201-masala. Drozofila pashshasida tananing kulrang bo‘lishi (A) qora bo‘lishi (a) ustidan, qanotning uzun bo‘lishi (B) kalta bo‘lishi (b) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. A va B genlari bitta xromosomada joylashgan bo‘lib, ularning allellari - a va b genlari shu xromosomaning gomologida joylashgan. Kulrang tanali, uzun qanotli digeterozigotali pashshalar o‘zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda olinadigan pashshalarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi? Ularning nisbati-chi? Digeterozigotali pashshalar retsessiv qora tanali, kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan pashshalarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |