№ 6-ATE. “Gazda ishlovchi dvigatellarning yonilg’i ta’minlash tizimi texnik servisi texnologiyasi” mavzusidagi laboratoriya ishi bo’yicha
Hisobot
I. Ishdan maqsad:
Gaz ballonli avtomobillarni gaz taminot tizimidagi (GTT) priborlarni diagnostikalash va ularga texnik xizmat ko’rsatish ishlarini bajarish bo’yicha ko’nikmalarini hosil qilish.
II. Ish mazmuni:
1. Avtomobillarni GTT ini konstruktiv jihozlarini o’rganish.
2. Siqilgan va suyultirilgan gazlarda ishlaydigan GTT dagi asosiy qurilmalarni tuzilishi va ularni ishlash prinstiplarini o’zlashtirib olish.
3. Avtomobillarni gaz apparaturasini tekshirish - sinash va sozlash tartibini o’rganish.
4. Gaz ballonlarni shahodatlash (osvidetelstvovanie) tartibi bilan tanishish.
III. Ishchi postidagi jihozlar:
Gaz ballonli avtomobillar, gaz taminot tizimidagi (GTT) xizmat ko’rsatish jihozlari, asbob-uskunalar.
IV. Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
- Gaz ta’minot tizimi nosozliklari: Gaz ballonli avtomobillarning ta'minlash tizimining nosozliklari va ishlamay qolishlari: gaz o'tkazgich birikmalari, reduktor va aralashtirgichning nogermetigligi, reduktor klapanining shishib qolishi va nogermetigligi, diafragmaning yirtilishi, klapanning va gaz reduktori richagining yeyilishidan iborat. Gaz tizimi nosozliklarining tashqi belgilariga: dvigatelni o't oldirishni qiyinlashishi, salt yurishdagi bir teks ishlamaslik va dvigatel tirsakli valining past aylanishlar sonidan yuqori aylanishlar soniga o'tuvchanligining kamayishi va siqilgan gaz sizib, tovush chiqarayot-ganligi va gaz chiqarayotgan birikmalarning yaxlab qolishi kabilar kiradi.
- Gaz ta’minot tizimining germetikligini tekshirish tartibi: 2-TXK vaqtida birinchi va ikkinchi bosqich reduktori klapanining yurishi orqali gaz bosimi me'yorida bo'lishi tekshirib hamda rostlab turiladi. Reduktorga siqilgan havo yuborilib yoki avtomobil gaz magistrali ulangandan so'ng sozlash ishi amalga oshiriladi. Reduktorning birinchi bosqichidagi gaz bosimi (dastlab kontrogaykani bo'shatib) gaykadan sozlanadi, ya'ni u buralganda, diafragmadagi prujinaning tarangligi o'zgaradi. Rostlash paytida gaz bosimi (avtomobil kabinasi ichidagi peshtoqdan) past bosimli manometrdan nazorat qilib turiladi. Suyultiril-gan gaz uchun birinchi bosqichdagi bosim 0,1 dan 0,2 MPa gacha bo'ladi.
- Gaz apparaturasini tekshirish va rostlash tartibi: Avtomobil yo'lga chiqishidan oldin har kuni gazda ishlaydigan dvigatel, gaz quvurchalari, naychalarining germetikligi, gaz jihozlarining tashqaridan shikastlanmaganligi, kabinadagi magistral ventilining va rezervdagi ta'minlash tizimining ishlashi tekshiriladi. Avtomobil ishdan qaytgandan keyin ballondagi gaz ventilini berkitib qo'yish va gaz tizimida qolgan gazni (yondirib, tashqariga) chiqarib yuborish kerak.
- Gaz ballonlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish va ularni shahodatlash tartibi: 1-TXK paytida reduktorni yechib, filtrlovchi elementni tozalanadi, magistral va bug', suyuqlik va to'ldiruvchi vetillarning shtogi rezbasi konsistent moy bilan moylanadi hamda gaz tizimi germetikligi (havoning 1,6 MPa) bosimida tekshiriladi va inert gazi bilan gaz sizib chiqishi bartaraf etiladi. 2-TXK paytida, gaz apparutaralarining mahkamlanishi, yondirish payti (burchagi) ning to'g'ri o'rnatilishi tekshiriladi. Gaz reduktori, aralashtirgich va bug'latgich tekshiriladi hamda rostlanadi. Bir yilda bir marta gaz apparaturalari taftish qilib turiladi. Ventillar klapani va uyasi (ishchi yuzalari) kirlanishdan tozalanib, zarur bo'lsa, bu yuzalar shilinadi va ishqalab artiladi (pritirka). Bug'latgich va gaz filtri atseton bilan yuviladi, klapanlar va reduktor prujinasining tarangligi rostlanadi. Zarur holda, yaroqsiz detallari almashtiriladi.
VIII. Xulosa: Laboratoriya ishida GBA YOTT nosozliklari va unga TXK tartibi bilan tanishdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |