O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BANK ISHI” YO’NALISHI KBIS-61 GURUHI TALABASI
MIRSAIDOVA (TOLIPOVA) BARNO BOTIR QIZINING
“G’AZNACHILIK” fanidan
G’aznachilikning yagona axborot tizimi
mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
O’qituvchi: Achilov Uyg’un
Toshkent-2020
Mundarija:
Kirish
G’aznachilik haqida tushuncha.
G’aznachilikning asosiy vazifalari va funktsiyalari.
G’aznachilik faoliyatida axborot texnologiyalarini qo‘llash asoslari.
Soliq tizimida axborot komplekslari va texnologiyalari
Foydalanilgan adabiyotlar
G’aznachilikning yagona axborot tizimi.
Reja:
G’aznachilik haqida tushuncha.
G’aznachilikning asosiy vazifalari va funktsiyalari.
G’aznachilik faoliyatida axborot texnologiyalarini qo‘llash asoslari.
Soliq tizimida axborot komplekslari va texnologiyalari
Gaznachilik haqida tushuncha.
Mamlakatdagi mavjud moliyaviy tizimning tahlili byudjet mablag’larining kelib tushishi va sarflanishini hisobga olishning etarlicha tezkor emasligini, ulardan maqsadli foydalanish nazorati, ajratilgan mablag’larning oxirgi oluvchiga etib borguncha bo’lgan vaqtning uzoqligi, turli darajadagi byudjetlarning bajarilishida moliyaviy organlar orasidagi o’zaro aloqaning sustligi kabilarni ko’rsatadi. 1993 yildagi moliya tizimini rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan va islohotlarning bahosidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kollegiyasi Moliya vazirligi apparati va mahalliy moliya organlari oldiga kelgusi istiqbol uchun quyidagi ustun vazifalarni belgilab berdi:
byudjetlararo munosabatlarni mukammallashtirish va moliya va soliq organlari koordinatsiyalarini kuchaytirish;
byudjetlarning daromad bazalari, soliqlar yig’imini oshirish soliq yig’ish va uning to’liqligini ta’minlash usullarini mukammallashtirish hisobiga ko’paytirish;
mablag’larni ijtimoiy siyosati amalga oshirish va ijtimoiy himoyalanadigan qatlamlarni byudjetning barcha darajalari bilan o’z vaqtida va to’liq moliyalashni ta’minlashga yo’naltirish;
davlatning qimmatli qog’ozlar bozorini, ularning muomala muddatlari uzoqligini hisobga olgan holda faollashtirish va bozorlarga norezidentlarni jalb etish, bozor geografiyasini kengaytirish;
valyutali-moliyaviy operatsiyalar samaradorligini oshirish va milliy valyutani mustahkamlash.
Bu masalalarni hal qilish uchun “O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi haqida Nizom” ishlab chiqildi (2007 yilda O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan) va yangi moliyaviy organ – g’aznachilik tashkil etish haqida qaror qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |