Genetika fanining mazmuni, vazifalari


-yilda amerikalik genetik olim T.Morgan



Download 0,74 Mb.
bet3/17
Sana23.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#695998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Genetika fanining mazmuni, vazifalari

1910-yilda amerikalik genetik olim T.Morgan tomonidan drozofila meva pashshasida olib borilgan tadqiqotlar irsiyatning xromosoma nazariyasini asoslashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi. Bu nazariyaga ko'ra, genlar xromosomada chiziqli tartibda joylashgan. Hujayradagi genlarning birikish guruhi gomologik xromosomalarning gaploid to'plamiga teng ekanligi, bir guruhga birikkan genlar ikkinchi guruhdan mustaqil ravishda nasldan-naslga berilishi aniqlandi.
1925-yilda G.A.Nadson va G.S.Filippovlar achitqi zamburug'ida radiy nurlari ta'sirida mutatsiyalar olishga muvaffaq bo'ldilar. 1927-yilda esa amerikalik genetik olim G.Meller drozofila meva pashshasiga rentgen nurlarini ta'sir ettirib, ularning irsiyatini o'zgartirish ya'ni mutatsiyani sun'iy yo'l bilan vujudga keltirish mumkinligini isbot etdilar.
XX asrning 20-30 yillarida S.Rayt, R.Fisherlar populyatsiyalardagi jarayonlarni matematik metodlar. yordamida o'rganish mumkinligini asoslab berdilar.
Genetika fani rivojlanishining uchinchi bosqichi genetik tadqiqotlarga kimyo, fizika, matematika va kibernetika fanlari metodlarini tatbiq etish hilan tavsiflanadi. Xususan, elektron mikroskopiya, rentgenostrukturaviy analiz, sentrofuga, radioaktiv izotop metodlaridan foydalanish orqali mikroorganizmlardan zamburug'lar, bakteriyalar va viruslarning tuzilishi, ayrim organoidlarning funksiyasi, oqsillar, fermentlar, vitaminlarning strukturaviy tuzilishi, funksiyasi o'rganila boshlandi.
XX asrning 40-yillariga kelib amerikalik bioximik olimlar D.U.Bidl va 3.Tatumlar xaltali zamburug'larning neyrosporalari ustidagi tadqiqotlarida gcnlarning moddalar almashinuviga, tirik organizmlarning morfologik belgilarining va fiziologik.xususiyatlarining shakllanishiga ko'rsatgan ta'sirini o'rgandilar.
1944-yilda genetik olim O.T.Eyveri shogirdlari bilan birgalikda nuklein kislotalar irsiyatning moddiy asosi ekanligini isbotladi. DNKning genetik ahamiyati aniqlangandan so'ng, 1953-yilda Dj.Uotson, F.Kriklar M.Uilkins, R.Franklinlarning nuklein kislotalarning rentgen strukturalari to'g'risidagi ma'lumotlari tahlilini xulosalab DNK molekulasining tuzilishi to'g'risidagi modelni e'lon qildilar.
1961-62-yillarda M.Nirenberg, G.Mattey va F.Kriklar 20 ta aminokislota uchun nukleotidlar tripletining tarkibini aniqladilar va oqibatda genetik kod tilsimi ma'lum bo'ldi. 1969 yilda hind olimi X.Korana achitqi zamburug'i hujayrasining gen sintezini laboratoriyada amalga oshirdi. Molekular biologiya va biokimyoning rivojlanishi bilan molekular genetika, gen injeneriyasi, biotexnologiya kabi genetikaning yangi shoxobchalari tarkib topdi. Asrimizning boshlariga kelib, bir necha o'nlab mikroorganizmlar, ko'plab hayvonlar, inson va o'simliklar genomlari ya'ni xromosomalarni gaploid to'plamlaridagi genlar yig'indisining DNK ketma-ketliklarini to'la echilishi (sekvens) genomika fanining shakllanishiga olib keldi.
3.Genetikaning shoxobchalari
Hozirgi zamon genetikasi tadqiqot obyektiga ko'ra kompleks fan bo'lib, uning bir qancha shoxobchalari bor. Umumiy genetika, mikroorganizmlar genetikasi, odam genetikasi, hayvonlar genetikasi, o'simliklar genetikasi, molekular genetika, immunogenetika, sitogenetika, tibbiyot genetikasi, populyatsion genetika, pedagogik genetika ana shunday shahobchalardir.
Umumiy genetika — irsiy axborot tuzilishini, irsiyat va o'/garuvchanlikni tiriklikning barcha darajalariga xos bo'lgan umumiy qonuniyatlarini o'rganadi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish