Mavzuning ahamiyati: Hozirgi kunda bu sohaning rivojlanishi o’z navbatida bioinformatika yonalishining rivojlanishiga olib keldi- ya’ni makromolekulalar va ular tizimlarini modellashtirish va texnik usublar yordamida tadqiqot qilish ishlarini jadallashtirdi. Ushbu fan yo’nalishlariga kompyuter genomikasi va metobolonomika kiradi yoki boshqacha proteomika fanini anglatadi. "Genomika" atamasi genom so’zidan olingan bo’lib, organizmning barcha genlarining umumiyligi, "proteomika" esa proteom so’zidan olingan bo’lib, eukaryot yoki prokaryot hujayrasidagi tarkibiy va katalitik oqsillar to’plamini bildiradi. Ikkala fan hujayra bilogiyasiga yaqin bo’lgan genetika va oqsil kimyosi fanlarining rivojlanishining zamonaviy bosqichining terminologik formulasi deb hisoblash mumkin. Bugungi kunda ushbu fanlar sohasidagi yutuqlar va qo’llaniladigan uslublar texnologiyasi bo’yicha genomika eng muhim ahamiyatga ega, proteomika genomikaga asoslangan bo’lib, u allaqachon tirik mavjudotlarni oqsil darajasida ko’p jihatdan o’rganilgan hisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari. Normal inson kariotipining barcha xromosomalarining ideogrammalari sifatidagi grafik tasviri genetik haritalardan tashqari, boshqa xromosoma haritalari ham ishlab chiqilgan: Sitogenetik harita – xromosomalarning strukturaviy elementlarini (masalan, idiogrammalarda ularning differentsial rangli bo’limlarini) o’zaro joylashish tartibini yoki nishonli DNK namunalarining gibridlanish lokuslarini (in sitida lyuminestsent gibridlanish) fazoviy tasavvuridir. Fizik harita – fizik belgilar (DNK molekulasining bo’laklari) nukleotidlar juftligida orasidagi masofalar uzunlagini tartiblashtirish hisoblanadi. Restriktsion harita – fizik harita bo’lib, DNKning restriktaza ta’sirida hosil bo’lgan bo’laklari orasidagi masofa va ularning ketma-ketligi aniqlanadi. Bu harita markerlariga restriktsion fragmentlar kiradi- restriktsiya saytlari. Organizmlarning genomini o’rganishning yakuniy maqsadi uning genetik, sitogenetik va fizikaviy haritalarini birlashtirishdir, shuningdek, ularning to’liq genom ketma-ketlikligi aniqlashdan iborat. Genetik haritani tuzishda genetik markerlar joylashishining ketma-ketligi ma’lum zichlikdagi barcha xromosomalarning uzunligi bo’ylab, ya’ni bir-biridan juda yaqin masofada joylashgan turli polimorf DNK lokusi va DNK tarkibidagi irsiy o’zgarishlar orqali aniqlanadi.
Inson genomini haritalash.1990-yildan 2003-yilgacha inson genomi dasturi o’zining genetik va fizik haritalari asosida inson genomi haqida to’liq tasavvur hosil qildi. Markerli ketma-ketliklarning genetik haritasi barcha inson genlarini, ayniqsa, irsiy kasalliklar genlarini haritalashni osonlashtirish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu dasturning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib hisoblangan. Uni amalga oshirish davomida bir necha ming gen nisbatan qisqa vaqt ichida genetik haritaga tushirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |