Bog'liq Gemoglobining tuzilishi va u yordamida kislorod tashish mexanizimi ppt
GEMOGLOBINNING TUZILISHI.
Gem molekulasi markazida joylashgan ikki valentli temir atomi ikki pirrol halqalarining azot atomlariga asosiy bog’lar bilan, qolgan ikkitasi qo’shimcha bog’lar bilan birlashgan.
Gem va uning hosilalarining xossalari bu birikma tarkibidagi temir atomining elektron xolatiga bog’liq. Gemoglabin tarkibida to’rtta temir atomi ya’ni to’rtta gem bor.
Gem molekulalari giston tipidagi oqsil globin bilan bog’langan. Globinning o’zi to’rtta polipeptid zanjiridan ibirat bo;lib, bu zanjirlarning har jufti bir xil tuzilishga ega. Gem oqsil komponent bilan globin molekulasidagi gistidin qoldiqlari orqali bog’langan deb hisoblanadi. Bu bog’lanish temirning qo’shimcha valentliklari bilan ikkita imidazol halqasining N atomlari orasida paydo bo’lib,oqsil va uning prostetik gruppasi o’rtasida mustahkam murakkab bog’ hosil qiladi. Gem bilan gemoglobin kompleksi faqat ishqor ta’sirida parchalanadi. Masalan, qon eritmasi osh tuzi ishtirokida konsentrlangan sirka kislota bilan qizdirilganda gem o’zining oksidlangan shakli-gemin holida ajraladi.

Turli gemproteinlar bir biridan tarkibidagi oqsil molekulasining tabiati va uning gem bilan bog’lanishdagi farqi tufayli ajraladi. Tuban hayvonlarning ba’zi oilalarida gemoglobinga o’xshash, kislorod tashish qobilyatiga ega bo’lgan gemotsianin nomli xromoprotein ham topilgan.
Gemoglobin tabiatda uchraydigan barcha moddalar orasida molekulyar kislorod bilan qaytalama birikish qobilyatiga ega bo’lgan birdan bir moddadir. Bu xususiyat gemoglobinning qizil qon tanachalari ichida kislorodni tashib yurishdan iborat g’oyat muhim biologik ahamiyatini belgilaydi. 1gr gemoglobin eritmada normal sharoitda, taxminan, 1,36ml kislorod bilan birikadi. Uning prostetik gruppasi yoki oqsil qismi biror ximiyaviy o’zgarishga uchrasa, bu xususiyat yo’qoladi.