Qon kasalliklari, qon sis temasi kasalliklari — periferik qon va qon yaratuvchi aʼzolarning shikastlanishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Q.k.ning kelib chiqish sabablari va belgilari xilma-xil, lekin ularning hammasida ham qon hujayralarining ishlanib chiqishi, funksiyalari, organizmda taqsimlanishi va b. koʻrsatkichlari buziladi. Bu oʻzgarishlar qon yaratilishini idora etadigan nerv-endokrin sistema funksiyasi hamda boshqa aʼzolar (meʼda, jigar) faoliyatiga, organizmning irsiy xususiyatlarini belgilovchi gen apparatiga bogʻliq. Q.k.ga olib keladigan jarayonlar mexanizmi murakkab va xilmaxilligi sababli Q.k.ni shartli ravishda patogenetik xususiyatlari va klinik belgilariga qarab leykozlar, kamqonliklar va koagulopatiyalarga ajratiladi. asosan, qizil qon sistemasi kasalliklari, oq qon sistemasi kasalliklari, trombotsitlar (qon plastinkalari)ning kasalliklari tafovut qilinadi. Bularning kelib chiqishida qon sistemasida roʻy beradigan aplastik, giperplastik oʻzgarishlar va qon yara-tilishining buzilishiga olib keladigan boshqa patologik jarayonlarning ahamiyati katta.
Qizil qon sistemasi kasalliklari. Bunga qizil qon shaklli elementlari — eritrotsitlar kamayishi bilan kechadigan turli xil anemiyalar, ularning ortiqcha ishlanib chiqishi bilan ifodalanadigan eritremiyalar, oq qon sistemasi kasalliklariga turli xil leykozlar, koʻp sonli miyeloma
Leykositlar. Bu termin yunoncha leikos so'zidan kelib chiqgan bo'lib, oqish-ma'nosini anglatadi.
Leykositlar organizmda turli-tuman vazifalarni, jumladan trofik va himoya funksiyasini o'taydilar. Ularning himoya vazifasi yot zarrachalarni fagositoz qilish, antitelalarni ishlash, immunitet hosil qilish bilan ifodalanadi.
Sog'lom odamlarda o'rtacha 1 mm 3 qonda 6-8 ming leykosit bo'lib, ularning sonini ortib ketishiga – leykositoz, kamayishiga – leykoseniya deyiladi. Bu holatlar fiziologik va patalogik, ya'ni kasalliklar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Barcha leykositlar sitoplazmasida maxsus donachalar bo'lish va bo'lmasligiga qarab 2 ta gruppaga ajratiladi.
1) Donali va 2) donasiz (granulasit va organulasitlar) leykositlar.
Donali leykositlarning granulalari qanday bo'yoqlar bilan bo'yalishiga qarab, eozinofillar, bazofillar va neytrofillarga bo'linadilar.
Agranulasitlar o'z navbatida monosit va limfositlarga ajratiladi.
Granulasitlarning barcha turlarini tuzilishlari bir-birga o'xshasada, ularning donalarining tarkibi bilan farq qiladilar.
Gemoglobin miqdorini aniqlash — qondagi gemoglobin miqdori yuqorida bayon etilganidek, Salli gemometrida yoki FEK apparati yordamida aniqlanadi.
Salli gemometri uchta tik teshigi bo‘lgan shtativdan iborat. Ikki yoni- dagi teshiklarda har ikki uchi ber- kitilgan shisha naychalar joylashgan bo‘lib, ularda solishtiriladigan stan- dart qo‘ng‘ir-sariq rangli eritma bor. Ba’zi gemometrlarda suyuqlik to‘l- dirilgan naychalar o‘rniga qo‘ng‘ir- sariq rangli shisha tayoqchalar qo‘yil- gan bo‘ladi.Shtativ o‘rtasidagi teshikda dia- metri standart eritmali naychalar diametriga teng bo‘lgan usti ochiq probirka qo‘yilgan, u gemoglobinni aniqlashi kerak bo‘lgan qonni quyish- ga mo‘ljallangan (5-rasm). Bu probirka ikki qator darajaga bo‘lingan: bir tomondagi darajada pastdan 10 soni bilan boshlanib, 140 soni bilan tugaydi, ikkinchi tomondagisi esa 2 g % sonidan boshlanib,g % soni bilan tugaydi. Har ikki tomondagi darajalar ham bir xil balandlikka ega. Suyuqliklar rangi yaxshi ko‘rinishi uchun shtativning orqa devoriga yorug‘likni tarqatib beruvchi sut rangli shisha plastinka o‘rnatilgan. Har bir gemometrga pipetka qo‘shib beriladi, bu pipetkani yuqori uchida 20 mm3 raqami yozilgan bo‘ladi.Ishlash qulay bo‘lishi uchun bu nayning yuqori uchiga uchligi oynadan iborat rezina naycha kiydirilgan bo‘ladi.Qondagi gemoglobin miqdori quyidagicha aniqlanadi: o‘rtadagi probirkaning o‘n raqamigacha xlorid kislotaning detsinormal eritmasi qo‘yiladi, shundan so‘ng pipetkaning 20 mm3 belgisigacha barmoqdan qon so‘rib olinadi. Qon ustini havo pufaklarisiz ko‘r- satib o‘tilgan belgiga yetishi bilan, mushtukni og‘izdan chiqar- may, rezina nayni ikki barmoq bilan qisib turib, pipetkadagi qon miqdori 20 mm3.ga to‘g‘ri kelish-kelmasligi yana tekshiriladi. Pipetkaning pastki qismidagi qonni paxta bilan artib, uning uchini xlorid kislotaning detsinormal eritmasiga tushiriladi, bu eritma ilgari gemometrning o‘rtasidagi naychada tayyorlangan bo‘ladi, pufakchalar hosil bo‘lmasligi uchun qon unga asta-sekin puflab kiritiladi, so‘ng eritma aralashmasini bir necha marta so‘rib olib, qaytadan probirkaga tushiriladi va shu yo‘l bilan olingan qonning hammasi probirkaga quyiladi.Barcha gemoglobin gematin xloridga aylanishi uchun 10 minut kutib turiladi, keyin gemometr ko‘tariladi va qon solinadigan probirkadagi suyuqlikning rangi standart eritma yoki bo‘yalgan shisha tayoqchalar rangi bilan solishtirib ko‘riladi. Deyarli hamma vaqt qon eritmasining rangi standart eritmalar rangidan to‘qroq bo‘ladi. Distillangan suv graduirovka qilinmagan pipetka yordamida qon eritmasi solingan pipetkaga quyila boshlanadi va shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turiladi. Undagi suyuqlikning rangi standart probirkadagi suyuqlik rangiga yetguncha aralashtirish ishi davom ettiriladi. Bundan so‘ng gemometrni ko‘zning to‘g‘risigacha ko‘ta- rib, qon eritmasining pastki meniski qaysi darajada turgani aniqlanadi. O‘ng tomonidagi tegishli son — foizini, chapdagisi esa gemoglobinning gramm foizini ko‘rsatadi.Gemoglobinni aniq tekshirish uchun hozirgi vaqtda fotoelektro- kolorimetr va spektrofotometrlardan foydalaniladi. Gemoglobinni fotoelektrokolorimetrda aniqlash uning ammiak, asetonsiangidrin va boshqa moddalar bilan bo‘yalgan birikmalar hosil bo‘lishiga asoslangan.Hozirgi vaqtda klinik-diagnostik laboratoriyalarida gemoglobin konsentratsiyasini aniqlash uchun gemoglobinsianid usuliga asoslangan tayyor to‘plamlardan qo‘llanilmoqda. Har bir to‘plamda standart reaktiv (nazorat) bor. Bundan tashqari, markaziy labo- ratoriya (masalan, viloyat kasalxonasining laboratoriyasi) standart (nazorat) reaktivlar tayyorlashi va tarqatishi mumkin. Standart (nazorat) reaktivlar har safar bemor qoni tekshiruvlari o‘tkazil- ganda ishlatiladi.Sifatli nazorat qilishning eng yaxshi usuli zarur reaktivlar yetarli miqdorda bo‘lganda bemor qonini bir vaqtning o‘zida ikki usulda aniqlash hisoblanadi. Agar har ikkala usulda natijalar har xil bo‘lsa, bemor qonini qayta tekshirish kerak.Gemoglobinni aniqlashning klinik-diagnostik ahamiyati: qonda gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlikning asosiy labo- rator ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Gemoglobin miqdori kam- qonlik shakli va ifodalanganligiga qarab o‘zgaradi. Gemoglobin miqdori kamayganda, chuqur va to‘liq tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak (eritrotsitlar sonini aniqlash, rang ko‘rsatkichi, eritrotsitlar morfo- logiyasini o‘rganish).
Nafassiz hayot yo‘q. Bu kundek ravshan. Ammo inson organizmida shunday moddalar borki, ularsiz nafasning o‘zi ham keraksizga aylanadi. Ulardan biri — gemoglobin.
Qon tarkibidagi oqsillar shunday ataladi. Uning asosiy vazifasi nafas olish jarayonida qabul qilingan kislorod molekulalari bilan birlashib ularni qon tomirlari bo‘ylab tashib, organ va to‘qimalarga yetkazib berishdir.
Gemoglobinning ikkinchi, ammo birday muhim bo‘lgan vazifasi — kislorod yetkazib berish jarayonida to‘qimalardagi karbonat angidrid gazini yig‘ib, teskari tomonga ya'ni o‘pkaga tashish. Biz nafas olamiz va bizning organlarimiz hayotiy faoliyatni davom ettirishi uchun zarur bo‘lgan kislorodni qabul qiladi. Biz nafas chiqaramiz va to‘qimalarda paydo bo‘lgan karbonat angidrid gazini tozalaymiz. Gemoglobinlarsiz to‘laqonli nafas olish-qaytarish ishi ilojsiz bo‘lib qoladi.
Gemoglobin yetishmovchiligini qanday aniqlash mumkin?
Agar ushbu oqsil miqdori kam bo‘lsa, Tana kislorodga to‘yinmaydi. Yurak, miya, boshqa organlar gipoksiyadan aziyat chekishni boshlaydi, bu ularning ishlashi va umumiy his qilish holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Anemiyaga (gemoglabin yetishmovchiligi shunday ataladi) xos alomatlar paydo bo‘la boshlaydi:
O‘zingizni holsiz sezasiz. Xuddiki, sizda odatiy ishlarni qilishga ham kuch qolmagandek.
Biror ish boshlasangiz, tez charchaysiz.
Fikrlashda oqsayotganingizni sezasiz.
Bosh aylanishi ko‘payadi.
Juda rangpar bo‘lib qolganingizni aytishadi (yoki o‘zingiz sezasiz).
Milklardagi rangi o‘chganlik alohida aks etadi — ularda och pushti, oqqa moyil rang paydo bo‘ladi.
Sizda nafas qisishi oson va tez-tez sodir bo‘ladi.
Yurak urishingiz tezlashib borayotganini sezib turasiz. Yoki ba'zida yurak zarbalar qabul qilayotganday tuyiladi.
Darhol ma'lum qilamiz: agar o‘zingizda gemoglabin miqdori kamayganidan shubhalanayotgan bo‘lsangiz, terapevtga uchrash zarur. Shifokor ko‘rikni yakunlab, katta ehtimol bilan, sizga qon tahlilini topshirishni maslahat beradi. Bu sizdagi alomatlarni nima qo‘zg‘atganini aniqlash uchun kerak bo‘ladi: bu rostdan ham gemoglobin miqdori kamayishimi yoki boshqa kasallikmi? Masalan, yurak-qon tomir kasalliklari anemiya alomatlari bilan niqoblanishi mumkin va ularni o‘tkazib yubormaslik zarur.
Agar gemoglobin taqchilligi o‘z tasdig‘ini topsa, shifokor uning sabablarini izlashga kirishadi. Ular ko‘p, ya'ni keng ko‘lamda — to kam zararlilaridan o‘lim darajasidagi xavflilarigacha. Misol uchun, gemoglobin kamayishi — homiladorlik yoki ozish maqsadida oziq-ovqatdan tiyilishni boshlashda normal holat. Lekin anemiya sababi surunkali buyrak xastaliklari, jigar sirrozi, gipotireoz, qo‘rg‘oshindan zaharlanish, ichki qon ketishi, turli xildagi saraton bo‘lishi ham mumkin. Umuman olganda, ushbu noxush holatlarni inkor etish uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Gemoglobinni qanday ko‘taramiz?
Organizmda hech qanday yomon kasallik aniqlanmaydi deb niyat qilamiz. Shunday holatda gemoglobin darajasini normaga keltirish uchun ovqatlanish ratsionini tartibga solishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Natijaga bexato erishish uchun ba'zi tavsiyalarni keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |