224-masala*. Odam populyasiyasi 51% yoki 0,51 chastotada jigarrang ko‘zli hamda 49% yoki 0,49 chastotada ko‘k ko‘zli individlardan tashkil topgan. Mazkur populyasiyada A va a allellari, AA, Aa genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlang (jigarrang ko‘z ko‘k ko‘z ustidan to‘liq dominantlik qiladi).
Masalaning echilishi:
Xardi-Vaynberg formulasiga muvofiq, ko‘k ko‘zli aa genotipning uchrash chastotasi aa = q2 = 0,49 ga teng. U holda a allelining uchrash chastotasi q = √q2 = √0,49 = 0,7 ga teng bo‘ladi. Allellarning yig‘indisi 1 ga tengligini bilgan holda A allelining chastotasi - p aniqlanadi: p = 1 – q = 1 – 0,7 = 0,3
Dominant gomozigotali AA genotipning uchrash chastotasi AA = p2 = 0,32 = 0,09 yoki 9% ga teng.
Geterozigotali Aa genotipning uchrash chastotasi Aa = 2 pq = 2 (0,3 x 0,7) = 0,42 yoki 42% ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |