Epistaz irsiylanishga oid test savollari
Qovoq mevasining oq rangi W , sariq rangi Y, yashil rangi y genlari orqali ta’minlanadi, Wgen dominant supressor.
Yuqoridagi genlari bo’yicha digeterozigota holdagi qovoqlar o’zaro chatishtirilganda fenotipda qanday nisbat kuzatilad?
A) 13: 3 B) 12:3:1 C) 12:4 D) 15:1
Qovoq mevasining oq rangi W, sariq rangi Y, yashil rangi y genlari orqali ta’minlanadi, Wgen dominant supressor.
Yuqoridagi genlari bo’yicha digeterozigota holdagi qovoqlar o’zaro chatishtirilganda fenotip bo’yicha qanday genotipik nisbat kuzatilad?
A) 6:2:1 B) 13:3 C) 12:3:1 D) 7:2
Qovoq mevasining oq rangi W , sariq rangi Y, yashil rangi y genlari orqali ta’minlanadi, Wgen dominant supressor.
Ikkita oq mevali qovoqlar O’zaro chatishtirilganda F1avlodda faqat oq va yashil mevali qovoqlar olindi. Chatishtirish uchun olingan qovoqlarning genotipini aniqlang.
A) wwyy x wwyy B) Wwyy x Wwyy C) wwyy xwwyy D) wwyy x Wwyy
Qovoqda U- geni meaning sariq rangini, u- geni yashil rangini ifodalaydi. S-dominant ingibitor, s- qovoqlar rangini yuzaga chishiga to’sqinlik qilmaydi.Tajribada digeterozigotali qovoq, yashil forma bilan chatishtirilgan. F1 da qanday fenotipik xilma xillik yuzaga kelishini aniqlang.
A) 50 %oq, 25 % sariq, 25 % yashil B) 50 % oq, 50 % sariq
C) 50 % oq, 50 % yashil D) 100 % oq
Ma’lum bir navli piyoz o’simligida piyozboshning qizil rangi sariq ranga nisbatan ustunlik qiladi, lekin ikkinchi juft noallel genning retsessiv alleli rang ta’sirini bo’g’ib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Qizil va sariq piyozboshli o’simlilar chatishtirilganda 480 ta sariq, oq va qizil piyozboshli o’simliklar hosil bo’lgani ma’lum bo’lsa, avlodning nechtasi oq piyozboshga ega bo’ladi?
A) 60 B) 240 C) 180 D) 120
Otlarda tanasi qora rangda bo’lishi malla rang ustidan ustinlik qiladi. Lekin bu ranglar ikkinchi juft allel bo’lmagan gen tomonidan boshqarilib, uning retsessiv alleli (b) rang ta’sirini bo’g’ib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Digeterozigoata otlar chatishtirilganda tug’iladigan toychalarning necha foizini oq ranga ega bo’lmagan otlar tashkil etadi?
A)75% B)25% C)50% D)56.25%
7. Tovuqlarda patning rangli bo’lishi C genga bog`liq. Bu genning retsessivi esa rang hosil qilmaydi. Boshqa xromosomada joylashgan. I gen C genni ustidan dominantlik qilgani sababli, pat oq rangli bo’ladi. i geni esa C genga ta`sir etmaydi. Quydagi chatishtirishlarning qaysi birida faqat rangsiz tovuqlar hosil bo’ladi?
IICC x IICC B) IiCc x iicc
C) IiCc x iicC D) iiCC x Iicc
Otlarda tanasi qora rangda bo’lishi malla rang ustidan ustunlik qiladi. Lekin bu ranglar ikkinchi juft allel bo’lmagan gen tomonidan boshqarilib, uning retsessiv alleli (b) rang ta’sirini bo’g’ib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Digeterozigota otlar chatishtirilganda necha xil genatipik (a) va fenatipik (b)sinf hosil bo’ladi.
A) a-9 b-4 B) a-16 b-16 C) a-9 b-3 D) a-16 b-8
Epistaz deb nimaga aytiladi ?
bir gen allellaridagi dominantlikka
bir allel gening ikkinchi allel bo`lmagan genga nisbatan dominantlik qilish hodisasiga
ikki va unddan ortiq allel bo`lmagan genlarning o`zaro ta’sriga
genlarning ko`p tomonlama ta’siriga
Piyoz po`stining qizil rangini B gen sarq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda Vgen bo`lsa yuzaga chiqadi. Uning retsessiv v alleli ingibtor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to`sqinlik qiladi . Quyidagi genotiplarning qaysi biri qizil rangli fenotipga ega ?
a. BBVv b. Bbvv c. bbVV d. bbvv e. bbVv f. BbVv j. BbVV k. BBvv
A) c, e, f B) c, e C) a, f, j D) b, d, k
Kartoshka tugunagida antotsion rang bo`lishi asosiy P va R genlarga bo`gliq.
Lekin ular o`z ta’sirini dominant D gen bo`lganidagina fenotipda nomoyon qiladi .
Shunga ko`ra P – rrD- genotipli kartoshka tugunagi ko`k – binafsha rang, P-R-D-genotipli tugunagi qizil-binafsha rang, ppR-D- genotopli tugunagi pushti ragda bo`ladi. Boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo`ladi . Quyidagi genotiplarning qaysi birida fenotipi oq rangli bo`ladi?
a) PprrDd b) PpRrDd c) ppRRDD d) PPrrdd e) pprrDd f) PPrrDD j) PPRrDD k) pprrdd
A) b, j B) a, f C) c, f, k D) d, e, k
Qovoq mevasining oq rangi V, sariq rangi Y yashil rangi y gen bilan ifodalanadi. V gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagi Vv Yy va Vvyy genotipiga ega organizmlar o’zaro chatishtirilsa, birinchi bo’g’in duragaylarining fenotipi qanday nisbatda bo’ladi?
A) 3 ta sariq 1 ta yashil B) 6 ta oq 1 ta sariq 1 ta yashil
C) 3 ta oq 1 ta sariq D) hammasi oq
Genlarning epistatik ta’sirida piyozning rangli bo’lishini A geni rangsiz bo’lishini a geni ifodalaydi. I-ingibitor geni rangning yuzaga chiqishiga yo’l qo’ymaydi, i-geni rangga ta’sir ko’rsatmaydi. Rangli piyozlar avlodida faqat rangli piyozlar olingan. Ota-ona genotipini toping.
A) IiAa x IiAa B) IiAA x iiAA C) IiAa x iiaa D) iiAA x iiAa
Otlarda tanasi qora rangda bo’lishi malla rang ustidan ustunlik qiladi. Lekin bu ranglar ikkinchi juft allel bo’lmagan gen tomonidan boshqarilib, uning retsessiv alleli (b) rang ta’sirini bo’g’ib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Qora tanali erkak va malla rangli urg’ochi otlar chatishtirilganda ularning avlodida qora, malla va oq rangli otlar olingan. Olingan qora otlardan necha % ining genotipi otasining genotipiga o’xshash.
A) 37.5 % B) 25% C) 66.6% D) 50