Genomika asoslari


-rasm. Hujayrada kechadigan jarayonlar



Download 9,45 Mb.
bet72/109
Sana11.03.2022
Hajmi9,45 Mb.
#489803
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Bog'liq
genomika fanidan o`quv qo`llanma

40-rasm. Hujayrada kechadigan jarayonlar
Translyatsiya deganda to`rt xil nukleotiddan tashkil topgan i-RNK dagi irsiy axborotni 20 xil aminokislotadan iborat polipeptid zanjiriga ko`chirish tushuniladi. Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshadi:

  1. Aminokislotalarning faollashishi ya’ni aminokislotaning ATF ishtirokida adenozin monofosfat bilan birikib aminoatsil adenilat hosil qilish reaksiyasi.

  2. Faollashgan aminokislotalarni t-RNK ga birikishi. Bu maxsus aminoatsil sintetaza ferment ishtirokida ro`y beradi.

  3. Aminoatsil sintetaza fermenti har bir aminokislota uchun o`ziga xos bo`ladi. t-RNK yadroda sintezlansa ham sitoplazmada erkin holda bo`ladi. t-RNK ning bir molekulasi 76-85 nukleotiddan iborat. Uning tuzilishi beda bargiga o`xshash. t-RNK ning uch qismi nihoyatda ahamiyatli sanaladi.

  1. antikodon – bu uchta nukleotiddan tuzilgan u t-RNK dagi triplet ketma-ketligini i-RNK dagi tripletga komplementar mos.

  2. t-RNK maxsus aminokislotaga birikkanligini aniqlovchi qism.

  3. t-RNK ning aminokislota joylashadigan akseptor qismi.

Translyatsiyani uchinchi bosqichi – faollashgan va t-RNK ga birikkan aminokislotalarni ribosomalarga tashib keltirish va i-RNK dagi nukleotidlar izchilligi to`grisidagi irsiy axborotning oqsil tarkibidagi aminokislota izchilligiga ko`chirish ya’ni chin ma’nodagi translyatsiyadir.
Translyatsiyani uchinchi bosqichi sitoplazmadagi ribosomalarda amalga oshadi. Ribosomani kattaligi prokariot va eukariot hujayralarida har xil. Prokariot hujayralarda uning kattaligi o`rtacha 30x30x20, eukariotlarda esa 40x40x20 nm ga teng. Ribosomalarning kattaligi sedimentatsiya birligi bilan o`lchanadi. Sedimentatsiya maxsus ozuqa muhitida ribosomalarning sentrifugalashdagi cho`kish tezligini ifodalaydi.
Ichak tayoqchasi bakteriyasining ribosomasi ikki: katta va kichik qismdan tashkil topgan. Ular 64 % ribosomal RNK, 36 % oqsildan tuzilgan. Ichak tayoqchasi bakteriyasidan farqli o`laroq eukariotlar ribosoma subbirliklari birmuncha yirik.
Har bir ribosomada aminoatsil va peptidil markazlari bo`ladi. Birinchi aminokislota (metionin) avvalo ribosomaning aminoatsil markaziga o`rnashadi. Bu aminoatsil markazda metionin aminokislotasini ribosomaga olib kelgan t-RNK antikodoni ribosomaning aminoatsil markazidan o`rin olgan i-RNK kodiga qarama-qarshi joylashadi va kod bilan antikodon o`zaro birikadi. Shundan so`ng t-RNK olib kelgan metionin aminokislotani ribosomaning katta bo`lagiga qoldiradi, o`zi esa aminoatsil markazdan peptidil markazga suriladi. Bo`shagan aminoatsil markazga keyingi i-RNK ning kodi joylashadi va u keyingi aminoatsil t-RNK antikodoni bilan birikadi. Shu lahzadan boshlab translyatsiyaning ikkinchi bosqichi – elongatsiya amalga oshadi. Elongatsiya bu polinukleotid zanjirini uzayishi. Oqibatda peptidil transferaza fermenti yordamida birinchi aminokislotaning karboksil guruhi (COOH) ikkinchi aminokislotaning amino guruhi (NH2) bilan birlashadi va ular o`rtasida peptid bog` (-CO-NH-) hosil bo`ladi. Natijada suv molekulasi ajraladi. Shunday usul bilan elongatsiya jarayonining keyingi bosqichlarida i-RNK kodi t-RNK antikodoni bilan ham ribosomaning aminoatsil markazidan peptidil t-RNK surilgan sari dipeptid, tripeptid, polipeptid sintezi davom etaveradi. Bunda albatta ribosomal translokaza fermenti elongatsiyani oqsil omili sifatida davom ettiradi. Ribosomaga tashib kelgan aminokislotadan ozod bo`lgan t-RNK va u bilan aloqada bo`lgan i-RNK kodoni ribosomaning tashqarisiga chiqadilar. Ribosomaning aminoatsil va peptidil markazlarida oqsil sintezi aminoatsil markazga uchta terminator kodon UAA, UAG yoki UGA lardan biri kelib joylashgach to`xtaydi. Ribosomaning aminoatsil markaziga terminator kelib tushgach polipeptid sintezining uchinchi bosqichi terminatsiya boshlanadi. Terminatsiya – bu translyatsiyaning oxirgi bosqichi. Terminatsiya sintezlangan polipeptid zanjirini ribosomaning katta subbirligidan ajralishiga olib keladi. Natijada erkin holdagi ribosoma yangi polipeptid zanjirining sintezida qatnashishi mumkin bo`ladi. Barcha eukariot organizmlarda translyatsiya jarayoni umuman olganda shunday kechadi.
Oqsil biosintezida hosil bo`lgan polipeptid zanjir translyatsiya jarayonida o`ziga xos maxsus funksiyani o`taydi. Oqsilning birlamchi strukturasi polipeptid zanjirda aminokislotalarning izchilligi bilan belgilanadi. Biroq oqsil molekulasi hujayra ichida to`g`ri chiziqda tortilgan aminokislotalar zanjiridan iborat bo`lmay, spiral shaklida buralgan, koptok shaklida o`ralgan, globulyar bo`ladi. Bu ularning ikkilamchi, uchlamchi strukturalaridir. Ikkilamchi, uchlamchi strukturalar hosil bo`lishida disulfid bog`lar, ionli bog`lar, gidrofob, qutblangan guruhlar orasidagi aloqalar muhim rol o`ynaydi.

Download 9,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish