Biroq, Mahmud G’aznaviyning o’g’li va valiahdi Ma’sud G’aznaviy hukmronligi davrida G’aznaviylar davlati o’z qo’li ostidagi hududlarni birin ketin qo’ldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi. XII asr boshlaridan boshlab G’aznaviylar hududi asta-sakin qisqarib bordi. XII asrning 60-yillarida G’uriylar davlati g’aznaviylarni Shimoliy Hindistonga butunlay siqib chiqardilar, poytaxt G’aznadan Lahorga ko’chirildi(1161).G’uriylar davlati hukmdori G’iyosiddin Muhammad qo’shini Lahorni bosib olgach G’aznaviylar davlati butunlay tugatildi(1186).
Do'stlaringiz bilan baham: |