Yim ning hududiy tarkibi (2012-y. ma’lumotlari)
Davlatlar
Yim trln. doll.
shu jumladan: aholi jon
boshiga, ming doll.
AQsh
YI
shu jumladan:
Germaniya
Fransiya
italiya
buyuk britaniya
Yaponiya
Xitoy
kanada
hindiston
braziliya
Rossiya
15,7
16,8
3,3
2,4
2,0
2,3
4,5
12,5
1,4
4,8
2,4
2,6
50,6
34,5
39,1
35,5
30,1
36,7
36,2
9,1
41,5
3,9
12,0
17,7
Dunyo bo‘yicha
85,5
12,0
57
olib keldi. FTI moddiy ishlab chiqarishni tashkil etuvchi yirik tarmoqlar ichida
ham katta siljishlar keltirib chiqaradi.
Sanoatning tarmoq tarkibida qayta ishlovchi tarmoqlarining o‘rni va ahamiyati
yana ham o‘smoqda, ularga hozir jami sanoat mahsulotining 9/10 qismi to‘g‘ri
kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligida bunday o‘zgarishlar asta-sekin yuz bermoqda. Shunga
qaramasdan, FTI chorvachilik tarmog‘ining qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini
ishlab chiqarishdagi salmog‘ini keskin ko‘tarib, 3/4 qismga yetishini ta’minladi.
FTI transport tarmoqlari o‘rtasidagi mavjud nisbatni keskin o‘zgartirishga
olib keldi. Temiryo‘l transportining ahamiyati birmuncha pasaydi. Avtomobil
transporti shahar atrofi va ichida yo‘lovchilar tashishda muhim ahamiyat kasb
etdi. Keyingi yillarda avtomobil transportining shaharlararo hamda xalqaro yuk
va yo‘lovchi tashishdagi ahamiyati oshib borayotganligini aytib o‘tish lozim.
Dengiz transporti xalqaro savdo yuklarining asosiy qismini tashib bermoqda,
lekin uning yo‘lovchilar olib yurishdagi ahamiyati keskin pasaydi (xalqaro
turistlar bundan mustasno). Havo transportining yo‘lovchilarni o‘rta va, ayniqsa,
uzoq masofalarga tashishdagi roli kundan kunga oshib bormoqda.
4. FTI ning xo‘jalikning hududiy tarkibiga ta’siri: eski va yangi o‘zlash tirilgan
rayonlar. Eski o‘zlashtirilgan rayonlar, asosan, XIX asrda va XX asrning boshida
barpo qilingan bo‘lib, hozirda ularning katta qismi ta’mirlanishga muhtoj bo‘lib
qolgan. Shu bilan bir qatorda, FTI ta’sirida yangi sanoat – shahar – transport
qurilishi amalga oshirilmoqda, qishloq xo‘jaligi uchun yerlar o‘zlashtirilmoqda.
Bunday holat, ayniqsa, katta tabiiy resurs salohiyatiga ega rayonlarga xosdir.
FTI davrida ishlab chiqarishning hududiy tarkibiga yangi texnika va
texnologiya katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Po‘latni to‘xtovsiz eritish usulidan
foydalanish – yangi turdagi sanoat korxonalarining yiliga 100 –500 ming tonna
po‘lat erituvchi mini zavodlarning barpo qilinishiga olib keldi. Shunday zavodlar
hozirgi vaqtda po‘lat ko‘p miqdorda ishlatiladigan hududlarda barpo qilinmoqda.
Mehnat resurslari yetishmaydigan hududlarda avtomatlashtirilgan korxonalarni
qurish nazarda tutilgan.
Amaliy ish
1. 10-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni daftaringizga yozib oling va tahlil qiling.
2. Aholining bandlik tarkibi va tashqi savdo aylanmasida bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlarni
tasniflang.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |