Hujjatli ma’lumotlari: Ishlab chiqaruvchi - INTERGRAPH Corp. (AQSH). Birinchi versiyasining kompyuterlarga o’rnatilgan vaqti 1985 y. Joriy versiyaning raqami - 7.1, u 2000 yildan boshlab ishlatila boshlagan. So’nggi versiyani harakatga keltiruvchi platforma - Windows NT, 2000. Etqazib beruvchi firma - SPG ―Terra Speys.
Tizim haqida umumiy ma’lumotlar. Maqsadi – MGEning GIT muhitdagi to’liq funksional, ommaviy va ko’p ilovali modulini yaratish (60 dan ortiq modullari mavjud).
Qo‘llaniladigan sohalari – Geoinformatsion ma‘lumotlar bazasini tashkil etish, baza holatini muntazam kuzatib borish, boshqarish ishlarini o’rta hajmdan to juda katta hajmgacha olib borish, sohalar uchun ixtisoslashgan GITlarni hosil qilish, fazoviy taxlilni bajarish, mavzuli xaritalashtirish ishlarini olib borish, aerokosmik suratlarni qayta ishlash, topologik taxlil, xaritalarni nashrga tayyorlash, kadastr ishlarini yuritish, xududlarni boshqarish, ekologiya, muxandislik kommunikatsiyasi, telekommunikatsiya, transport, qazib oluvchi va qayta ishlovchi sanoat, harbiy sohalar, tijorat ishlarini rivojlantirish va marketing tadqiqotini olib borish, siyosiy tadqiqotlarda va boshqalarda.
Tizimning tarkibi quyidagi ilovalarni o’z ichiga oladi: MGE basic Nucleus – MGE oilasiga kiruvchi barcha vositalar uchun asosli yadro hisoblanadi; GIT va kartografik ilovalar uchun GITloyihani boshqarib borishni funksional taminlaydi; ma‘lumotlar bazasiga murojaat etish va ma‘lumotlarni tasvirlash; kartografik proeksiyalar va koordinatalar tizimidan foydalanish kabilarni bajaradi. MGE Basic Adminstrator-ma‘lumotlar bazasini boshqarish qurilmasi; GIT-loyiha tarkibini belgilash va ma‘lumotlar bazasini birlashtirishni bajaradi. MGEBase Mapper - fazoviy va atrubutivli ma‘lumotlarni avtomatlashgan va qo’l yordamida yig’ish moduli. MGE Analyst – fazoviy taxlil vositasi bo’lib, u MB orqali berilgan murakkab savollarga javob topish va ishlashni ta‘minlovchi, tipologiya munosabatlarni taxlil qilish va natijalarni ifodalash; buferli zonalarni tuzish; fazoviy konturlarni maqsadli joylash; mavzuli xaritalarni tuzish, tipologik tarkibli geoma‘lumotlarni tasvirlash, matnli hisobotlarni o’zida tasvirlaydi; 1/RAS S – oq-qora, rangli va rangli indeksli aerokosmik suratlarni va rastrli xaritalarni qayta ishlash – tasvirning shaklini tuzatish ishlarini bajarish; spektrlarni qayta ishlash va taxlil qilish; rastrlarni bir-biriga qo’shish, kesish; tasvirning sifatini aniqlash; fotoplanlarni montaj qilish; monitor ekranida vektorlash ishini bajarish; rastrli-vektorli tasvir ustida ish olib borish va nashr qilishni bajaradi; MGE Map Finisher – GIT Ma‘lumotlar bazasidagi axborotlar yordamida o’ta yuqori sifatli kartogrfik mahsulotlarni yaratadi; WYSIWIG orqali kartografik belgilarni ishlab chiqishni avtomatlashtirish, xaritaning tashqi ramkasini jihozlash, qirqim xaritalarni joylashtirish, legendani ishlab chiqish va barcha ma‘lumotlarni nashr qilish; MGE Gird Generation – vektorli ko’rinishga ega bo’lgan kartografik turni va tashqi ramkani jihozlashni ta‘minlash vositasi; MGE Clean Tool Kit – vektorli tipologik mazmunli xaritalarni tekshirish va avtomatik to’g’rilashga mo’ljallangan 3 ta turdagi ilovalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |