Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari


Geoaxborot tizimi fanining ilmiy asosi



Download 8,66 Mb.
bet15/143
Sana13.06.2022
Hajmi8,66 Mb.
#661273
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143
Bog'liq
yBSbsCnpG21kbSutklgCm7Sh1h3YVqmVv2p5ntf0-конвертирован

Geoaxborot tizimi fanining ilmiy asosi


GAT asosan quyidagi beshta savolga javob beradi:

  1. Joy. … da nima joylashgan? Birinchi savol ayni paytda ma’lum bir joyda nima borligini aniqlashtiradi. Joylar esa har xil usullar bilan aniqlanishi

mumkin, masalan, nomlanishi , pochta indeksi va albatta koordinatalari bilan.



  1. Sharoit. Qayerda joylashgan? Ikkinchi savol ham birinchi savolga oʻxshash, lekin bunga javob berishda fazoviy tahlil talab etiladi. Birinchi savolda joy aniqlashtirilgan boʻlsa, ikkinchi savolda oʻsha joyda nima borligi va qanday sharoitda ekanligi aniqlashtiriladi. (Masalan, 200m x 2 oʻlchamli, qurilishga mos keladigan tuproqli va asosiy avtomobil yoʻlidan 100 m masofada joylashgan maydonni topish).

  2. Tendensiya. …. dan boshlab nima oʻzgargan? Uchinchi savol birinchi va ikkinchi savolni birlashtirib va ularga qoʻshimcha tarzda aniq bir maydonda aniq vaqt ichida nimalar oʻzgarganligini aniqlaydi.

  3. Strukturalar. Qanday fazoviy strukturalar mavjud? Bu savol birmuncha murakkabroq. Masalan, atom elektr stansiyasiga yaqin aholi punktlarida saraton kasalligining asosiy sababi nima, degan savolni oydinlashtirishda saraton bilan ogʻrigan bemorlar sonini, qayerda joylashganini va ularga tegishli boshqa koʻplab sabablarni bilish juda muhim.

  4. Modellashtirish. Agar . boʻlsa, nima boʻladi? Bu savol biror-bir qurilish yoki masalan, yangi avtomobil yoʻli tarmogʻi oʻtkazilsa, atrof-muhitga qanday ta’sir etishini aniqlash uchun beriladi. Albatta, bu kabi savollarni oydinlashtirishda geografik yoki boshqa turdagi axborotlar talab etiladi.

Mutaxassislar geografik axborot tizimini qisqacha geoinformatika” deb ham atashadi. “Geoinformatika” uch ildiz: geografiya, informatika va avtomatika tushunchalaridan tashkil topgan. Inglizcha adabiyotlarda “Informatics”, “Computer Science” degan tushunchalar bor va u elektron hisoblash texnikasini takomillashtirish, dasturlash, amaliy matematika, operatsion tizimlar, sun’iy intellekt masalalari va boshqa tushunchalarni oʻz ichiga oladi. Geoinformatika atamasi 1980-yillar oxiriga kelib yanada ommaviylashdi va hozirda Geographic Information System yoki qisqacha GIS atamasi ingliz ilmiy adabiyotining deyarli barchasida keng qoʻllanilmoqda.
GEO+GRAPHIC+INFORMATION+SYSTEM



    • fazoviy ma’lumotlarni boshqarish, qayta ishlash va tahlil qilish uchun axborot tizimi;

    • xulosa (yechim) chiqarish uchun axborotlar ketma-ketligi. GEOGRAPHIC:

    • yerga oid ma’lumotlar (fazoviy boʻlmagan ma’lumotlar ishlatilmaydi);

    • turlari: sun’iy, tabiiy va aralash. INFORMATION:

    • ma’lumotlar;

    • fazoviy ma’lumotlar;

    • geofazoviy ma’lumotlar;

    • axborotlar;

    • tushunchalar;

    • axborotlardan foydalanish;

    • geoinformatika;

    • geofazoviy ma’lumotlar tomonidan yoritilgan axborotlar.

Geoinformatika deganda geoaxborot tizimining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy-texnik va amaliy fanlar majmuasi (kompleksi) tushuniladi. Bu majmua geografiya, informatika va informatsion texnologiyalar nazariyasi, kartografiya va hisoblash texnikasiga yangicha yondashishlar oʻrtasidagi bogʻliqlikdan kelib chiqadi.
Geoinformatika ma’lumotlarni tasvirlash, qayta ishlash, uzatish, yigʻish va yangi bilim hamda fazoviy-vaqtli koʻrinishi asosida axborotlarni qabul qilish texnika va texnologiyalarining tamoyillarini oʻrganadi. Bugungi kunda geoinformatika ilm-fan, texnika va ishlab chiqarishni qamrab olgan tizim sifatida namoyon boʻlmoqda.
Geoinformatika – kompyuter modellashtirish, ma’lumotlar va geografik bilimlar asosida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geotizimlarni oʻrganuvchi ilmiy fandir. Boshqa tomondan esa geotizimlarni boshqarish, inventarizatsiyalash va

optimallashtirish uchun moʻljallangan fazoviy koordinatalashgan ma’lumotlarni yigʻish, saqlash, tasvirlash va tarqatish texnologiyasi (GAT texnologiyasi) dir.


Geoinformatikaning faoliyat chegarasi kartografiya va masofadan zondlash, fotogrammetriya va topografiya bilan chambarchas bogʻliq. Geoinformatika matematik, kartografik, masofadan zondlash va boshqa usullar bilan bir qatorda yer qatlami geologiyasi, tuproqshunoslik, oʻrmonchilik, geografiya, iqtisodiyot, biologiya kabi fanlarni oʻzaro birlashtiradi.
Geoinformatika bilan kartografiyaning oʻzaro bogʻliqligi quyidagi sohalarda koʻrinadi:

  • mavzuli va kartografik kartalar hamda fazoviy ma’lumotlarning asosiy manba ekanligi;

  • geoaxborot tizimida toʻplanadigan va saqlanadigan hamma axborotlar koordinatalarining bogʻliqligi uchun asos boʻlib xizmat qiladigan geografik va toʻgʻri burchakli koordinatalar sistemasi;

  • kartalar: geografik, masofadan zondlash ma’lumotlari va boshqa GAT axborotlarini (statistik, ijtimoiy, ekologik) tahlil qilish vositasi;

  • kartografik tahlil: GAT ma’lumotlar bazasini kartografik bilimlar asosida formallashtirish;

  • matematik-kartografik va kompyuter-kartografik modellashtirish: axborot natijalaridan kelib chiqqan holda prognoz qilish, boshqarish, tekshirish va xulosa chiqarish jarayonida asosiy vositalardan biridir.

Demak, yuqorida berilgan ta’riflardan koʻrinib turibdiki, geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geografik axborot tizimida qoʻllaniladigan tushunchalar va tamoyillarni tushunishga yordam beruvchi ilmiy sohadir. Ushbu fan orqali geoaxborot tizimining kishilik jamiyatidagi oʻrni va oʻz navbatida, jamiyatning sohani rivojlantirishdagi ta’siri tadqiq etiladi. Bu fan an’anaviy fazoviy yoʻnaltirilgan fanlar hisoblangan geodeziya, kartografiya, geografiya kabi fanlarni mujassamlashtirib, axborot tizimining ushbu fanlar bilan oʻzaro integratsiyalashgan holda rivojlanishini tushuntirib beradi. Fanni oʻrganish

asosida boshqa fanlar, jumladan, matematika, statistika, informatika kabi bilimlar bu yerda ham takrorlanadi.


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslarini biz bundan buyon geoaxborot tizimi degan tuchunca bilan adashtirmasligimiz zarur. Sababi, GAT – bu dasturlari turli ma’lumot toʻplashga moʻljallangan jihozlardan tashkil topgan tizimdir. Ilmiy asoslari deganda esa ma’lum bir fakt, mavzu yoki hodisani tushunishga, uning ilmiy jihatlarini oʻrganishga yordam beruvchi fanni tushunishimiz kerak boʻladi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish