G’aznachilik” fanidan Kurs ishi Mavzu: O’zbekiston Respublikasi byudjetini tuzish va ijro etishda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish. Bajardi: dbg’I-60 guruh talabasi Navruzova g ilmiy rahbar: Sholdarov d mundarija


Byudjetni tuzish va ijro etishda davlat moliyaviy nazoratining xorij tajribasi



Download 217,48 Kb.
bet6/8
Sana06.06.2022
Hajmi217,48 Kb.
#640405
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5271916646095652426

Byudjetni tuzish va ijro etishda davlat moliyaviy nazoratining xorij tajribasi.

Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etuvchi bosh organlar haqida quyidagi jadval yordamida tanishib olamiz.
1-jadval.
Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etuvchi oliy
organlar.



Mamlakat

Bosh nazorat organi

1

AQSH

Bosh moliyaviy nazorat boshqarmasi

2

Britaniya

Milliy taftish kengashi

3

Yaponiya

Nazorat-taftish bosh boshqarmasi

4

Germaniya

Hisob palatasi

5

Rossiya

Hisob palatasi

6

Xitoy

Nazorat Vazirligi

7

Fransiya

Hisob palatasi

Germaniya federativ respublikasida moliyaviy nazorat amaliyotini tahlil


qilishda eng avvalo shu narsaga diqqatni qaratish kerakki, mamlakatda nazorat organlariga o’z faoliyatlari doirasida keng erkinlik yaratib berilgan. Buni nemis konstitutsiyasining 14-moddasi orqali bilib olishimiz mumkin. Bu moddaga ko’ra Federal Hisob palata hodimlari tekshiruv tadbirlari yo’sinini belgilashda, nazorat va taftish turlarini tanlashda va tekshiruv rejalarini ishlab chiqishda mutlaq davlat vakolatiga egadirlar. Bundan ko’rishimiz mumkinki, milliy Konstitutsiyaning muayyan moddasi aynan Hosib palatasi xodimlari uchun ishlab chiqilgan. Bu esa mamlakat moliya tizimida moliyaviy nazoratning nechog’lik ahamiyatga egaligini ko’rsatib beradi.
Germaniya Respublikasi bundestagida (Germaniyada parlament “bundestag“
deb ataladi) moliyaviy nazoratning eng muhim vazifalarini bajaruvchi Byudjet qo’mitasi tashkil etilgan bo’lib, uning asosiy vazifasi byudjet ijrosi va uning nazoratini amalga oshirish bo’libgina qolmay, kelgusi moliya yili uchun byudjetni ishlab chiqish, uni tasdiqlash va qayta ko’rib chiqish kabi ishlarni ham amalga oshiradi. Germaniyada, boshqa ko’pgina mamlakatlar kabi, shu jumladan O’zbekistonda ham, byudjetni ishlab chiqish Moliya vazirligiga topshiriladi. Nemis siyosatiga ko’ra ijroiya organi hisoblangan Moliya vazirligi bundestagda ishtirok etish huquqiga ega emas. Byudjet qo’mitasi, bu vaziyatda vazirlik taqdim etgan kelgusi moliya rejasini bundestag nuqtayi nazaridan ko’rib chiqadi. Byudjet parametrlari to’g’ri kelgan holda kelgusi byudjetni bundestagda muhokamaga
qo’yadi. Bundan olingan tahliliy xulosa shuki, byudjet qo’mitasi Germaniya Respublikasida qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlar o’rtasida o’zaro “ko’prik“ vazifasini o’taydi. Bu esa mamlakatda qonun chiqaruvchi organning siyosatdagi birlamchi o’rnini ta’minlab turishda beqiyos yordam beradi. To’plangan ma’lumotlardan ko’rinadiki, Germaniyada Hisob palatasiga keng vakolatlar berilgan. Buni palata boshqaruvining eng yuqori bo’giniga rais yoki direktor emas, prezident lavozimi joriy qilinganidan ko’rishimiz mumkin.
Palata boshqaruvi ham yaxlit mamlakaniki kabi strukturaga ega bo’lib, masalalar yoki birlamchi ahamiyatga molik muammolar yuzasidan qarorlar qabul qilish borasida senat ishi ham kuzatiladi. Senatning 2 bo’limga bo’linishi esa va qayta ko’rib chiqish holatidagina masalaning katta senatga oshirilishi nazorat organining ishini ma’lum miqdorda yengillatilishiga olib keladi. Germaniyada moliyaviy nazorati amaliyotida statistik kuzatuvlar ham muntazam ravishda olib borilishi davlat va xususiy sektor korxonalarining mablag’lardan to’g’ri maqsadli foydalanilishlariga olib keladi. Doimiy tekshiruvlarning asosiylari kuzatuvli nazoratga asoslanadi. Kuzatuv natijalari raqamlarda aks ettiriladi va bu orqali eng ko’p kamchilikka ega bo’lgan korxonalar nomi aniq bo’ladi. Bunday korxonalar endilikda moliyaviy nazoratning taftish usulida tekshiriladilar va ularga nisbatan tegishli choralar ko’riladi. Bundan tashqari, olingan statistik ma’lumotlar mamlakat iqtisodiyotining qaysi tarmog’i, hududi va ijtimoiy birliklarda ko’proq qonunbuzarliklar sodir bo’layotganligini aniqlashda qo’l keladi. Bundestag bu vaziyatda yuqorida ta’kidlab o’tilgan birliklar
bo’yicha umumiy xulosalar chiqaradi va qonunbuzarliklarning oldini olish uchun kerakli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi hamda bundesratga topshiradi. Ijroiya organi hisoblangan bundesrat parlament ishlab chiqqan rejani tegishli vazirlik va idoralar orqali amalga oshiradi.
Germaniya Respublikasi demokratik tamoyillar eng ko’p ildiz otgan
mamlakatlardan biridir. Bu omil nafaqat mamalakatning ijtimoiy sohasida, balki iqtisod-moliyaviy sohalarida ham ko’z tashlanadi. Hisob palatasi mamalakat moliyasi va iqtisodiyoti ustidan yalpi nazorat o’rnatish borasida mutlaq mustaqil bo’lsa, Germaniya Federal banki ham o’z vakolati doirasiga ko’ra palata bilan raqobatlasha oladi. Bank tizimi ustidan nazoratni amalga oshirish bilan birgalikda davlat qarzini boshqarish mas’uliyatini ham olgan bu tashkilot davlatga tegishli qimmatli qog’ozlar ustidan ham spekulyativ va strategik fond ishlarini olib borish huquqiga ega yagona tashkilot hisoblanadi. Federal moliya idorasi kabi tashkilotlar dunyoning ayrim mamlakatlarida faoliyat olib boradilar, xolos. Bu tashkilotning asosiy vazifasi Germaniya rezidentlarining tashqi bozordagi huquqlarini himoya qilish va mamlakat soliq siyosatini olib borishdir. Rivojlangan mamlakatlarda, tabiiyki, tashqi iqtisodiy munosabatlar ham makro darajada, ham mikro darajada keng yo’lga qo’yilgan bo’ladi. Iqtisodiy psixologiyaga ko’ra bu munosabatlarda ko’proq kelishmovchiliklar mikro darajada sodir bo’ladi va bu hol rivojlanish darajasidan qat’iy nazar har bir iqtisodiyot uchun tabiiy holdir. Federal moliya idorasining faoliyat ko’rsatishi esa ayni bozor iqtisodiyotiga xos kamchiliklarni bartaraf
etishda eng samarali qurollardan biri hisoblanadi.
Yaponiya boshqaruv shakliga ko’ra imperiya bo’lib, iqtisodiy omillar amal
qilishiga ko’ra aralash iqtisodiy tizimga asoslangan mamlakatdir. Hozirgi kunda dunyoning ko’pgina iqtisodchi olimlari, tahlilchilar aynan yapon iqtisodiy modelini o’rganishga jiddiy bel bog’laganlar. Chunki tabiiy resurslar deyarli yo’qligi va fors-major holatlari sodir bo’lishi ehtimoli juda yuqori bo’lishi sharoitida ham dunyoning uchinchi iqtisodi nomini saqlab qolish, albatta, o’rganishga undaydi. Mamlakatning barcha sohalarida inson qadri birinchi o’ringa qo’yiladi. Shu jumladan, yapon moliyaviy nazorat tizimida ham. Yapon moliyaviy nazorat tizimining boshqa mamlakatlardagidan asosiy farqi shuki, moliyaviy nazorat ishlari faqat yagona tashkilot – Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan olib boriladi. Nazorat-taftish boshqarmasi xuddi Gemaniyada bo’lgani kabi ijroiya organi – Vazirlar Kengashiga nisbatan mustaqildir. Shuningdek, boshqarma direksiyasining yuqori qismi prezidentga tegishli bo’lib, u saylov asosida 7 yil muddatga lavozimga qo’yiladi. Nazorat tashkilotining yagonaligi uning ahamiyati naqadar chuqurligini anglatadi. Shuning uchun Nazorat-taftish boshqarmasi qonun chiqaruvchi organda ham o’z ovozi bilan qatnashish huquqiga ega ekanligi qonun hujjatlari bilan e’tirof etilgan.
Yaponiyada davlat tashkilotlariga ishga qabul qilish uchun umumiy
imtihonlar o’tkazish joriy etilgan bo’lib, bu imtihondan o’tgan kadrlar Nazorat-taftish boshqarmasida ishlash huquqiga ham ega bo’ladilar. Imtihonlar mahsus tashkil etilgan Boshqaruv xodimlari davlat milliy xizmati tomonidan o’tkaziladi.
Nazorat-taftish boshqarmasi xodimlari ham aynan shu imtihondan o’tgan va natijasi mazkur organda faoliyat olib borishga yetarli bo’lgan kadrlar hisobiga to‘ldiriladi. Nazariy tahlilning asosiy jihati – afzallik va kamchiliklari nuqtayi nazaridan yondashuvga ko’ra, xodimlarni bu tarzda tanlab olish quyidagi samaralarga olib keladi:

  • Boshqaruv apparatining samarali faoliyat olib borishi ta’minlanadi;

  • Xalqning hukumatga bo’lgan ishonchi mustahkamlanadi va ortib boradi;  Bo’lg’usi kadrlarda o’qish, izlanish uchun ishtiyoq va porloq kelajak uchun

ishonch paydo bo’lishiga olib keladi;

  • Joriy xodimlarning ham muntazam ravishda o’z ustilarida ishllashlariga

olib keladi.
Bu tadbirning kamchiliklari haqida to’xtalish uchun bizga bu kamchilikni
topish muammosi duch keldi, lekin, afsuski, e’tiborga loyiq kamchiliklar topilmadi. Keyingi jiddiy masala imtihondan o’tgan kadrlarning malakasini oshirish hisoblanadi. Buning uchun boshqarma o’z xodimlari uchun ishdan ozod etgan holda yoki ishlab o’qish sharti bilan turli kurslar tashkil etadi. Kunchiqar yurtda inson omiliga xos xususiyatlar iqtisodiyotda ham birlamchi ahamiyat kasb etishi haqida fikr yuritgan edik. Tahliliy ishlar shuni ko’rsatdiki, mamlakatda xodimga insoniy yondashuv quyidagi qadriyatlarda o’z aksini topadi:

  • insonlаrning pog’onаlilikkа qat’iy munosabati - o’zidan yuqori pog’onаdа

turgаn shаxsgа sodiqlik;

  • bir kompаniyadа qo‘nimlilik (butun hаyot mobаynigа yollаnish tizimi);

  • shaxsiy mаnfааtlаrning davlat va elita manfaatlaridan ustun qo‘yilishi;

  • yaqqol kollеktivizm, ijtimoiy birlik, o’zini moddiy chеklаsh (ishgа fidoiylik

etikаsi),

  • Yaponiyani dunyodаgi o’rnini mustahkamlash va yuksaltirish milliy g’oya

sifatida kishilar onggiga singdirilishi.
Umuman olganda, Rossiya Federatsiyasida moliyaviy nazorat quyidagi
subyektlar ustidan amalga oshiriladi:
 davlat hokimiyati organlari;
 davlat tashkilotlari va korxonalari, hamda davlat ulushi bor korxona va tahkilotlar;
 budjet mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan va davlat subsidiyalarini
oluvchi tashkilot va korxonalar;
 davlatning budjet va byudjetdan tashqari jamg’armalari;
 o’zini o’zi boshqarish organlari;
 jamoat birlashmalari, nodavlat fondlar va boshqa nodavlat notijorat
tashkilotlari;
 tadbirkorlik tuzilmalari va jismoniy shaxslar.



Download 217,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish