Sulton Sanjarning o’limidan so’ng 1157-yilda saljuqiylarnin gXurosondagi hokimligi tugagan. Xuroson g’uzlar tasarrufiga kirgan. 1117-yilda saljuqiylarning Shon sultonligi, 1187-yilda esa Kermon sultonligi ham tugatilgan.Xorazmshohlar XII asrning ikkinchi yarmidan boshlab g’arbiy saljuqiylarning Iroq sultonligiga kuchli zarbalar berishgan. Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini ham tor-mor qilib o’z davlatiga qo’shib olgan(1194). Faqat Kichik Osiyodagi Ko’niya (Anadolu yuxud Rum) sultonligi XIV asrning boshlarigacha ya’ni 1308-yilgacha hukm surgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |