II. Dars maqsadi: a) Ta`limiy maqsad: Mavzu xaqida bilimlarga ega bo’lish
b) Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.
c) Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish
III.Dars usuli: Yangi tushuncha berish. VI.Dars jiхozi: Darslik , bukletlar, xarita, tarqatma material V.Darsning borishi: a) Davomadni aniqlash.
b) Dunyo yangiliklarini so’rash
c) O`tilgan mavzuni mustaxkamlash.
VI. Yangi mavzu bayoni: Filipp IV va Papa. Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan Filipp IV (1285-1314) o’z qirolligining boshlarida SHampan grafligi, Lion viloyati va shaxrini qirol domeniga qo’shib oladi. Uning keyingi xarakatlari mamlakatning shimoliy-g’arbidagi yirik savdo-xunarmandchilik shaxarlarini birlashtirgan Flandriyani egallashga qaratiladi.
Urushlar, saroy bazmlari katta mablag’larni talab qilgan. Qirol vaziyatdan chiqish uchun turli usullarni qo’llar edi. Filipp IV shaxarlardan qarz olib ularni qaytarmas, Yaxudiylarni mamlakatdan chiqarib yuborib, so’ng ularni katta to’lovlar evaziga qaytarar, tanga puldagi kumush miqdorini pasaytirib, uni buzar, qirollikdagi dexqonlarni erkinlikka chiqishi uchun katta to’lov talab qilardi.
Nixoyat, Filipp IV o’z nigoxini eng boy tashkilot-katolik cherkoviga qaratadi. U Yevropa xuktndorlaridan 1-bo’lib, katta yer mulklarga egalik qilaYotgan cherkovdan soliq talab qiladi.
Rim papasi Bonifatsiy VIII (1294-1303) o’zining mashxur o’tmishdoshlari Grigoriy VII va Innokentiy III lar qabilida ish tutadi. U ruxoniylarga Fransiya qiroliga soliq to’lashni man etishdan tashqari, Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to’xtatishini talab qiladi. Fransiya qirolining Papa xoxish-irodasiga bo’ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy VIII Filipp IV ni cherkovdan xoliligini tantanali e’lon qilish uchun tayyorgarlikka kirishadi.
General shtatlar. Bunga javoban, Fransiya qiroli 1302-yili 3 toifa vakillari: ruxoniylar, Dvoryanlar va shaxarliklarni chaqirib, ularga papa bilan mojaroni muxokarna qilishni taklif etadi. General shtatlar papani Fransiyaning ichki ishlariga aralashishini qoralaydi.
Keng jamoatchilik ko’magiga tayangan Filipp IV papaga qarshi xarakatni boshlaydi. Qirolga anafema (la’nat) e’lon qilish tayinlangan kun arafasida Italiyaning shimolidagi Anani shaxrida joylashgan papa saroyiga Filippning 1 gurux askarlari bostirib kiradi. Ular esankirab qolgan papaga qamoqqa olingani va sud oldida javob berishi uchun Fransiyaga jo’natilishini e’lon qilishadi. Rivoyatga qaraganda, fransuzlar yetakchisi ko’z ko’rib quloq eshitmagan narsa - papaga tarsaki tushirishga jazm etadi. CHorasiz Bonifatsiy VIII faqat: «mana mening bo’ynim mana mening boshim-deya oladi, xolos. Papani osishmaydi, boshini xam olishmaydi, Fransiyaga olib ketishga xam ulgurishmaydilar. Ananiliklar Bonifatsiy VIII ni qutqaradilar. Lekin papa taxqirni ko’tara olmasdan, ko’p o’tmay aqldan ozib vafot etadi.
General shtatlar (Etats Generaux-«Yalpi toifalar»)-Fransiyadagi oliy tabaqaviy-vakillik muassasasi (1302-1789). Qirollar General shtatlarini qachonki Yangi soliq kiritishni istaganlarida chaqirib turishgan. SHu tarzda Fransiyada toifali monarxiya tashkil topadi. Qirollik xokimiyati markazlashtirish jarayonida tabaqa vakillari majlisiga tayangan.
Tez orada Filipp IV ning g’alabasi to’liq tus oladi. Kardinallar Fransiya arxiyepiskopini papalikka saylashadi. U esa Italiyadan Fransiyaning janubiga Avinon shaxriga ko’chib o’tishga qaror qiladi. Avinon fransuz qiroli mulkiga kirmasada, albatta uning bu yerdagi ta’siri katta edi. Zamondoshlari xristian dunyosi boshlig’i fransuz qirolining sodiq xizmatchisiga aylanganidan shikoyat qilganlar. Papalarning Rimga qaytishi uchun deyarli 70 yil kerak bo’ldi. Bu yillar (1309-1377) Rim cherkovi tarixida «papalarning Avinon tutquni» nomini oladi.
Buyuk magistr qarg’ishi. Papalarni «Boqiy shaxardan fransuz qiroli ximoyasiga» o’tishi Filipp IV ning zamondoshlariga tayyorlagan so’nggi kutilmagan «sovg’a»si emasdi. U boshlagan «tampliyerlar ishi» xam Yevropada katta shov-shuvga sabab bo’ladi. Qirol kutilmaganda tamplierlar ordenini daxriylikka Yo’liqib gunoxlarga botganligiga «ishonadi». Bu orden Yaqin SHarqda 1291-yilgacha qolib, so’nggi janglarda qatnashgan va katta talafotlarni boshidan kechirgan edi.
1307-yilning tunlaridan birida ordenning ko’pchilik a’zolari va buyuk magistri qamoqqa olinadi. Ordenning bitmas-tuganmas boyliklari xaqidagi mish-mishlar ularning boshiga balo bo’ladi. «Avinon papa»sidan rozilik olib, tamplierlarning mol-mulklari musodara qilina boshlanadi. Ko’plari qiynoqqa solinib, gulxanlarga tashlanadi. Buyuk magistr 1314-yili o’limga maxkum etiladi. Uning o’limidan 1 oy o’tib papa, o’n oydan so’ng Filipp IV vafot etadilar. Mamlakatda Filipp IV qarg’ishga uchragani, uning vorislarini Yanada daxshatliroq fojialar kutaYotganligi xaqida mish-mishlar tarqaladi.
Dvoryanlar (nomdor zodagon)-feodallar toifasining imtiyozli qismi. Imtiyozlar merosiy bo’lib avloddan-avlodga o’tgan.
General shtatlar doimiy faoliyat ko’rsatmay, zarur paytda qirol tomonidan chaqirilar edi. Dastlab u soliqlar bilan bog’liq muammolarni echgan, xolos.
SHu tariqa XIV asrda Fransiyada toifaviy monarxiya, ya’ni toifa vakillari yig’iniga suyanadigan, markazlashgan davlat shakllana boshladi.
VII Mustahkamlash VIII. O`quvchilarni baholash: IX. Uyga vazifa: mavzuni o’qish