98-masala. G‘o‘za o‘simligida gulyonbarglarning yuraksimon shakli (Fg) ingichka shakli (fg) ustidan to‘liq, barg plastinkasining panjasimon-kesik (Ol) shakli panjasimon-bo‘linma (ol) shakli ustidan to‘liqsiz, o‘simlikning antotsian rangi (Rp) yashil rangi (rp) ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi.
Gulyonbarglari yuraksimon shaklda bo‘lgan, barg plastinkasi oddiy – panjasimon-bo‘linmali, yashil rangli g‘o‘za o‘simliklari gulyonbarglari ingichka shaklda bo‘lgan, barg plastinkasi panjasimon-kesik shaklli, antotsian rangli boshqa g‘o‘za o‘simliklari bilan chatishtirilib olingan F1 duragaylari gulyonbarglarining yuraksimon shakli, barg plastinkasining panjasimon-bo‘lakli, oraliq rangli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. F1 duragaylarini o‘z-o‘zi bilan changlantirib olingan F2 duragaylarida qanday ajralish sodir bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |