgan. Ularning koordinatalari bo‘yicha shaharlar orasidagi masofa va yo‘nalish miqdori aniqlangan. Bu ma’lumotlar olimga faqat globus tuzish uchungina kerak bo‘lmasdan, balki boshqa murakkab ilmiy muammolarni hal qilishda ham zarur bo‘lganligi ma’lum. Muhandislik geodeziyasiga oid masalalarni echish. Beruniyning “Astrolyabiya haqida risola” asarini har tomonlama tahlil qilgan nemis sharqshunos olim E. Videmanning yozishiga qaraganda, risolada 68 bo‘lim bo‘lib, ularning ba’zilarida muhandislik geodeziyasiga oid masalalarning echimlari berilgan. Astronomik-geodezik asboblarni yasash. Abu Rayxon Beruniyning asarlarida ko‘pgina geodezik asboblarni yasash va ularni ishlatish usullari keltirilgan. O‘smirlik yillarida u Quyosh balandligi narmillyar sfera yordamida o‘lchagan. Keyinchalik u maxsus balandlik o‘lchagich asboblarini yaratadi.So‘ngra u gorizontal doira yasaydi. Doira o‘rtasida gnomon o‘rnatiladi. Bunday asbob bilan burchak ikki daqiqa aniqlikda o‘lchanadi. Burchak o‘lchash aniqligini oshirish maqsadida diametri 3 m bo‘lgan kvadrat yasab, vertikal burchaklarni bir daqiqa aniqlikda o‘lchaydi.Quyoshni kuzatish usuli bo‘yicha joyning jug‘rofik kengligini aniqlash uchun Beruniy dioptrli va vizirli astronomik asbob yasaydi. Asboblarning burchak o‘lchash aniqliklari bir daqiqadan kam bo‘lmagan. Olim asboblarni yasabgina qolmasdan, balki ularni ishlatish usullarini ham batafsil yoritib bergan. Beruniy “Tastix as-suvar va tabtix al-quvar” asarida (bu asarni H.Hasanov “Kartografiya” deb atagan) usturlar (astrolyabiyaning bir turi), groduslar tori, sharni tekis yuzaga tushirish va kartogrofik proeksiyalar osmon globusini yasash haqida ma’lumotlar bergan. Beruniyning asarlarida kartografiya fanining ko‘p qirrali jihat va tomonlari ajoyib bir shaklda yoritib berilgan. Chunonchi, yulduzlarning tasvirini tekislikda tasvirlash usulini ishlab chiqadi. Bu usul mamlakatlar, shaharlar va boshqa hududlarni tekislikda tasvirlashda ham qo‘l kelishini alohida ta’kidlaydi. [6]



4-rasm Quyoshning yerga tushish burchaklari chizmasi

Beruniy Yer kurrasining shimoliy yarimini tekislikda tasvirlash uchun olim konus proeksiyasini taklif etadi. Bu boradagi ilmiy ishlarni amalga oshirish maqsadida Beruniy silindrik proeksiyani ham ishlatadi. Shu bilan birga, u, bunday usul bizdan avval o‘tgan olimlar tomonidan ishlatilmagan, bu haqda hech qanday ma’lumot yo‘q, deb yozadi. Shunday qilib, Beruniyning geodezik merosini qisqacha tahlili shuni ko‘rsatadiki, olim yerning o‘lchamlarini aniqlash uchun yangi usullar taklif etgan. U taklif etgan to‘g‘ri va teskari geodezik masalalarni yechish usullari hozirda ham ishlatilmoqda. Olim yasagan astronomik, geodezik asboblar o‘zining aniqligi bo‘yicha hozirgi texnik teodalitlarga teng desak, xato bo‘lmaydi. Alloma yechgan muxandislik masalalar ilmiy adabiyot tarixida eng qadimiysi ekanligi bilan ajralib turadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kartografik proeksiyalarni Beruniy birinchi bo‘lib ishlab chiqqan va amaliyotga tadbiq etgan olimdir.

Asrlar davomida Beruniy asarlari tengsiz deb xisoblangan. Yerning sharsimon ekanligini va uning radiusi 6000 km tashkil qilishini taxmin qilgan edi. Shuningdek Beruniy Grek va Hind faylasuflarining astronomik ta’limotlarini davom qildirgan. Beruniyning ilmiy izlanishlari natijasida yulduzlar va quyoshning asosini olovdan tashkil topgan va xajm jixatdan yerdan ancha katta ekanligi va tortishish kuchining mavjudligini isbotlagan. Yer va boshqa sayyoralar quyosh atrofida aylinishini ta’kidlagan. Xorazmdagi siyosiy vaziyatning o‘zgarishi natijasida Beruniy 998 yili Jurjon shahriga ketishga majbur bo‘ladi. Ma’lumki, Xorazm ilmiy markazi olimlardan faqat Ibn Sino va Abu Sahya Masihiylar Mahmud G‘aznaviy zulmidan xavotirlanib, G‘aznaga emas Jurjonga qarab yo‘l olgan edilar. Beruniyning 1014-1048 yillarda G‘aznada kechirgan hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli bo‘lishiga qaramasdan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo‘ldi. U Mahmud G‘aznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katta e’tibor berdi.

Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha "Geodeziya" deb yuritiladigan "Turarjoylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash" nomli astronomiya va geografiyaga bag‘ishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. Beruniy asarlari bilan tanishgan kimsa uning ilmiy fazoda burgutdek parvozini, fan okeanida kitdek javlon urushini ko‘radi, inson dahosiga namuna bo‘luvchi tengsiz qudrat ekaniga tahsin o‘qiydi va insoniy mag‘rurlanadi.

Evropada Ali baron nomi bilan tanilgan Beruniy ilmiy ijod uchun yashagan, jamiyatda har 100-1000 yillar ichida bir yaratiladigan zotlardan bo‘lib, haqiqiy inson va tengsiz bir daxo edi.




Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish