G’aznachilik va davlat jamg`armalari fakulteti “byudjet hisobi va g`aznachilik ishi” kafedrasi baxramov shukrullo shodiqul o’G’LI


III BOB. BYUDJET TASHKILOTLARIDA RISKLARNI BOSHQARISH



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana13.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#664050
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Smeta Yo\'ldasheva Diyoraxon

 
III BOB. BYUDJET TASHKILOTLARIDA RISKLARNI BOSHQARISH 
HAMDA XARAJATLAR SMETASIGA KIRITILADIGAN 
O’ZGARTIRISHLAR NAZORATINI AMALGA OSHIRISH 
 
3.1. G’aznachilik sharoitida byudjet tashkilotlaridagi risklarni samarali 
boshqarish masalalari 
O’zbekistonda moliya-byudjet, bank-kredit tizimi, iqtisodiyotning real 
sektori korxonalari va tarmoqlari, byudjet tashkilotlarining barqaror hamda 
uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilgan 
va zarur moliyaviy resurslar bazasi mavjud. 
“Yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli 
faoliyat yuritishi, izchil yuqori o’sish sur’atlari, iqtisodiyotda amalga 
oshirilayotgan 
yangilanish 
va 
o’zgarishlar, 
umuman, 
mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish yo’lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, 
shuningdek, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki 
singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etildi”. Iqtisodiy 
o’sish sur’atlari ta’minlangan hamda moliyaviy barqarorlikka erishishga 


44
yo’naltirilgan islohotlarni chuqurlashtirish davrida davlat moliyasi, ayniqsa, davlat 
byudjeti barqarorligini mustahkamlash va mablag’larni ishlatilishida risklarni 
kamaytirish muhim strategik vazifa hisoblanadi. 
Mamlakatimizda hozirgi sharoitda bank-moliya tizimining barqarorligini 
ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, bank-moliya tizimining 
barqarorligi – banklar va moliya tizimi muassasalari, g’aznachilik organlari, davlat 
byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarini majburiyatlari yuzasidan 
talablarga to’la javob bera olishi va to’lovlarni vaqtida to’lashidi bilan bog’liq. 
Byudjet siyosati davlatning iqtisodiyotga keng miqyosda ta’sir o’tkazishiga 
imkoniyat yaratadi, shu bois, byudjet mablag’larini ishlatilishi bo’yicha samarasiz 
qarorlar qabul qilinishi makroiqtisodiy holatni yomonlashuviga olib kelishi 
mumkin. Kelajakda iqtisodiyotning izchil rivojlanishi esa ma’lum darajada byudjet 
tashkilotlaridagi risklarni to’g’ri baholashga va g’aznachilik organlari faoliyatining 
samaradorligiga bog’liq. Binobarin, oqilona yuritilgan byudjet siyosati mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladigan davlat byudjetini boshqarishning 
takomillashtirishga olib keladi. 
O’zbekistonda olib borilayotgan, islohotlar jumladan, iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash orqali o’z oldimizga uzoq va milliy manfaatlarimizni amalga 
oshirish vazifasini qo’yar ekanmiz, eng avvalo, davlat moliyasini boshqarish 
sohasida, davlat byudjeti xarajatlari ijrosi bosqichida g’aznachilik tizimini joriy 
etishda davlat bosh islohotchi sifatidagi mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi 
zarurligi, byudjet xarajatlari ijrosi jarayoni qatnashchilarining faoliyati 
takomillashtirilishi aniq belgilab olindi. Barqaror va samarali iqtisodiyotni 
shakllantirish, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish borasida 
amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar bugungi kunda o’zining natijalarini 
namoyon etmoqda. Mamlakatimizda davlat byudjetini boshqarish sohasidagi 
muammolarni hal etishda g’aznachilik tizimining faoliyati ham o’zini to’la 
oqlamoqda.
 


45
O’zbekiston Respublikasi moliya tizimida g’aznachilik institutining joriy 
qilinishi 
mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirish va jahon talablariga javob beradigan byudjet ijrosini tashkil etish 
borasidagi ishlarni muhim qismi hisoblanadi. Davlat byudjetini boshqarishga 
qaratilgan g’aznachilik hizmati institutini rivojlantirish va mustahkamlash byudjet 
mablag’laridan foydalanish samaradorligini yanada oshiradi. Mana shu 
jarayonlarda g’aznachilik operatsiyalarini moliyaviy nazorat qilish va risklarni 
kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozim. 
Risklarni boshqarish – boshqaruv organlari, boshqaruvchilar va byudjet 
tashkilotlarining barcha xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan jarayon 
hisoblanadi. Byudjet tashkilotlari strategiyasini ishlab chiqishga yo’naltirilgan va 
uning barcha bo’lim hamda darajalariga taalluqli sanalib, quyidagi maqsadda 
amalga oshiriladi: 
– tashkilotlar faoliyatiga ta’sir qiladigan ehtimoldagi hodisalarni aniqlash; 
– tashkilotlar faoliyati bilan bog’liq risklarni to’xtatib qolish; 
– tashkilotlarning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda boshqaruvchilar 
uchun qat’iylikni ta’minlash. 
Ichki nazorat muhiti – tashkilotlarning jami xodimlari tomonidan riskni 
anglash darajasini belgilab beruvchi yuqori lavozimli shaxslar, boshqa rahbarlar va 
qator 
davlat 
xizmatchilarining 
risklarni 
boshqarish 
tizimiga 
umumiy 
munosabatidir. Ichki nazorat byudjet tashkilotlarida risklarni boshqarishning 
qolgan unsurlari uchun poydevor hisoblanadi, intizom va tuzilmaviy bo’linmalar 
faoliyatini tartibli tashkil qilinishini ta’minlaydi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
– risklarni boshqarish asosi; 
– tashkilotlarning riskka moyilligini aniqlash; 
– jamoaviy boshqaruv organi tomonidan amalga oshirilayotgan risklarni 
boshqarish ustidan nazorat; 


46
– barcha rahbarlar va xodimlar halolligi hamda ular tomonidan davlat 
xizmatchilarining kasb ahloqi qoidalariga rioya qilinishi; 
– tashkilotlarning barcha xodimlari bilim va ko’nikmalarining yuqori 
darajasi; 
– tashkilotlar rahbarlari tomonidan tashkil qilingan turli bo’g’indagi davlat 
xizmatchilari o’rtasida vakolat va majburiyatlarni taqsimlash tizimi. 
G’aznachilik tizimi byudjet xarajatlarini “Yagona G’azna” hisobvarag’i 
asosida amalga oshirilishi moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirishga yordam 
beradi. To’lovlar rejasini, yagona axborot tizimini joriy etish, byudjet mablag’lari 
ishlatilishini tahlil qilish, byudjet tashkilotlari xarajatlarini dastlabki va joriy 
nazorat mexanizmini takomillashtirish imkonini beradi. Davlat byudjeti ijrosining 
g’aznachilik tizimini joriy etilishi bilan ichki nazoratni amalga oshirish byudjetdan 
mablag’ oluvchilar, moliya organlari bilan birgalikda g’aznachilik organlariga ham 
yuklatiladi. 
Davlat byudjeti g’azna ijrosi byudjet jarayonidagi asosiy bosqichlardan biri 
hisoblanadi. G’aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda byudjet tashkilotlarini 
byudjetdan moliyalashtirishda belgilangan istiqbol ko’rsatkichlari, tasdiqlangan 
rejalar va ishlab chiqilgan dasturlarning amaliyotdagi ijrosi qattiq nazorat qilinib, 
to’lov intizomiga rioya qilgan holda, xarajatlar to’lab beriladi. “Yagona g’azna” 
hisob varag’ida vazirliklar, idoralar, byudjet tashkilotlari va mahalliy hokimiyat 
organlarining shaxsiy hisob raqamlari ochiladi. G’aznachilik institutining joriy 
qilinishi Davlat byudjetini boshqarishda ijobiy burilish yasaydi. G’aznachilikni 
joriy qilishdan asosiy maqsad – byudjet mablag’larini samarali boshqarish, 
xarajatlarni to’lash intizomiga rioya qilish nazoratini kuchaytirish va barcha 
byudjet tashkilotlari uchun Yagona g’azna hisobvarag’i faoliyatini amalga 
kiritishdan iborat.
G’aznachilik tizimining faoliyati nafaqat moliyaviy resurslarni safarbar 
qilish orqali davlat byudjeti xarajatlarini muntazam ravishda boshqarish imkonini 
yaratadi, balki to’lov intizomi orqali samarali nazorat qilish imkonini ham beradi. 


47
Respublikamizda g’aznachilik tizimini joriy qilinishi Davlat byudjetini boshqarish, 
daromadlarni va xarajatlarni rejalashtirish va ularni sarflash moliyaviy xisobot 
tayyorlash, ichki nazorat qilish vazifalariga yondoshish va byudjet-smeta, to’lov 
intizomini mustahkamlash ishlariga jiddiy ta’sir qiladi. Xarajatlar smetasi va 
ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida 
bevosita tovarlar etkazib beruvchilarning hisob raqamiga byudjetdan mablag’ 
oluvchilar nomidan to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz 
rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazorat ta’minlanadi. 
Byudjet tashkilotlari smetasida tasdiqlangan xarajatlarini byudjet tasnifi 
bo’yicha sarflanishi nazorat qilish, byudjet tashkilotlariga tovarlar va xizmatlar 
sifatli bo’lishi uchun tenderlar va tanlovlar orqali shartnomalar tuzish hamda 
byudjet mablag’ini aniq maqsadda sarflanishining nazorati shuningdek, 
g’aznachilik tizimining yuqori samara berishi va risklarni kamaytirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
 
G’aznachilik organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o’z vaqtida va 
manzilli moliyalashtirish bilan byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari 
tomonidan suiiste’mol qilishni va noto’g’ri ishlatilishning oldini olish maqsadida 
moliyaviy nazorat qilinadi. Byudjet tashkilotlari tegishli majburiyatlarini olgandan 
keyin pul mablag’larini g’aznachilik hisob raqamidan to’g’ridan-to’g’ri 
ta’minotchilarning hisob raqamiga o’tkazish natijasida pul oqimlari harakati 
bo’yicha jarayonlarni qisqartiriladi. G’aznachilik tizimining bir pog’onasidan 
ikkinchi pog’onasiga pul mablag’larini o’tkazishni soddalashtirish natijasida 
g’aznachilik tizimidagi byudjet mablag’lari tezkor ishlatiladi. 
Byudjet tashkilotlarning riskka moyilligi riskli muhit doirasida asosiy 
tushuncha hisoblanadi va riskka moyillik miqdoriy hamda sifat jihatidan 
aniqlanishi mumkin. Tashkilotlar strategiyasini ishlab chiqishda hamda uni 
hayotga tatbiq etishdan kutilgan samara va tashkilotlarning riskka moyillik uzviy 
bog’lanishda bo’lishini ta’minlashi zarur. 


48
Davlat sektorida ichki nazoratning xalqaro standartlariga qo’shimchalar 
kiritilishi bilan bog’liq ravishda 2007 yildan buyon byudjet tashkilotlarida risklarni 
boshqarish faol tatbiq qilib kelinmoqda. Unda risklarni boshqarish mohiyati 
jarayon sifatida ta’riflanib, ichki nazorat ham uning ajralmas tarkibiy qismi sifatida 
e’tirof qilinadi. Davlat sektorida ichki nazoratning xalqaro standartlarining o’zi 
kabi mazkur risklarni boshqarish bo’yicha qo’shimchalar davlat moliyasi 
sohasidagi oliy nazorat organlari xalqaro tashkilotining ixtisoslashtirilgan 
qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mazkur tashkilot (INTOSAI) faoliyati davlat auditining xalqaro standartlari 
asosida tartibga solinib, unda o’z maqsad va vazifalarini to’laqonli amalga oshirish 
uchun davlat moliyasi sohasidagi oliy nazorat organlari davlat boshqaruvi 
sektorida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda ichki nazorat tizimi samaradorligini 
baholashi lozimligi aytib o’tilgan. Davlat sektorida ichki nazoratning xalqaro 
standartlari risklarni boshqarish bo’yicha Qo’shimchalar byudjetni baholash uchun 
baza 
hisoblanadi. 
Risklarni 
boshqarish 
bo’yicha 
Qo’shimchalarda 
keltirilgan INTOSAI standartlarida aniq tartibotning batafsil tavsifi keltirilgan. 
Unda keng ko’lamli kontseptsiyani aks ettirilgan, shular doirasida davlat idoralari 
mustaqil ravishda risklarni boshqarish sohasida o’z siyosatlarini ishlab chiqishi 
mumkin.
Mazkur standartlar ikki qismdan tarkib topgan: avval risklarni boshqarishga 
ta’rif beriladi va mazkur jarayonning sakkiz unsuri yoritib berilgan. Aytish 
mumkinki, ular asosida rivojlangan mamlakatlarda byudjet tashkilotlarida risklarni 
boshqarish tashkil etilib, jumladan, Germaniya tajribasi bu borada ham muhim 
o’rin tutadi. 
G’aznachilik sharoitida byudjet tashkilotlarining maqsad va vazifalarining 
ichki nazorat tizimi o’z ichiga to’rt darajani qamrab oladi: 
– tashkilotlar bilan bog’liq strategik maqsadlar; 
– operatsiyalarni tegishli tarzda amalga oshirish vazifasi (axloqiy standartlar, 
tejamkorlik, samaradorlik, natijaviylik hamda resurslarni himoyalash tamoyillari); 


49
– zarur hisobot taqdim etish vazifasi (ishonchli, faoliyatning asosiy 
jihatlarini aks ettiruvchi, ichki va tashqi manfaatdor shaxslarga moliyaviy 
axborotlarni o’z vaqtida va to’g’ri oshkor qilinishini ta’minlovchi); 
– davlat tomonidan amalga oshirilayotgan siyosat talablariga rioya qilish 
vazifasi. 
Tashkilot faqat uchinchi va to’rtinchi darajadagi jarayonlarnigina to’lig’icha 
nazorat ostiga olishi mumkin, shuning uchun risklarni boshqarish tizimida 
tashkilotlarni boshqaruvchilari hisobdorlik va qonuniylikni ta’minlash vazifalarini 
muvaffaqiyatli hal qilishi kerak.
Strategik maqsadlar va tezkor vazifalar masalasi tashkilotlar doirasida 
axborotlar almashish, muayyan axborotlarni rahbarlar va xodimlarga etkazish 
uchun talab qilingan kommunikatsiya tizimini o’z ichiga oladi. Ichki idoraviy 
kommunikatsiyalar 
tizimi 
nafaqat 
xodimlarga 
yuklatilgan 
majburiyatlar 
bajarilishiga, balki byudjet mablag’lariga bog’liq risklarni boshqarishga ham 
ko’maklashishi lozim. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish