Yonuvchi gaz mahsulotlari, ularning ishlatilishi. - Yonuvchi gaz mahsulotlari, ularning ishlatilishi.
- Yonuvchi gaz mahsulotlariga quyidagilar kiradi:
- a) Neftni qayta ishlab chiqarishdan olingan gaz mahsulotlari (kreking gazi va boshqalar);
- b) Qattik yoqilg‘ilarning termokimiyoviy qayta ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan mahsulotlar (koksli, chala koksli gaz va boshqalar);
- v) Qattik yoqilg‘ining qoldiqsiz gazlashtirish natijasida olinadigan gazlar (generator gazi);
- g) Domna pechlarida chuyan ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan gazsimon kerakmas mahsulotlar (domnali yoki qalay-nikelli gazlar).
Neftning fraksiyalarga haydalishida tug‘ridan-tug‘ri haydalgan gaz olinadi, uning tarkibiga propan (7-18%) va butan (13-30%) kiradi. Propan-butanli uglevodorodlar suyultirilgan gaz olish uchun xom ashyo vazifasini bajaradi. - Neftning fraksiyalarga haydalishida tug‘ridan-tug‘ri haydalgan gaz olinadi, uning tarkibiga propan (7-18%) va butan (13-30%) kiradi. Propan-butanli uglevodorodlar suyultirilgan gaz olish uchun xom ashyo vazifasini bajaradi.
- Neftning termik va termokatalik qayta ishlanishda gazlar olinadi, ularning tarkibiga ko‘p miqdorda tuyinmagan uglevodorodlar (olefinlar) kiradi. Uglevodorodlarning chiqishi, eng avvalo, qayta ishlanishining tavsifiga va turiga bog‘lik bo‘ladi. SHunday qilib, neftning termik krekingida gazning hosil bo‘lishi 814%, katalik krekingda 16-28%, pirolizda 40-47% tashkil qiladi.
- Neftdan olingan gazlarning yonish issiqligi taxminan 46 MJ/m3 ga teng. Ular yoqilg‘i sifatida keng ishlatilib kelinmoqda, kimiyoviy qayta ishlash uchun zarur xom ashyo hisoblanadi.
Koksli gaz toshkumirlarni kokslashda kerakmas maxsulot sifatida bo‘ladi. Koksni olish jarayonida uchuvchan koks mahsulotlari koksli pechdan ham (to‘g‘ri) koks gazi ko‘rinishida chiqadi. U ko‘p miqdorda qimmatbaho mahsulotlardan benzolli uglevodorodlaridan, ammiak, vodorod sulfid, naftalin, sian va boshqa birikmalardan iborat. To‘g‘ri koks gazi ishlanadi, ishlash natijasida qimmatbaho qo‘shimchalarning ko‘p qismi ushlanadi va kondensatlanadi. Ishlashdan chiqqan gaz teskari koks gazi yoki koks gazi deb nomlanadi; istemolchilarga foydalanishga yuboriladi. Koks gazi chiqishi va tarkibi ko‘mirning sifatiga va kokslash tartibiga bog‘liq bo‘ladi. - Koksli gaz toshkumirlarni kokslashda kerakmas maxsulot sifatida bo‘ladi. Koksni olish jarayonida uchuvchan koks mahsulotlari koksli pechdan ham (to‘g‘ri) koks gazi ko‘rinishida chiqadi. U ko‘p miqdorda qimmatbaho mahsulotlardan benzolli uglevodorodlaridan, ammiak, vodorod sulfid, naftalin, sian va boshqa birikmalardan iborat. To‘g‘ri koks gazi ishlanadi, ishlash natijasida qimmatbaho qo‘shimchalarning ko‘p qismi ushlanadi va kondensatlanadi. Ishlashdan chiqqan gaz teskari koks gazi yoki koks gazi deb nomlanadi; istemolchilarga foydalanishga yuboriladi. Koks gazi chiqishi va tarkibi ko‘mirning sifatiga va kokslash tartibiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |