G’azal gʻazal (arabcha — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda boʻlish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janrʻʻGʻazal’’ atamasi dastlab VI-VII asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan



Download 74,28 Kb.
bet4/9
Sana16.01.2022
Hajmi74,28 Kb.
#376630
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
G'AZAL YODLASH VA UNING TAHLILI

ALISHER NAVOIY GʻAZALLARI VA TAHLILI.

“Qaro koʻzum…” Alisher Navoiyning olimlar, shoirlar tomonidan eng koʻp va xoʻb oʻrganilgan gʻazallaridan biridir. Ushbu gʻazal tahliliga oid Erkin Vohidov, Matyoqub Qoʻshjonov, Alibek Rustamov, Ismatulla Abdullayev, Najmiddin Komilov, Abdulla Aʼzamov, Boyboʻta Doʻstqorayev, Ismoil Bekjonov va kaminaning maqolalari eʼlon qilingan. Gʻazalning oʻquv adabiyotlaridagi tahlillari ham mavjud boʻlib, unda asarning toʻliq matni qamrab olingan. Gʻazalning ayrim baytlari yoki baʼzi xususiyatlarini tahlilga tortgan maqolalar ham bor. Masalan, Ibrohim Haqqulovning “Qaro koʻzum, kelu…” (Bir bayt tahlili) maqolasi shular jumlasidandir. Tahlillar xronologiyasiga nazar solsak, birinchi maqola Ismatulla Abdullayev tomonidan 1975 yil 22 oktyabrda “Toshkent oqshomi” gazetasida “Mashhur gʻazallar tahlili” ruknida chop etilgan. Shu hisobdan kelib chiqsak, “Qaro koʻzum…” gʻazalining badiiy jihatlarini oʻrganish 40 yillik tarixga ega.

Gʻazal haqidagi fikrlar rang-barang boʻlib, keyingi davrlardagi tahlillar tasavvufiy talqinlar bilan bogʻliq ravishda bahs-munozara tarzida yuzaga chiqqan. Bu bir gʻazalning mavzusi, mazmuni, obrazlari, lirik qahramoni, muallif dunyoqarashiga oʻnlab olimlarning turlicha nuqtai nazardan yondashuvlari, baʼzan obʼyektiv, baʼzan esa subʼyektiv baho berishlari mahsulidir. Bugun ana shu tahlillarni qiyosiy analiz qilish, umumlashtirish, sintezini yaratish mavridi keldi. Ammo, bu gʻazal tahlili shu bilan yakunlanadi, oxirgi va qatʼiy hukm chiqariladi, degan gap emas. Tahlil natijalarini umumlashtirish fikrlarni oydinlashtiradi, yangicha qarashlarga yoʻl ochadi va tadqiqot keyingi bosqichda davom etaveradi, degan umiddamiz.

“Qaro koʻzum…” gʻazalining birinchi tahlili 1975 yilda yaratilgan boʻlsa, oʻn yillik tanaffusdan keyin, 1986 yildan avj nuqtaga koʻtarilgan. Birin-ketin bir necha jiddiy ilmiy tadqiqotlar maydonga kelgan. Nima sababdan Navoiyning 2700 dan ortiq gʻazali orasidan aynan mazkur gʻazaliga ilmiy-ijodiy jamoatchilik bu qadar alohida va katta eʼtibor qaratgan? Bu juda qiziqarli jumboq. Gʻazal yuksak badiiy sanʼat darajasida yozilgani, ayni paytda maqom ohanglaridan “Ushshoq” kuyiga solinib, eng mahoratli hofizlar tomonidan oʻta dardli ijro etilgani uchun keng xalq ommasining mehrini qozongan va shoiru olimlarning diqqat-eʼtiboriga sazovor boʻlgan. Gʻazal tahlillarining qizgʻin tus olishi va yuqori sifat darajasiga koʻtarilishi erkin ilmiy-ijodiy fikrga keng yoʻl ochilgan, mafkuraviy gʻovlar olinib, tasavvuf taʼlimotini oʻrganish imkoniyati tugʻilgan Istiqlol arafasi va Mustaqillik yillariga toʻgʻri keladi.

Dunyoqarashi, nuqtai nazari, sifat va saviyasi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, “Qaro koʻzum…” gʻazali tadqiqi yoʻlida yuzaga kelgan har bir tahlil ilm uchun qadrli. Oʻndan ortiq tahlil mualliflari gʻazal mazmuni va badiiyatini yuzaga chiqarishda fikriy jihatdan hamjihat. Biz ushbu tadqiqotda mavjud imkoniyat doirasida gʻazal tahlillari sintezining ayrim qirralari haqida xulosalarni bayon etamiz, xolos.

Avvalo, gʻazalning barcha tahlillarida “Xazoyin ul-maoniy”dagi mukammal 8 baytli matn asos qilib olingan. “Ilk devon”dagi 7 baytli shaklga eʼtibor berilmagan. Hatto, Abdulla Aʼzamov bunday fikr bayon etgan: “Xazoyin ul-maoniy” devonlaridagi barcha gʻazallar toq sondagi baytlardan tashkil topgan… Yanglishmasak, birgina “Qaro koʻzum…” sakkiz bayt. Bu taajjubli holat, albatta. Uni faqat shunday izohlash mumkin: gʻazal ilhomning bir epkini bilan tugʻilgan va shu holatda qogʻozga bitilgan; unga turtki bergan hodisa Navoiy uchun aziz xotirot boʻlgan boʻlsa kerak, toʻqqiz baytga toʻldirishni lozim topmagan”[1]. Holbuki, “Satrlar silsilasidagi sehr” nomli kitobda gʻazalning toʻliq matni “Ilk devon”dagi 7 baytli holati bilan qiyosiy tahlil etilgan va asarning ijodiy evolyusiyasi yoritilgan. “Ilk devon”da boʻlmagan, maqtadan oldingi “Firoq togʻida topilsa tufrogʻim, ey charx, Xamir etib yana ul togʻda koʻhkan qilgʻil” bayti shoir shuurida kechgan ijodiy ishlov jarayoni mahsuli sifatida “Badoyeʼ ul-bidoya” devonini tartib berish chogʻida Navoiyning oʻzi tomonidan kiritilgani aniqlangan edi[2].

Ikkinchi muammo, gʻazaldagi tasvir va ifoda tasavvufiymi yoki dunyoviymi ekanligi boʻlib, bunda deyarli barcha mualliflar majoziy ishq bilan haqiqiy ishq uygʻun tasvirlangan degan nuqtai nazarda yakdil turadilar. Ammo, ayrim olimlar tahlillarida Navoiy faqat ishqi ilohiyni kuylagan, Navoiyda dunyoviy muhabbat umuman boʻlmagan, degan nuqtai nazar ham mavjud. Nazarimizda, ushbu masalada Najmiddin Komilovning quyidagi fikrlari mezon boʻlishi lozim: “Navoiy mansub boʻlgan naqshbandiya taʼlimoti qanoat va tiyilishni talab etsa-da, biroq dunyo goʻzalligidan huzurlanishni ham nazardan soqit etmaydi. Negaki, modomiki real dunyo Mutlaq ruh inʼikosi ekan, demak, uni sevish va undan bahra olish mumkin. Shu asosda insonning insonga muhabbati ham tabiiy va zaruriy deb topilgan, yaʼni majoziy ishq orqali ilohiy ishqqa qarab borish. Navoiy oʻzini ana shu “ishqi majoziy” kuychilari sirasiga kiritadi. Darhaqiqat,… sof tasavvufiy maʼnoda va “ishqi haqiqiy”ni vasf etuvchi asarlar Navoiy ijodida asosiy oʻrinni egallamaydi”[3].

Ushbu muammo, “Qaro koʻzum…” gʻazalida, Navoiy nazarda tutgan lirik qahramon va boshqa badiiy obrazlar talqinida ham namoyon boʻladi. Alibek Rustamov “Adiblar odobidan adablar” nomli kitobida chop etilgan “Qora koʻz kim?” sarlavhali sharhida “Navoiyning manzurini yigit emas, qiz deb tushuntirish, inson emas, Xudo deb talqin etish nomaʼqul”, deb hisoblaydi. Uningcha, “Hech kim, jumladan, Navoiy shaklsiz oliy vujudga “qorakoʻzum” deb murojaat qilmaydi, undan inson qiyofasiga kirishni talab qilmaydi va uning “yuzidagi ter”ni koʻrib oʻlmaydi”. Navoiyning tasvir obʼyekti Xudo emas, balki inson degan fikrga qoʻshilish mumkin. Lekin mana bu fikr munozarali: “Endi Navoiyning bu gʻazalidagi manzuri yigitmi, qizmi degan savolga yigit deb javob berishimiz kerak boʻladi. Chunki it bilan oʻqdan uning ovchiligi maʼlum. Uning yigitligini tan olmaslikka harakat qilish Navoiyning ishqi maʼnaviy ishq ekanligini hisobga olmaslik natijasidir”[4]. Navoiyning maʼshuqi obrazi ovchi yigit boʻlsa, “Sochingni boshdin-oyoq chin ila shikan qilgʻil” misrasini qanday tushunish kerak? Abdulla Aʼzamov ham bu talqinga tanqidiy yondashib, Navoiyning manzuri yigit boʻlsa, nima uchun buni “yigit” radifli gʻazallaridagidek aniq ifodalamagan, deya savol qoʻyadi va quyidagi xulosani bayon etadi: “Gʻazalning maqsadi – konkret jinsli va yoshli maʼshuq emas, umumlashtiruvchi (abstrakt) manzur siymosiga murojaatdan iborat”[5]. Alibek Rustamov talqinida “maʼnaviy ishq” tushunchasi “doʻstlik” tushunchasi bilan chalkashtirib yuborilgan. Doʻstlik, piru muridlik, ustoz shogirdlik munosabatlari ishq emas, balki batamom boshqacha tushuncha. Ularni insoniy mehr, ixlos, havas, sadoqat bogʻlab turadi, zinhor ishq-muhabbat emas. Har bir tuygʻuni oʻz nomi bilan ifodalagan maʼqul, toki Navoiyning pok va porloq shaxsiyatiga ham, tasavvufiy ishq namoyandalariga ham maʼnaviy zarar yetmasin.

Boyboʻta Doʻstqorayev “Hurriyat” gazetasining 2009 yil, 22 iyul sonida eʼlon qilgan “Alisher Navoiyning “Qaro koʻzum”i kim boʻlgan?” sarlavhali maqolasida “qaro koʻz”ni “oʻlim farishtasi – Azroil obrazi” deya talqin etadi. Uning sharhida: Navoiy “Azroilni manzura, mahbuba tarzida ifoda etadi… Gʻazalning mehvari boʻlgan fikr ham “oʻlim falsafasi”dir”, degan xulosani bayon etadi. Olim har qancha samimiy, maroqli tahlil yaratmasin, bu fikr ham ishonarli emas.

Ayrim tahlillarda Navoiyning gʻazaldagi manzuri komil inson, piri murshid ekanligi gʻoyasi ilgari surilsa ham, shoirning oʻzi kimga ishora qilinayotganini aniq ifodalamaganligi sababli, bu fikr ham mavhum va taxminligicha qoladi. Zotan, bunday tahlil mualliflari ham “komil inson”, “piri murshid” deganda erkak kishini nazarda tutganlar.

Tahlillarda boshqa badiiy obrazlar – koʻz, it, ot, soch, gulob, boshogʻliq oʻq – atrofida ham qizgʻin munozara kechgan. “Itingga gʻamzada jon rishtasin rasan qilgʻil” misrasidagi “it”ni – “ovchi yigitning iti” deya talqin etishga asos yoʻq. It faqat ovchida boʻlmaydi. Bu nuqtai nazardan kelib chiqsak, boshqa shoirlarning gʻazallaridagi “it” obrazini ham “ovchi iti” deb tushunishimiz kerakmi? Masalan, Munisning:

 


Download 74,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish