Rastr overley operatsiyasi. Ikki yoki undan ortiq rastr qatlamlarni oʻzaro bir-biri bilan birlashtirib qatlam hosil qilish vektor overley operatsiyasiga nisbatan osonroqdir (4.26-rasm). Chunki bunda hech qanday topologik operatsiyalar hisobga olinmaydi, balki piksel va piksel operatsiyasi hisobga olinadi. Rastr ma’lumot tahlilida ma’lumotlar yigʻindisining overley operatsiyasi ma’lum boʻlgan “rastr tasvirlarni mahalliy boshqarish yoki karta algebrasi” deb atalgan vazifa orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir rastrda fi matritsa qiymati matematik hisob-kitoblar asosida bogʻlanadi. Rastr overleyda piksel yoki tasvirdagi grid katakchalar qiymatlari arifmetik yoki Boolean operator yordamida qoʻshimcha kartada yangi qiymat hosil qilinadi. Rastr GAT karta qatlamlarida bevosita turli matematik amallarni bajarishga yordam beradi.
4.26- rasm. Rastr overley (Manba: Internet)
Tarmoq tahlili
Odamlarning harakati, transport qatnovi, xomashyolar va xizmatlarning tarqalishi (masalan, koʻcha tarmoqlari, telefon kabel tarmoqlari, quvurlar, drenajlar), energiya va resurslarni yetkazib berish, kommunikatsiya kabi ishlarning barchasi aniq tarmoq tizimi orqali amalga oshiriladi. Tarmoqlar geometrik jihatdan bir-biriga bogʻlangan xususiyatlardan tashkil topgan. Shuning uchun barcha tarmoqlarni geometrik tarmoq desak ham boʻladi.
Tarmoq, oʻz navbatida, mantiqiy tashkil topuvchilardan iborat, bu tashkil topuvchilar ichida eng koʻp qoʻllaniladiganlari quyidagilardir:
«Nodes» yoki tugunlar yordamida tarmoqlar boshlanishi, oxiri yoki kesishgan joyi aniqlanadi;
«Chains» yoki zanjirlar yordamida yuqoridagi tugun (node) chiziqlar orqali birlashtiradi;
bogʻlovchilar «Links» zanjirni hosil qiluvchi nuqtalarni birlashtirishga xizmat qiladi.
Tarmoq tahlili bir qancha texnik usullar yordamida muhandislar,
rejalashtiruvchi mutaxassislar tarafidan oʻrganiladi. Bunda ular tarmoqning bir- biriga bogʻlanganligi, hajmi va qancha oqimni oʻtkaza olish xususiyati kabi
tahlillarni koʻrib chiqadilar. Tarmoq tahlilida eng muhim atama bu “xarajat” soʻzidir. Chunki tarmoqni yaratayotgan paytda masofaning yaqin boʻlishi va agar soʻz suv, neft va gaz resurslari haqida ketsa, uning hajmi xarajatga bogʻliq boʻladi. Barcha tahliliy ishlar mumkin qadar xarajatni kamaytirishga qaratiladi. Tarmoq tahlilining eng asosiy turi bu oddiygina tarmoqdan ma’lumotni olishdir. Yanada murakkabroq koʻrinishi bu tarmoqda yangi ma’lumot hosil qilishdir. Bunga misol qilib ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofani topishni keltirish mumkin. Vektor model rastrga qaraganda tarmoq tahliliga koʻproq mos keladi. Tarmoq tahlili uchta asosiy tur yordamida amalga oshiriladi. Ular tarmoqni trassalash (tracing), tarmoqni marshrutlash (routing) va tarmoqni joylashtirish (allocation) dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |