Genlarning filogenetik shajarasini o`rganilish tarixi


-rasm Birikkan holda irsiylanish



Download 283,87 Kb.
bet10/11
Sana28.10.2022
Hajmi283,87 Kb.
#857719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Genlarning filogenetik shajarasini o`rganish

3-rasm Birikkan holda irsiylanish
Chunki gomologik xromosomalar o‘xshash uchastkalari bilan almashinuv natijasida xromosomalar strukturaviy qayta tuzilgan bo‘lib, ularda birikkan genlar krossingover tufayli ajralib, yangi o‘zgargan variantda o‘zaro birikadilar. Natijada, bekkross chatishtirish uchun olingan organizm to‘rt xil: ikkita krossingoverga uchramagan, ikkita krossingoverga uchragan gameta hosil qiladi.Bekkross chatishtirish natijasida olingan F1 duragaylarning 83 % ota-ona organizmga o‘xshash bo‘lib, kulrang tanali normal qanotli 41,5 %, qoramtir tanali kalta qanotli 41,5 % ni tashkil etadi. Fb ning faqat 17 % ota-onadan farq qiladi, ya’ni kulrang tanali – kalta qanotli 8,5 % va qoramtir tanali normal qanotli 8,5 % ni tashkil etadi. Bu 17 % krossingover foizi deb ataladi. Bunday irsiylanishni genlarning to‘liqsiz birikkan holdagi irsiylanishi deb ataladi. Ana shu misoldan ko‘rinib turibdiki, kulrang tana – normal qanot va qoramtir tana – kalta qanot belgilarini yuzaga chiqaradigan genlar asosan birgalikda nasldan naslga o‘tadi, ya’ni boshqacha aytganda, o‘zaro birikkan holda bo‘ladi. Bu birikish genlarning muayyan bir xromosomada joylashganligiga bog‘liq. Shunung uchun meyozda bu genlar tarqalib ketmaydi, balki birgalikda nasldan-naslga o‘tadi. Bir xromosomada joylashgan genlarning birikish hodisasi Morgan qonuni bilan mashhur. Bir-biriga birikkan genlar guruhining soni muayyan turdagi xromosomalarning gaploid soniga mos keladi. Tadqiqotlarga qaraganda, genlarning qayta kombinatsiyalanishiga sabab shuki, meyoz jarayonida gomologik xromosomalar konyugatsiyalanganda ularning ma’lum bir foizi o‘z qismlarini ayirboshlaydi yoki boshqacha aytganda, bir-biri bilan chalkashadi. Bunda dastlab gomologik xromosomalarning birida joylashgan genlar endi turli gomologik xromosomalarga o‘tib qolishi aniq bo‘ladi. ular qayta kombinatsiyalanadi. Turli genlarning chalkashish foizi turlicha bo‘lib qoladi. Bu ular orasidagi masofaga bog‘liq. Genlar xromosomada bir-biriga qancha yaqin joylashsa chalkashganda ular shuncha kam ajraladi, birikish foizi shuncha yuqori bo‘ladi. Chunki bunda xromosomalar turli qismlari bilan almashinadi va bir-biriga yaqin joylashgan genlarning birga bo‘lish ehtimoli ko‘p bo‘ladi. Ana shu qonuniyatlarga asoslanib, genetik jihatdan yaxshi o‘rganilgan organizmlarda xromosomalarning genetik xaritasi tuzilgan. Ma’lum birikish guruhga kirgan gеnlarning joylashish tasviri gеnеtik xarita dеyiladi. Xaritada har qaysi xromosomada genlarningjoylashish tartibi, ularning soni, belgisi, orasidagi masofa ko‘rsatiladi. Masalan, drozofila pashshasida uning 4 ta xromosomasida 500 genning joylashgani aniqlangan. Drozofila pashshasida gomologik xromosomalarning chalkashishi va qismlarining almashinishi faqat urg‘ochilarda sodir bo‘ladi. Erkak pashshalarda bu bosqich bo‘lmaydi, shuning uchun ularda bitta xromosomada joylashgan genlarning birikishi to‘liq birikish hisoblanadi. Ana shu sababga ko‘ra, tahlil qiluvchi chatishtirish uchun urg‘ochi pashshalarni olish kerak.

XULOSA
1. Birikkan holda irsiylanuvchi bir xromosomada joylashgan genlar majmuiga birikish guruhi deyiladi. Organizmdagi genlaming birikish guruhi shu organizm xromosomalarining gaploid to’plamiga teng bo’ladi. Genetik xarita tuzishni hoyatda murakkab jarayon bo’lib, hozircha drozofila, makkajo‘xori, no’xat, pomidor, sichqon, neyrospora, ichak tayoqchasi bakteriyasi, odamning genetik xaritasi tuzilgan.
2. Genetik xaritadan farqli ravishda sitologik xaritada genlarni xromosomadagi haqiqiy o‘rni uzunlik birliklarida ifodalanadi. Birinchi bor sitologik xarita drozofila mevapashshasining so‘lak bezlaridan olingan gigant xromosomalarida tuzilgan. Bu xromosomalaming genetik va sitologik xaritalari taqqoslanganda genlar joylanish izchilligi bir biri gamosekanligi aniqlandi. Amerikalik olim K.Bridjes drozofila meva pashshasining uchta autosomava X xromosomasining genetik va sitologik xaritasidagi genlar orasidagi masofani o’lchab taqqosladi.
3. Genetik xaritada organizmning xar bir birikish guruhi alohida tasvirlanadi va ularda joylashgan genlaming qisqartirilganliomi, genlar orasidagi masofa krossingover foizlari natijalariga qarab belgilanadi. Genlar orasidagi masofani ifodalashda xromosomaning bosh qismini lokusini nol deb olinib unga nisbatan genlami krossingover foizlari hisoblanadi. Shuning uchun genetik xaritada genlami lokusini krossingover miqdorida ifodalashda 50, 100 va undan ortiq raqamlar uchrashi mumkin.
4. “Gen” termini daniyalik botanik Vilgelm Iogans tomonidan 1909-yili, ya’ni Uilyam Betson “genetika” terminini kiritgandan 3 yilkeyin ishlatilgan. Grekchadan tarjima qilinganda “gen” - bu “avlod”, shuning uchun “genetika” – bu ajdoddan avlodga belgilarni o`tishini o`rganuvchi fandir.
5. Genlarni o`rganish bilan genetika fani shug`ullanadi, uni boshlab bergan Gregor Mendel hisoblanadi. U 1865-yilda no`xatni chatishtirishda belgilarni avlodga o`tishini o`rganishga bag`ishlangan o`zining ilmiy ishlari natijasini e`lon qilgan.
6. “Genom” termini 1920-yilda Gans Vinkler tomonidan bir biologik tur organizmlarning xromosomalari gaploid to’plamida yig`ilgan genlarni yozish uchun ishlatilgan. Suffiks “-om” ularda qismlarni bir butun qilib birlashtirish ma’nosini beradi, shuning uchun “genom” deganda genlarni bir butunlikka birlashtirishga tushuniladi.
7. Genning klassik belgilanishi: bitta gen – bitta belgi. Shunday qilib, gen tushunchasi faqat DNK ni kodlanuvchi uchastkasi bilan cheklanmaydi, balki o`z ichiga regulyator ketma-ketligini olgan keng miqyosdagi konsepsiyani qamrab olgandir. Genomning o`lchamini DNK uchastkalarining uzunligini odatda ming yoki million juft nukleotidlarda hamda morganidlarda ko`rsatishadi. Keyingi usul genlarni ulanishini tahlil qilishga asoslangan: genlar orasidagi masofa 1 santimorganid 0,01 morganid bo`lganda ular o`rtasidagi krossingover ehtimolligi meyozda 1 % ga teng bo`ladi.
8. Genomikaning 5ta bo`limi mavjud:
Strukturaviy genomika; Funksional genomika; Solishtirma genomika; Evolyutsion genomika; Tibbiyot genomikasi. Genomikaning uslublari: Polimeraza zanjirli reaksiyasi (PZR); Elektroforez; Xromatografiya; DNK ni sekvenirlash; DNK ni kartalashtirish
9. Genomikaning vazifasi butun hujayraning to’liq genetik xususiyatlarini - tarkibidagi genlar sonini va ularning ketma-ketligini, har bir gen tarkibidagi nukleotidlar sonini va ularning ketma-ketligini aniqlash, har bir genning organizm metabolizmiga yoki umuman hayotiy faoliyatiga bog’liq funktsiyalarini aniqlashdan iborat.Genomika organizmning mohiyatini - uning potentsialini, turlarini va hatto individual boshqa organizmlardan farqini, tashqi ta’sirlarga reaktsiyasini bashorat qilish, genlarning har biridagi nukleotidlar ketma-ketligini va genlar sonini bilib olishga imkon beradi.
10. Genomikaning maqsadi - hozirgi vaqtda amalga oshirilmagan hujayraning barcha potentsial xususiyatlari, masalan, “jimjimador genlar” haqida ma’lumot olish, proteomika esa hujayralarni ma’lum bir lahzada xarakterlashga imkon beradi, undagi barcha oqsillarni funktsional “suratga olish” tarzida o’rnatadi. uning proteomi darajasidagi hujayraning holati, ya’ni, ifoda etilmagan genlardan farqli o’laroq “ishlaydigan” barcha fermentativ va strukturaviy oqsillarning to’plamini o’rganadi. Shu bilan birga, agar genomika birinchi navbatda sekvenirlash texnologiyasining rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan bo’lsa, unda proteomika uchun ikki o’lchamli elektroforez texnikasi bir xil asosiy rolni o’ynaydi - oqsillarni bir yo’nalishda molekulyar og’irligi bo’yicha ajratish, ikkinchisida esa - izoelektrik nuqta uslubi qo’llaniladi.
11. Proteomika oqsillarning o’zaro ta’sirini kuzatishga imkon beradi. Bu, masalan, hujayralar yuzasidan signallarni yadrodagi selektiv transkripsiya omillariga yetkazish uchun qo’llaniladi. Uning yordami bilan nafaqat immunosupressiya skrining texnologiyasi, balki umuman signal o’tkazuvchanligi ham o’zgarishi mumkin. Proteomika usullari yangi potentsial antimikrob agentlarning hujayrasi bilan o’zaro ta’sirining to’liqroq, keng qamrovli ko’rinishini beradi.
12. Proteomika va genomika o’rtasidagi aloqaga qaytsak, shuni ta’kidlash kerakki, proteomikani funktsional genomikaning davomi deb atash mumkin. Genomikadan farqli o’laroq, proteomikani o’rganish mavzusi hozirgi vaqtda ekspresatsiya qilingan genlar tomonidan kodlangan mahsulotlarga qaratiladi. Ba’zi turlarning mikroorganizmlarning minimal genomlari bir necha yuz genlardan iborat.



Download 283,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish