13-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: “Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasini bajarish.
Lаbоrаtоriya ishining mаqsаdi: Kiyimlаrni аvtоmаtlаshtirilgаn lоyihаlаshning multifunksiоnаl tizimi “Gemini CAD” dаsturining “Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasini bajarish jarayoni bilаn tаnishtirish.
Ko‘rgazmali materiallar: “Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasini bajarish jarayoni haqida uslubiy ko‘rsatmalar.
Ish bajarish tartibi:
“Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasini bajarish
Tоpshiriqlаr mаtni
Gemini Nest Expert moduli- Gemini CAD Systems tomonidan yengil sanoatda andozalarning optimal joylashmasini avtomatik tarzda bajarish uchun ishlab chiqilgan. Gemini Nest Expert dasturiy moduli afzalliklari: to‘liq avtomatlashgan tarzda andozalarning yuqori samarali optimal joylashmasini qisqa muddatda bajarish imkoniyatiga ega; katak/ yo‘l-yo‘l gazlamalar, buklov yoki truba, elimli detalni ko‘rsatish, kirishuvchan gazlamalarni belgilash uchun maxsus funksiyalar bilan jixozlangan.
U shuningdek, boshqa ALTdan foydalanuvchilar uchun ham ochiq, ya’ni Gerber, Lectra, Assyst dasturlarida yaratilgan andozalar DXF-AAMA standart formatida saqlansa, ularni Gemini Nest Expert modulida to‘g‘ridan to‘g‘ri ochib, foydalanish yoki istalgan plotter, katterlar yordamida chop etish mumkin. Uzunligi 8 metr bo‘lgan o‘rtacha joylashmani bajarish uchun odatda 3-5 minut talab etiladi. Tezlik va samaradorlikdan kelib chiqqan holda olingan o‘rtacha natija qo‘lda bajarilgan joylashma natijasidan ancha yuqori.
Modul joylashma natijalarini o‘z formatida “*.pt” yoki “*.mrk” kengaytmasi bilan saqlaydi, yana barcha asosiy sanoat standartlari DXF-AAMA, HPGL-PLT, ISO-CUT, RS274Dga eksportni amalga oshiradi.
Gemini Nesting Server programmasi katta hajmli buyurtmalarni optimallash stansiyasi bo‘lib, bir stansiya kun davomida 200 gacha joylashmani bajara oladi. U Assyst, Gerber, Lectra, Investronica kabi boshqa ALTlardan olingan joylashmalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri import qilib, ularni katter va plotterlarga chop etish uchun eksport qilish imkoniyatiga ega.
1-rasm. “Gemini Nest Expert” modulida .
2-rasm. “Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasi.
3-rasm. “Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasi.
4-rasm. “Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasi.
5-rasm. “Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasi.
6-rasm. “Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasi.
7-rasm. “Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasi.
Ishni bajarishga qo‘yiladigan talablar:Talabalar laboratoriya ishini bajarish tartibiga mos holda amalga oshiradilar. Laboratoriya ishi “Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasini bajarish jarayoni bilan tanishish.
Xisobot mazmuni.
1. Ishni bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumot.
2. “Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasini bajarish.
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Nazorat uchun savollar.
“Gemini CAD Systems” tizimi haqida ma’lumot bering?
“Pattern Editor” modulida quyidagi buyruq panellari haqida ma’lumot bering?
Razmerlar jadvaliga ma’lumot qanday kiritiladi?
“Gemini Nest Expert” modulida andozalarni avtomatik joylashmasini bajarish qanday amalga oshiriladi?
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Коблякова Е.Б. идр. Конструирование одежды с элементами САПР. М., 1988.
2. Норенков П.А. САПР. Система автоматизированного проектирования. В 9 книгах. 1996.
Do'stlaringiz bilan baham: |