61-masala. YUmaloq, chipor tarvuz o‘simliklari uzunchoq, yashil mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning hammasi yumaloq, yashil mevali bo‘lgan. Ikkinchi bir tajribada ham xuddi shunday chatishtirish o‘tkazilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarni quyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin bo‘lgan:
20 ta o‘simliklar yumaloq, yashil mevali; 18 ta o‘simliklar yumaloq, chipor mevali; 19 ta o‘simliklar uzunchoq, yashil mevali va 21 ta o‘simliklar uzunchoq, chipor mevali.
CHatishtirish uchun olingan barcha o‘simliklarning genotipini aniqlang. O‘rganilayotgan belgilarning qanday irsiylanishini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |