2.2.GIS va Geoinformatika
Hozirgi vaqtda fanlar bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlar orqali bog‘lanib yechimi qiyin bo‘lgan muammolarni hal qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Natijada fanlar ichida yangi fanlar, yangi sohalar vujudga kelmoqda. Endilikda kartografiyada yangi mavzuli kartalar (resurs kartalari, ekologik kartalar, kadastr kartalari va b. kartalari) yaratish zaruriyati tug‘ilmoqda. Hozir informatika (ma‘lumotlar majmuasi) jamiyatimizning barcha jabhalariga, jumladan kartografiya sohasiga ham kirib bormoqda. Yer haqidagi fanlarda informatikaning qo‘llanilishi maxsus yo‘nalish Geoaxborot sohasini keltirib chiqardi.
Yer haqidagi fanlarning tarkibida va informatsion texnologiyalar asosida geografik axborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan iborada GIS so‘zi ishlatiladi) yaratilgan - u tabiat va jamiyat obyektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer resurslari va boshqa kartografik axborotni to‘plash, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, tahlil qilish, yana qayta ishlashni ta‘minlovchi avtomatlashtirilgan apparat-dasturli kompleksdir.
Eng birinchi GIS 1960-yilIarda Kanada, AQSH va Shvesiyada tabiiy boyliklarni o‘rganish maqsadida yaratilgan. Bugungi kunga kelib, GISlarning soni juda ko‘p, ular iqtisodiyotni boshqarishda, atrofmuhitni muhofaza qilishda va boshqa sohalarda qo‘llanilmoqda. Ular kartografik, topografik, statistik, meteorologik, ekspedision va masofadan turib olingan ma’lumotlarni o‘zida mujassamlagan. GISlarni tashkil etishda ko‘plab jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan tashkilotlar (BMT, YUNESKO va boshqalar), vazirliklar, kartografik, geologik va Yer tuzish xizmatlari, ilmiy-tekshirish institutlari, shaxsiy firmalar ishtirok etmoqdalar. GIS tizimi yechishi lozim bo‘lgan rnuammoga qarab quyidagilarga bo‘Iinatli: Yer axborot tizimlari (ZIS), kadastr (KIS), ekologik (EGIS), o‘quv, dengizlar va boshqa axborot tizimlari. Eng keng tarqalgan
GISlar - bular geografik axborot tizimlari bo‘lib, katta hajmdagi ma’lumotlar
asosida tuzilgan. Ular asosan ro‘yxatga olish, baholash, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, ularni bashoratlash ishlarini bajarishga mo‘ljallangan.
Barcha GISlarning markaziy qismini avtomatlashgan kartografik tizim (АКТ) tashkil etadi - bu kartalarni tuzish va ulardan foydalanish, turli masalalarni yechishga moslashgan dasturlar va kompyuter uskunalari birlashmasi. АКТ bir qancha ichki tizimlardan iborat bo‘lib, ularning asosiylari sifatida ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga joylash, ma’lumotlarni qayta ishlash va natijalarni nashr qilish bo‘limlarini keltirish mumkin.
Geoinformatika fan sohasi sifatida - tabiiy va sotsial-iqtisodiy geotizimlarni to‘plangan ma’lumotlar bazasi va nazariy bilimlar banki orqali kompyuterda modellashtirish bo‘yicha tadqiq etadigan alohida fan sohasi deb tushuniladi. Kartografiya va boshqa Yer haqidagi fanlar bilan birgalikda geoinformatika geotizimlarda kechayotgan jarayonlarni o‘rganadi. Bu ishlarda u o‘zining metodlari va usullaridan foydalanadi. Ulardan eng asosiysi - kompyuterda modellashtirish va geoinformatsion kartalashtirishdir. Geoinformatikaning fan sifatida asosiy maqsadi geotizimlarni boshqarish, ularni ro‘yxatga olish, baholash, bashoratlash, optimallashtirishdir. Geoinformatika - bu fazoviy koordinatali ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash, tasvirlash va tarqatish texnologiyasidir. Geoinformatika ishlab chiqarish sohasi sifatida kompyuterlarni, ular uchun dasturlarni, GIS dasturlarini, ma’lumotlar bazasi tarkibini va boshqarish tizimlarini ishlab chiqarish sohasi, deb qaraladi. Kartografiya va geoinformatikaning a’loqasini quyidagi faktorlar belgilaydi:
- umumgeografik va mavzuli kartalar - tabiat, qishloq xo‘jalik, sotsial muhit, ekologik holat haqidagi eng asosiy fazoviy ma’lumotlar manbalari;
- kartografiyada qabul qilingan koordinata tizimi va varaqlarning bo‘linish prinsipi
- GIS uchun ma’lumotlarni geografik lokalizasiya qilish asoslari;
- kartalar - GIS tizimiga kiritilayotgan va unda saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan kartalar, masofadan turib zondlash ma’lumotlari;
- geoinformatsion texnologiyalar - matematik - kartografik modellashtirish va kartografik tahlil metodlariga asoslangan, geotizimlar dinamikasini, bog‘liqligini, makon va zamondagi tarkibini o‘rganishda qo‘llananiladigan avtomatik tizimlar;
- kartografik tasvirlar - geoma’lumotlardan foydalanuvchilarga yetkazib beriladigan eng maqsadli shakllardir. 4
XULOSA
Kartashunoslik fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi(bog‘liqligi) mavzusidan kurs ishi tayyorlaganimda shuni xulosa qildimki, ushbu fansiz uning tarmoqlarisiz hayotimizni taasavvur qila olmaymiz. Bu fan dunyoning bir bo‘lagi sifatida hayotimizdan chuqur o‘rin olgan. Shuning uchun Kartashunoslik fanining obyekti hisoblangan kartalar har bir sohada juda katta ahamiyatga ega deb hisoblashimiz mumkin.
Fanlar orasida kartashunoslikning o‘rni bu har bir fanni kartashunoslik fani bilan uning yo‘nalishlari bilan kartalar bilan bog‘lab ulardagi ma’lumotlarni soddalashtirish foydalanuvchilarga yanada tushunarli qilib tasvirlash uchun xizmat qiladi.
Kartografik asarlar yaratishda kartograf mutaxassislarning roli kattadir. XVIII asr boshlarida kartografiyada yangi davr boshlandi desa bo‘ladi. Chunki kartografik ishlar ilmiy yo‘nalishlar asosida olib borila boshladi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida Fanlar akademiyalarini tashkil qilinishi bu sohaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, Parij akademiyasi (1666), Berlin akademiyasi (1700), Peterburg akademiyasi 1724) tashkil qilingan edi. Shuni ta’kidlash kerakki Kartografiya fan sifatida XIX asrdan shakllana boshlandi, unga qadar u geografiya bilan birga o‘rganilib kelingan, lekin kartografiya fani shakllansada uning o‘rganish ob’ekti har xil talqin qilinar edi.
Karta qayerda nima borligini ko‘rsatibgina qolmasdan, bu narsalarning miqdori va ulardan qanday foydalanish mumkinligini ko‘rsatib berish imkoniyatiga ega. Karta yordamida voqea, hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini aytib berish (prognoz) va ularga baho berish mumkin. Karta okean va dengizda, havoda uchishda, turistik sayohatlarda, harbiy sohada asosiy yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Karta xalq xo‘jaligini planlashtirishda, geologik qidiruv ishlarida, qurilish ishlarida, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlarini to‘g‘ri taqsimlashda va hududni kompleks rivojlantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Nihoyat, geografik karta maktabda o‘quvchilarga geografiya va tarixni o‘rganishda asosiy mustaqil ko‘rgazmali bilim manbaidir. Demak oxirgi xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “ Kartalarsiz dunyo-yo‘lini bilmaydigan sayohatchidir!”.
Do'stlaringiz bilan baham: |