Geodeziya, kartografiya, geografiya



Download 2,47 Mb.
bet3/10
Sana17.07.2022
Hajmi2,47 Mb.
#811866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kartografiyaning bogliqligi

Kartashunoslik - geografik kartalar va ularning xususiyatlari haqidagi fan bo‘lib, uning vazifasi geografik kartalarning mohiyati, ularni elementlari va xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish, ulardan amalda foydalanish hamda kartografiyaning rivojlanish tarixini o‘rganishdan iborat. 1
Ba’zi vaqtda kartashunoslikni “Karta haqidagi ta’limot” deb ham ataydilar.
Kartashunoslik bundan keying hamma kartografik fanlarni o‘rganish uchun asos hisoblanadi.
Kartografiya - juda qadimgi fanlardan bin bo‘lib, uning o‘z tarixi mavjud. Uning tarixini o‘rganishda u to‘g‘risida yozilgan matnlar bilan chegaralanib qolmasdan o‘sha davrda yaratilgan kartografik asarlarga, karta va atlaslarga ham katta e’tibor beriladi.
Fan tarixini o‘rganishda uning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti, hozirgi holati bilan bir qatorda kelajagi va muammolari ko‘rsatib beriladi. Fan tarixi ma’lum bir makon va zamon bilan bog‘langan holda o‘rganiladi.Demak kartografiyaning rivojlanish tarixini bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkin.
1.Antik davr kartografiyasi.
Dastlabki kartografik tasvirlar ibtidoiy jamoa davrida paydo bo‘lganligi tarixiy manbalardan ma’lum, kishilar ovchilik va baliq ovlashga boradigan yo‘llarni, ov qiladigan joylarni o‘zlari yashagan g‘orlar devorlariga, tog‘li joylarda esa toshlarga har xil shakllar va chizmalar chizib qoldirishgan. Oddiy kartografik shakllar dastlabki ibtidoiy jamoa yashagan davrda yozuv bo‘lmasdan oldin paydo bo‘lganligi tarixdan ma’lum. Masalan, shimoliy Amerikali eskimoslar, Okeaniyaning Mikroneziya aholisi o‘zlari ov qiladigan hududlarni daraxtlarning po‘stloqlariga chizma holatda shakllar chizib qoldirgan Bu chizmalar asta-sekin takomillashib, ulardan plan shaklida foydalanilgan. Masalan, miloddan avvalgi ikki minginchi yillarning o‘rtalarida shimoliy Italiyadagi bronza davriga tegishli toshga chizilgan shakllarda daryolar, so‘qmoq yo‘llar, dehqonchilikning dastlabki hududlari ko‘rsatilgan.
Eramizninig II asrida Krates tomonidan Yerning dastlabki globusi yaratiladi, unda Yer shar shaklida bo‘lib, 2 ta okean tasvirlangan, biri ekvator bo‘ylab ikkinchisi meridional shaklida joylashgan. Qadimgi dunyo geografiyasining bilimdonlaridan mashhur olim Klavdiy Ptolomeydir.
2.O‘rta asrlarda kartografiya
O‘rta asrlarda arab xalifaligida yashab ijod qilgan o‘rta osiyolik olimlarning kartografiyaga qo‘shgan hissalari nihoyatda katta bo‘lgan. O‘rta osiyolik Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad al Farg‘oniy, Balxiy, Beruniy, Muhammad Qoshg‘ariy. Hofizi Abru kabi ajoyib olim va geograflarning kartografiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganliklari tarixdan ma’lum. IX asrning boshlarida podsho Ma’mun hukmronlik qilgan davrda (813-833-yillar) Bag‘dodda “Olimlar akademiyas” – “Bayt ul – xikma” (Donishmandlar uyi) tashkil qilinib, unda juda ko‘p O‘rta Osiyolik olimlar ijod qilgan. Shu vaqtda Muhammad Xorazmiy Bog‘dod rasadxonasida Yer yuzi aylanasining uzunligini o‘lchash uchun 1 gradus yoy uzunligini aniqlash bo‘yicha ekspedisiyasiga (Mesopotomiyada) rahbarlik qilgan. Prof. H. Hasanovning yozishicha, o’sha vaqtda xalifa Ma’mun topshirig‘i bilan “Jahon kartalari” tuzishga kirishiladi va bu ishga Xorazmiy rahbarlik qiladi. Bu asarni “Dunyo atlasi” desa ham bo‘ladi. Bunda 70 ta olim qatnashgan. Kartalarni tuzish ishlari 840-yillarda tugallangan. Xorazmiyning mazkur kartalarni yaratish munosabati bilan yozilgan “Surat al-arz” kitobi “Xorazmiy geografiyasi” nomi bilan mashhurdir. Kitob bir necha o‘nlab kartalar va ularga berilgan izohnomalardan iborat bo‘lgan. Bu kitobni “Yerning surati” deb ham yuritganlar. Hozirgi vaqtda atlasdan 4 ta karta saqlanib qolgan. Ular hozir Strasburg shahrida (Fransiyada) saqlanmoqda. Kartalarga izohlar asosan zij tarzda berilib, unda 537 ta eng muhim joylarning nomi va koordinatalari ko‘rsatilgan. Atlasdagi kartalardan birida Nil daryosi havzasi tasvirlansa, ikkinchisida Azov va Qora dengizlar tasvirlangan.
Muhammad Xorazmiy O‘rta Osiyoning buyuk geograf olimigina emas, balki Sharq geografiyasining va kartografiyasining asoschisi, uzoq Ispaniyadan to Qashqargacha bo‘lgan barcha tabiatshunos, geograf va sayyoh olimlarga ilhom bergan, namuna bo‘lgan rahnamosi hamdir. Beruniy ham o‘zidan II asr oldin o‘tgan vatandoshini katta ehtirom bilan tilga olgan. Italiya sharqshunosi K. Nallino Xorazmiyga yuksak baho berib, “Yevropadagi hech bir xalq Xorazmiy erishgan yutuqqa erishishga va bunday asar yaratishga qobil emas edi”, deb yozadi. XI-XII asrlarda O‘rta Osiyo hamda Xurosondagi ilm va fan taraqqiyotini Abu Rayhon Beruniy asarlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Allomaning asarlari sobiq Ittifoqdagina emas, balki Hindiston, Pokistonda, Misr, Eron, Angliya, Fransiya, Italiya, Germaniya, AQSH, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarda chop etilib o‘rganilib kelinmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, uning 113 asari bo‘lgan. Sharqshunoslarning eng so‘nggi hisoblariga ko‘ra bu asarlarning 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi kartografiyaga, 3 tasi iqlimga tegishlidir.

1.1.1-rasm. Abu Rayhon Beruniyning ”At-tafhim” kitobidagi Dunyo kartasi.

3.Yangi davr kartografiyasi.


XVIII asr boshlaridan boshlab kartografiyada yangi davr boshlandi, desa bo‘ladi. Chunki aynan XVIII asrdan boshlab kartografik ishlar ilmiy yo‘nalishlar asosida olib boriladigan bo‘ldi. Qator G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida Fanlar akademiyalarining tashkil qilinishi bu sohaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Petr 1 davrida maxsus geodezist kadrlar tayyorlashga e’tibor berilib, maxsus o‘quv yurtlari tashkil qilindi. 1871 -yilda A.P. Fedchenko “Qo‘qon xonligi va Pomir tog‘lari” kartasini tuzib, unda Farg‘ona vodiysi, Oloy-Zarafshon o‘lkasi hamda Pomirning orogidrografiyasi tasvirlangan edi. Yangi davr kartografiyasining asosiy yutuqlardan biri yangi soha – kartografiyada aerokosmik tadqiqot usuli vujudga keldi, undan ayniqsa geografik tadqiqotlarda keng foydalanilmoqda. Endilikda kartografik tadqiqot usuli oliy o‘quv yurtlarida maxsus kurs sifatida o‘qitila boshladi. So‘nggi yillarda geografik kartalar, ayniqsa mavzuli kartalar yaratishda yangi texnologiya, ya’ni kompyuterdan foydalanishga keng e’tibor berildi. Natijada yangi fan sohalari, masalan, kartografik modellashtirish, kompyuter grafikasi kabilar paydo bo‘ldi.2

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish