Maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi kiyim loyihalashning avtomatik tizimi hisoblanadigan zamonaviy Gemini CAD dasturi yordamida erkaklar ko’p funktsiyali kurtkasi loyihasini ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishida erkaklar kurtkasi texnik hujjatlarni yaratish bilan bog`liq bo`lgan mazkur Gemini CAD dasturining: Gemini Pattern Editor, Gemini Cut Plan, Gemini Nest Expert kabi modullari, funksiyalari, xususiyatlari va imkoniyatlarini o`rgangan holda texnik hujjatlarni ishlab chiqish samaradorlikka erishishga asoslangan.
Tanlangan ob’yekt va subyekt. Gemini CAD dasturi yordamida erkaklar ko’p funktsiyali kurtkasini loyihalash .
Bitiruv malakaviy ishini ilmiy yangiligi va kutilayotgan natijalar. Gemini CAD dasturi modullari “Gemini Pattern Editor”, “Gemini Cut Plan”, “Gemini Nest Expert” xususiyatlaridan samarali foydalangan holda, erkaklar ko’p funktsiyali kurtkasini modellarini yaratish va zamonaviy konstruksiyasini ishlab chiqarishga keng tadbiq etishga qaratilgan.
I Bob. Zamonaviy ko’p funksiyali erkaklar kurtkasini tahlili va loyihalash xususiyatlari
1.1 Zamonaviy moda yo’nalishidagi erkaklar ko’p funksiyali kurtkasini tahlili
Hozirgi kunda zamonaviy kiyimlarni ishlab chiqarish va istemolchilarga tatbiq etish hamda istemolchilar bunday yangilikni yaxshi kayfiyatda qabul qilishi yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish soha mutaxasislariga alohida mas’uliyatli vazifa yuklamoqda.
Chunki bunga yetarlicha bir necha sabablar bor. Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni saqlovchi, yengil va qulay bo’lishi kerak. Shuning uchun qishki kiyimlar ko‘pincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda, iloji boricha yengil bo’lishiga, bichimi esa qulay bo’lishiga e’tibor qaratish kerak. Kuzgi va bahorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yog’ingarchilik ko‘pligiga asoslanib ko‘proq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi.
Eksplutatsion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, shaklining barqarorligi tushuniladi. Kiyilish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta’sirlarga duch keladi, nam vaqtida buraladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli bo’lishi kerak. Shu talablarni barchasini mujassamlashtirgan holatda erkaklar uchun ko’p funktsiyali kiyimi loyihasini ishlab chiqamiz. Kiyim zamonaviy hamda har tomonlama qulay bo’lishi kerak va albatta bu aholining iqtisodiy-moliyaviy ko’rsatkichlariga mos bo’lsa bu eng katta erishgan yutug’imiz bo’ladi [4].
Do'stlaringiz bilan baham: |