235-masala. 64000 tup javdar o‘simligining 110 tupi retsessiv gomozigotali (aa) holatida bo‘lgan albinos o‘simliklardan iborat bo‘lsa, A va a allellari hamda albinizm belgisini saqlovchi geterozigotali o‘simliklarning uchrash chastotasi qanday bo‘ladi?
236-masala. No‘xat o‘simligining 4 ta qizil gulli, lekin genotip bo‘yicha geterozigotali (Aa) va 1 ta qizil gulli, lekin gomozigotali (AA) o‘simliklarini bir necha avlod davomida ekib o‘rganilgan. No‘xat o‘simligining o‘z-o‘zidan changlanib ko‘payishini bilgan holda F4 da rivojlanadigan genotip va fenotiplarning nisbatini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |