Qo‘llaniladigan sohalari: Geoinformatsion ma‘lumotlar bazasini yaratish, bu ishni kuzatib borish, MB boshqarish, GITda taxlil o’tkazish, mavzuli xaritalashtirish, hududiy boshqarish va kadastr, ekologiya, muhandislik tarmoqlari, telekommunikatsiya, transport, qazib olish va qayta ishlovchi sanoat, harbiy ishlarda, rejalashtirish va tijoratda, marketing tadqiqotlarida, siyosat tadqiqotlarida va boshqalarda.
Tizim tarkibi – markaziy modul (tizim yadrosi) GITning asosiy funksiyalarini tashkil qiladi, Windws muhitiga to’liq joriy etiladi va barcha ilovalar uchun ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, bir qancha o’nlab qo’shimcha amaliy modullar ishga tushurilishi mumkin.
Tizimdan foydalanish haqida ma’lumotlar. Grafikli
Ma‘lumotlarning ichki formati - barcha ma‘lumotlar ob‘yekt sifatida
SUBD da saqlanadi. Ma‘lumotlar bazasining ichki formati - Oracle Spatial yoki istalgan SUBD universal geoformati bo’lib, ODVS orqali ruxsat etilgan tizimni taminlaydi (MS Access, SQL Server, Oracle Server va boshqalar).
Interfeys ta’rifi va tizimning ochiqligi. Foydalanuvchilar interfeysi – Windows NT, 2000 larda tarqatilgan Microsoft kompaniyasining ob‘yektli tarmoqli modeli (COM). Foydalanuvchi interfeysining imkoniyati to’liq. Ichki dasturlash tili talab qilinmaydi.
Makroslar foydalanuvchilar buyruqlari asosida menyuga bog’lanishga ega. Yuqori darajadagi dasturlash tillari mavjud – istalgan OLT-client (Exsel uchun VBA, Vizual Fox Pro, Vizual Bazic, Delphi, Vizual C++, Power Builderd va boshqalar). ―exe‖ fayllarini chaqirish mumkin. Rus tilidagi versiyasi 2000 yil chiqarilgan, ingliz tilidagi versiyasi kirill alifbosi bilan ta‘minlangan. Hujjatlari nashrli va elektron shaklda, CD-ROM va videoda o’quv kurslarida mavjud.
Tizim afzalliklari: Geo Meedia ma‘lumotlarni kiritish, taxlil qilish, turli toifadagi manbalarni tasvirlash va keng hajmli fazoviy axborotlarni tarqalishini taqdim etish imkoniyatiga ega yagona tizimdir. Turli tizimlarda yaratilgan geografik ma‘lumotlarni uzluksiz yagona Geoinformatsion ma‘lumotlar bazasiga kiritish imkoniyati mavjud. Uzoqda joylashgan ma‘lumotlarga murojaat etish imkonini beriladi. Xususiy ilovalarni dasturlash, ularni ishga moslash imkoniyati bor. Geo Media arxitekturasi ochiq GIT kotsepsiyasiga o’xshagan bo’lib, ochiq GITlar birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan (OPEN GIT Consortium) va ushbu talablarga to’liq javob beruvchi eng birinchi mahsulotdir.
Geo Media yordamida kiritilgan ma‘lumotlarning to’g’riligini tekshirish, ularga murojaat qilish, mavzuli xaritalar va legendalarni yaratish, murakkab analitik masalalarni yechish mumkin. Geo Media ning taxlil qilish vositalari geometrik ob‘yektlarni mavzuli ob‘yektlarga aylantirish, u yoki bu mavzuli ob‘yektlarni tanlab olish, shuningdek GITga rastrli axborotlarni va multimedia mahsulotlarini kiritish imkonini beradi. Ob‘yektlar darajasini va sinfini aniqlash vositalari yordamida ularni kompyuter xotirasiga kiritish, tahrir qilish va o’zgartirish, Ma‘lumotlarni ko’paytirish va ularni uzoq saqlab turish kabi imkoniyatlari ham bor.
MGE (Modular GIT ENVIRONMENT) tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |