IRSIYATNING XROMOSOMA NAZARIYASI
1 Genlarning to’liq birikan xolda irsiylanishi
Genlarning xromosomada joylashishi, ulaming keyingi avlodlarga o’tish qonuniyatlarini birinchi bo’lib amerikalik olim T.G.Morgan (1866—1945) o‘rganib, irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi.
Morgan va uning shogirdlari 1909-1911 - yillarda Mendel qonunlarini xromosomalar asosida o‘rganib, belgilarning mustaqil taqsimlanish qonuniyatiga o‘zgarishlar kiritish kerak, degan xulosaga keldilar.Chunki genlar nasldan-naslga alohida-alohida holda o’tmasdan, balki birikkan holda, ya’ni guruh-guruh bo’lib o‘tar ekan.
Genlarning birikishi. Genlarning birikishi deganda ularning bir birlari bilan birikkan holda nasldan-naslga o‘tishi tushuniladi. Genlarning birikkan holda nasldan-naslga o‘tishini Morgan drozofila (meva) pashshasida o‘rgandi.
Bu pashshalarni laboratoriya sharoitida saqlash va osonlik bilan ko‘paytirish mumkin.
Drozofila pashshasi tanasining:
Qora rangda bo‘lishini retsessiv gen - a,
Kulrang (normadagi rang) bo‘lishini dominant gen -A,
Rudiment (kalta) qanotni retsessiv gen — b,
Uzun qanotni (normadagi qanot) - B gen yuzaga chiqaradi.
Kulrang tanali, uzun qanotli (AABB) pashshalarni qora tanali,
Kalta qanotli (aabb) pashshalar bilan chatishtirilganda birinchi avlod duragaylarining barchasi kulrang tanali uzun qanotli bo‘ladi (AaBb). Morgan birinchi avlod duragaylari ichidan kulrang tanali uzun qanotli (AaBb) erkak pashshalarni olib, qora tanali kalta qanotli (aabb) urg‘ochi pashshalar bilan chatishtirdi, ya’ni tahlil qiluvchi chatishtirish o‘tkazdi. Geterozigotali erkak (AaBb) pashshalarda genlarning erkin taqsimlanishi tufayli 4 xil gametalar hosil bo‘lib, ularning tuxum hujayralar bilan qo‘shilishidan keyin paydo bo‘lgan duragaylaming nisbati quyidagicha, ya’ni 1 : 1 : 1 : 1 bo‘lishi kerak edi.
F1, aabb x AaBb
Gametalar ab AB, Ab, aB, ab
F2 AaBb AAbb aaBb aabb
kulrang kulrang qora qora
tanli, tanli, tanli, tanli,
uzun kalta uzun kalta
qanot qanot qanot qanot
25% 25% 25% 25% lekin unday bo’lib chiqmadi.
Morgan bunday chatishtirishning oxirida 4 xil duragaylar o‘miga faqat 2 xilini, ya’ni ota-ona belgilariga o‘xshagan kulrang uzun qanotli va qora kalta qanotli duragaylami oldi. Bu chatishtirishda belgilardan kulrang bilan uzun qanot birikkan holda nasldan-naslga o'tishini kuzatish qiyin emas
1-tajriba (Morgan)
1) P| | X| |
F1
|
|
|
|
| bu erkak geterozigota pashshani retsessiv
|
|
|
|
|
genli urg’ochi pashsha bilan chatishtiramiz
2)P
|
|
|
|
|
X |
|
|
|
|
|
|
|
|
F2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
50%
|
50%
|
Bu tajriba natijasi shuni ko'rsatadiki tananing rangi va qanotlarning shakli bitta gen ishtirokida yuzaga chiqmasdan har xil genlar ta ’sirida yuzaga chiqar ekan. Lekin bu genlar bir-birlari bilan birikkan holda bolganligi uchun keyingi avlodlarga birgalikda o‘tadi. Tananing kulrang bo‘lishini yuzaga chiqaruvchi gen qanotning uzun (normal) bo‘lishligini yuzaga chiqaruvchigen bilan birikkan bo‘lishi mumkin. Genlarning bunday birikkan holda nasldan-naslga o'tishini shu genlarning bitta xromosomada joylashganidagina kuzatish mumkin. Masalan A,B genlari bitta xromosomada va shu xromosomaga gomologik bo'lgan ikkinchi xromosomada esa a,b genlar joylashgan.
Bunday holda birinchi avlod duragaylari | | geni bo‘lgan bitta xromosomani otadan olsa, | | geni bo‘lgan ikkinchi
xromosomani esa onadan oladi. Tabiiyki, bu ikkita gen hujayralaming bo’linishi paytida bitta xromosomada joylashganliklari uchun keyingi avlodlargabirgalikda o ‘tadi. Shuning uchun birinchi avlod duragaylari 4 xil emas, faqat 2 xil gameta hosil qiladi. Genlarning bunday birikishini to‘liq birikish deyiladi. Genlarning bog’langan holda nasldan-naslga o‘tishini o‘rganish natijalari Mendelning genlami mustaqil taqsimlanishiqonuniga zid bo’lib chiqdi. Genlar qachonki alohida-alohida xromosomalarda, ya’ni A,a va B,b genlari 4 ta xromosomada joylashsagina ular mustaqil taqsimlanishi mumkin.
Morgan drozofila pashshalarini chatishtirishdan olgan natijalari asosida quyidagi xulosaga keldi.
Agar ikki juft genlar, ya’ni 4 ta gen 4 ta xromosomada joylashgan bo‘lsa, jinsiy hujayralaming hosil bo’lishida bu genlarning har biri alohida alohida gametalarga tushadi va mustaqil holda nasldan-naslga o‘tadi.
Agar ikki juft allel genlar gomologik xromosomalarda, ya’ni 2 ta gen bitta xromosomada joylashgan bo’lsa, bu genlar keyingi avlodga birgalikda, ya’ni bir-biriga birikkan holda o‘tadi. Bunga genlarning to’liq birikkanligi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |