GEMPROTEINLAR - Gemproteinlar gruppasiga gemoglabin va uning unumlari mioglabin, xlorofill tutuvchi oqsillar va fermentlar kiradi. Ularning hamma vakillari prostetik gruppa sifatida to’rtta pirrol halqasidan tashkil topgan temir porfirin strukturasiga, lekin tarkibi va strukturasi farqli oqsil qismga ega.
GEMOGLABIN. - Oqsil-globin va gem deb ataladigan temirprotoporfindan iborat bo’lgan bu metalloprotein gemoglabin deb atalib, u qizil qon tanachalari- eritrositlar tarkibida bo’ladi. Uning fiziologik funksiyasi kislorodni o’pkadan to’qimalarga tashishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |