1. Jarayon uchun zarur obyektlarni tayyorlash
2. Ularni sun’iy o ‘stirish
3. Tozalash
4. Modifikatsiyalash
5. Olingan mahsulotlardan foydalanish
Bu murakkab jarayonda juda ko‘p soha mutaxassislari:
genetiklar, molekulyar biologlar, sitologlar, bioximiklar, viru-
sologlar, mikrobiologlar, injener-texnologlar, jihozlar konstruktor-
lari qatnashadi.
Biotexnologiyaning istiqbollari.
Ko‘p mamlakatlarda ovqat mahsulotlari yetishmaydi. Shu
tufayli asosiy muammolardan biri o‘simliklar va hayvonlar mahsul-
dorligini oshirishdir.
Biotexnologlar hosildor o‘simlik navlarini yaratishdan tashqari
ularni zararkunandalardan himoya qilishning biotexnologik yo‘lla-
rini ishlab chiqmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |