Gazlama qoldiqlaridan oshxona anjomlari tayyorlash
Oshxona shinam va ozoda bo’lishi, undagi predmetlaming barchasini zamonaviy uslubda joylashitirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuningdek, oshxonada bemalol ishlashimiz uchun esa bizga yordamchi ish qurollar kerak bo'ladi. Masalan, qozon, choynak ushlagich, fartuk va hokazo. Oshxona uchun komplekt anjomlarga: parda, dasturxon va salfetkalar, sochiq, choynak uchun isitgich, choynak ushlagich, fartuklar kiradi.
Bularni tayyorlash uchun och rangdagi zig'ir, paxta tolali matolardan foydalansa bo'ladi. Ulaming kompozitsion yechimini hosil qilish uchun sanab o'tilgan buyumlaming bir xilda barilishiga ahamiyat berish kerak.
Parda - ikkita asimmetrik detaldan bichiladi. Undagi kashtaning yechimi ham asimmetrik bajariladi. Pardaning chap bo'lagining yuqori qismi o'rtasida joylashgan, asosiy gazlamaga applikatsiya qilib tikilgan fantaziyali gul kompozitsion markaz bo'ladi. Guldan tepa va past tomonga chetki qirqimlar bo'ylab barglar tarqatilgan. Pardaning ichki qirqimlari tishsimon shaklda petlya chokda kashta bilan ishlov berilgan. Dasturxon to 'g 'r i to'rtburchak bo'lib, stol o'ichamlariga mos bo'Iadi. Uning chetki qirqimlari tishsimon shaklda petlya chok bilan tikiladi. Dasturxondagi kashta asimmetrik bo'lib, pardadagi tikish texnikasi va rasm elementlari takrorlanadi. Salfetkalar 35x35 sm bo'lib, to'rtburchak shaklida ozgina gui barglari bilan bezatilgan.
Zig'ir, paxta, shoyi tolali gazlama qoldiqlaridan choynak uchun isitgich tayyorlash mumkin.
Choynak isitgich 2 detaldan - choynak g'ilofi va choynak tagligidan iborat. Choynak g'ilofi issiq astar - ostki qismi va ustki qismi bezatilgan avradan iborat. Bunda oval shaklidagi g'ilof ko’rsatilgan. Katta bo'lak g'ilofning ostki qismiga teng bo'ladi. Ostki qismi 2 qavat astardan iborat bo'lib, uning orasiga vatin yoki porolon qo'yib, qo’lda yoki mashinada qaviladi. Ustki qismiga kashta alohida tikib olinadi va yon tomonlari alohida petlya chokda tikiladi. So'ngra qo’lda tikilgan avrani ostki qismiga bostirib tikiladi. Ostki qismidagi vatin yoki porolondan 1 sm kesib tashlanadi, shunda biriktirilgan chok qalin bo'lmaydi. G'ilofning pastki qismiga mag'iz bilan ishlov beriladi.
Choynak tagligi 3 qavat asosiy gazlamadan turli shaklda bichiladi, qo'lda yoki mashinada qaviladi va atrofi choynak g'ilofi bilan bir xilda mag'iz bilan ishlov beriladi.
Choynak uchun isitgich ikki qismdan: aylana shaklidagi choynak tagligi va qizaioq choynak g'ilofidan iborat. Choynak tagligi aylana shaklidagi ikki qavat gazlama bo'lagi va vatindan tashkil topgan. Bular hammasi birgalikda qo'lda yoki mashinada qavilib, uning atrofi rangli mag'iz bilan ishlov beriladi. Choynak g'ilofi to'rt bo'lakli avra-astar hamda ular orasidagi vatindan tashkil topgan. Vatinni ham xuddi avra yoki astardek to 'rt bo'lakdan iborat qilib bichiladi va bu bo'laklar bir-biri bilan qo'lda uchma-uch (biriktirma chok bilan qalin bo’lib ketmasligi uchun) qilib tikiladi. Choynak g'ilofi avrasining bitta bo'lagiga applikatsiya va kashta bilan qizaloqni tikiladi. G'iloíning pastki qismi burma bilan bezatiladi. So'ngra g 'ilof avrasi, vatini va astari bir-biriga kiritilib, pastki qismi rangli mag'iz bilan bezatilib tikiladi. G 'ilofhing yuqori qismiga xuddi soch turmagiga o'xshab turuvchi sharcha-ushlagich mahkamlanadi. Bu sharchani aylana shaklidagi gazlama bo'lagiga paxtani o 'rab ham tayyorlash mumkin.
Quyidagi rasmda choynak g'ilofining turli modellari berilgan. Bu
g’iloflarning tikilish uslubi bir xilda, faqatgina ularga ketadigan materiallar ranglari, g'ilof o'lchamlari va shakllari hamda bezatilishi
turlicha bo'ladi.
Choynak ushlagichlari ham choynak tagligi kabi tayyorlanadi. Istalgan gazlama qoldiqlaridan turli shakldagi qozon yoki choynak ushlagich tayyorlash mumkin. Choynak ushlagichni tayyorlash uchun avval uning chizmasini l rasmdagidek qirqib olish zarur. Andoza bo'yicha ustki va ostki
asosiy detallar bichib olinadi. Ustki qismiga rasmdagidek yoki boshqa turdagi applikatsiya tikiladi yoki yopishtiriladi (choynak g'ilofiga qaralsin). So'ngra ushlagich detallarini o'ngini ustiga qaratib 0,5 sm chokda
aylantirib tikib chiqiladi.Choklar va ushlagichning yuqori qismi rangli tasma bilan mag'izlab tikib chiqiladi. Bunda tikilayotgan mag'izdan xalqa qilib ushlagich burchagiga mahkamlab qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |