Parcha quroq tayyorlash texnologiyasi
Parcha quroq tayyorlash jarayonida eng avvalo qora tasmalar ichidagi qismlar taxlab olinadi. Har bir qora tasma ichidagi quroq 4 ta “qush ko’zi” deb ataladigan qism, 4 ta kichik va 1 ta katta kvadrat shakldagi qismlardan iborat. Jarayon oson kechishi uchun dastlab “qush ko’zi” larni alohida tayyorlab olinadi. Buning uchun tomonlari 6 smli 1 ta rangli, 1 ta qora va 2 ta oq kvadrat shakllar kesilib, qora kvadratni 2ta, oq kvadratlarni esa 4 ta uchburchak shaklga bo’linadi.
So’ng oq shakllarni rangli va qora shakllarga alohida-alohida tikib taxlab olib, tayyor bo’lgach bir-biri bilan biriktiriladi. Natijada “qush ko’zi” tayyor bo’ladi. Huddi shunday “qush ko’zi”dan 4 ta tayyorlab dazmollab olinadi.
Quroq parchasining markaziga qo’yish uchun ixtiyoriy rang va turda, tomonlari 12 sm bo’lgan kvadrat shakl tayyorlanadi. Chunki, har bir tayyor “qush ko’zi” ning bo’yi 12 sm, eni 6 sm bo’ladi. Tayyor kvadratning ikki qarama -qarshi tomoniga “qush ko’zi” larni biriktirib tikib olinadi.
Qolgan ikkita “qush ko’zi” har birining ikkita tomoniga 4 ta, tomonlari 6 smli kvadratlar biriktirib, dazmollanadi. Tayyor bo’lgan uchta shaklni bir biriga biriktirib tikib olinib dazmollanadi. So’ng atrofiga qora, tasma shakldagi mato biriktiriladi.
Shu usulda taxlab olingan quroq va mato parchalarining barchasi bir-biriga tartib bilan, ketma-ket biriktirib tikib chiqiladi. Bu jarayonda parchalar soni buyum turiga bog’liq bo’ladi. Shuningdek tayyor buyum qismining chet qismlariga ham “qush ko’zi” tikilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Qisimlarning birikritilish jarayonida, har bir qismlar ohiriga qora matodan ishlov beriladi. Barcha qismlar biriktirilib tayyorlab olingach buyum chetiga qora rangli magiz tikib chiqiladi.
Zamonaviy kiyim juda xilma-xildir, uning tuzilishi va razmerlari odam gavdasining o`lchamlari vа tuzilishi, moda yo`nalishi mo`ljallanishi bilan chambarchas bog’liqdir. 2014- yilgi kostyumlar o’zining ko’p fasonli, turli xil rang va gullari bilan odamni quvontirdi. Bu yil “Giorgio Armani” brendidan dizaynerlar karandash turdagi yubka hamda yoqa o’mizi dumaloq shaklli jaketni tavsi ya qilishdi. Bu esa odamni anchagina ixcham va jozibali ko’rsatadi. Chanel kostyumlari esa aksincha 70- yilning modalaridan trapetsiya shakldagi yubka hamda tanaga nim yopishib turuvchi jaket, ozgina kaltalangan yengni taqdim qilishmoqda. Ranglari esa o q, sariq, binafsha bo’lishi kerak. Bundan tashqari 2015- yilning ranglar palitrasida to’q qizil, yashil, hamda to’q ko’k ranglar e’tiborga olingan. Yana kundalik kostyumlar uchun kofe va kumush ranglarni olish mumkin. Trikotajdan tikiladigan kostyumlar bezak elemantlaridan foydalanilgan holda yanada jojibali hisoblanadi.
XULOSA
O’zbek xalqining boy badiiy merosi, uning jahon san’ati tarixidagi o’rni, taraqqiyot bosqichlari va zamonaviy yo ’nalishlarini chuqur o’rganish hamda rivojlanish istiqbollarini belgilash, milliy g’oyaga mos tadqiqotlarni amalga oshirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham yurtimizdagi ko’plab sohalarda bo’lgani kabi, mamlakatimizdagi ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat va shu qatori san’at sohalariga ham alohida e’tibor berib, ezgu bunyodkorlik g’oyalarini amalga oshirishga butun xalqimizni da’vat etmoqdalar. Davlat miqyosdagi katta majlislarda san’atni yoshlarimiz tarbiyasida muhim ahamiyatga ega ekanligini , inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy omili ekanligini, milliy san’at, hunarmandchilik va tasviriy san’at turlari rivojida ijodkor rassomlarimiz, ustalarimiz, san’atkorlarimizning qilgan ulkan ishlari katta ma’naviy jasorat, buyuk qahramonlik ekanligini alohida ta’kidlab o’tmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug’ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk ke lajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo’ladi.”
Har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o’z-o’zidan, bo’sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo’ladi. Ota-bobolarimiz ruhiy olamining tomir-ildizlari aynan shu ma’naviy zaminda, tarixda ham, bugun ham barchaning havasini tortib kelayotgan oliyjanob fazilatlar asosida shakllangan. Xalq amaliy san’ati insonlarda badiiy didni o’stirish bilan bir qatorda ularda borliqni idrok etish madaniyatini va ularga nisbatan estetik munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. U insonlarning badiiy mayllarini amaliy jihatdan to’g’ri yo’naltirish, keyinchalik uy jihozlari, kiyim-kechaklarga to’g’ri munosabatda bo’lishiga, qadimgi va hozirgi zamon amaliy bezak san’ati asarlarining estetik mohiyatini tushunib yetishga ko’maklashadi. Bu san’at dastgoh san’atidan o’zining bevosita xalq ehtiyojlariga moslanganligi bilan farq qiladi va inson hayotida ishlatiladigan buyumlarning mazmuni bilan bog’l anadi. Amaliy bezak san’atida hayotdagi mavjud narsalar (masalan, gullar, hayotiy lavhalar va hokazolar) aks etadi. Lekin, ular mustaqil xususiyatga ega bo’lmasdan, ma’lum bir buyum mazmuni va shakli bilan bog’lanib, uni bezashga xizmat qiladi. Amaliy san’at buyumlari birmuncha erkin-ijodkor tafakkuri maxsuli sifatida yaratiladi va u tevarak-atrofga fayz kiritishga qaratilgan bo’ladi. Xalq amaliy san’ati juda qadim zamonda paydo bo’lib, xalq hunarmandchiligi tarzida rivojlanib san’atning eng qadimgi rivoj topgan va barhayot turi bo’lib kelgan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, gazlama qoldiqlaridan buyumlar tayyorlash bilan shug’ullanish boshqa hunarmandchilik turlariga nisbatan eng tejamkor, kam sarf-harajat talab qiladigan san’at. Mato qiyqimlaridan chevarlar turli buyumlar: qo’g’irchoqlar, pannolar, ko’rpa, to’shak, yostiq jildlari, dasturxon, tutgich, parda, gilamcha, sumka, jaket va boshqa buyumlar tikishgan. Bu kabi mahsulotlarni badiiy bezashda usta chevar hunarmandlar ijodiy manbani milliy san’at an’analari va tarixiy merosdan olishadi. Zero turli davrlarda tabiat hodisalari, xalq ijodi turlicha talqin etib kelingan, bu esa o’z navbatida ijod uchun tuganmas manba bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |