Genetik injeneriya
Genetik injeneriya
-
molekulyar genetika
sohasi; genlarning tabiatda uchramaydigan yangi
birikmalarini genetik va
biokimyoviy
usullar yordamida maqsadga muvofiq holda vujudga
keltirish bilan shugʻullanadi. Muayyan organizm hujayrasidan ajratib olingan gen yoki genlar
guruhini nuklein kislotaning maʼlum molekulalari bilan biriktirib, hosil boʻlgan duragayni
boshqa organizm hujayrasiga kiritishga asoslangan. Viruslar va b. har qanday tirik mavjudot
hujayralarining irsiy programmasini maqsadga muvofiq modellashtirish, yangi shtamm virus
va mikroorganizmlar, oʻsimlik, hayvon hujayralarining yangi xillarini, oʻsimlik navlari va hayvon
zotlarining q. x. uchun zarur shakllarini yaratish va b. G. i. vazifasidir. AQSH olimi P. Berg
xodimlari bilan birga virus va mikroorganizmlar irsiy molekulasi qismlarini probirkada ulab,
rekombinant DNK olishi G. i. ning vujudga kelishiga asos soldi (1972). G. i. umumiy genetika,
molekulyar genetika, molekulyar biologiya, bioorganik kimyo, mikrobiologiya,
oʻsimlikshunoslik kabi biologik fanlar nazariyalari hamda tadqiq etish usullarining bir-birini
toʻldirishi tufayli shakllandi. G. i.ning rivojlanishida genetik enzimologiya va nuklein kislotalar
kimyosi yutuklari katta ahamiyatga ega. Molekulyar darajada olib boriladigan ishlar natijasi
ikki xil ferment — restriksiyey endonukleaza va ligazaga bogʻliq. Restriktazalardan (300 dan
ortiq xili bor) DNK molekulasini har xil qismlarga ajratishda, ligazadan esa ularni yana qayta
birlashtirishda foydalaniladi. G. i.da eng koʻp ishlatiladigan restriktaza (Yeso Rb) 1971 y.da
olingan. G. i.ning rivojlanish tarixi in vitro sharoitida (organizmdan tashqarida) rekombinant
DNK molekulalarini, yaʼni har xil plazmidalar (xromosomalarsiz, mustaqil yashash
xususiyatiga ega DNK halqa molekulalari), hattoki plazmida bilan faglar orasida duragaylar
yoki vektor molekul alar (xoʻjayin hujayrada mustaqil qayta tiklana olish xususiyatiga ega DNK
molekulasi) olish mumkinligini prinsipial isbotlashdan boshlangan. Keyinchalik prokariotlar
(shakllangan yadrosi yoʻq organizmlar)ga taalluqli xromosoma genlari bilan har xil
plazmidalar orasida rekombinant molekulalar olindi. Vektor molekulalarga eukariot
(shakllangan yadroga ega) organizm (asosan, hayvon va oʻsimlik) genlari DNKsini kiritish G.
Soʻnggi tahrir 3 kun avval
Rtfroot
tomonidan amalga oshirildi
i.ning katta yutugʻidir. Natijada hayvon genlarini bakteriya hujayralarida koʻpaytirish va
ekspressiya qilish (genlarni klonlash) imkoniyati vujudga keddi. Nihoyat, G. i. bilan hujayra
injeneriyasi yutuqlarining sintezi tufayli biotexnologiya fani shakllandi.gen injeniriyasi -
asosan o'zida yashirin genlarni saqlaydi va ularning chatishish natijasida yangi gen hosil
qiladi. G.i birinchilardan bo'lib Ch.Darvin ham o'z ma'lumotlarini berib o'tgan.G.i da birinchi
bo'lib 1865 yilda G.Mendel o'zining birinchi tajribasini o'tkazadi.U o'zining bu tajribasini sariq
va yashil no'xotlar ustida olib boradi. Va u o'zining bu tajribasi bilan g.i ni yanada ochiqroq
tarza o'rgatadi.
Abdusattor AbduKarimov, Sotiboldi Jatayev.Go'zal Yo'ldasheva Bh-15
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Genetik_
injeneriya&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Genetik_injeneriya&oldid=2
521077
" dan olindi
Adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |