Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi. Quyidagi chizmada ZIL-130 dvigatelining gaz taqsimlash mexanizmi ko’rsatilgan. Taqsimlash vali aylanganda uning mushtchalari (6,7), turtgichlar (20), shtangalar (19) va koromislo (14) orqali klapanlarga kuch yuboriladi, natijada prujinalar (12) siqilib klapanlar ochiladi. Klapanlarning yopilishi siqilgan prujinalar hisobiga amalga oshiriladi. Ikkala silindrlar qatori uchun umumiy bo’lgan taqsimlash valida, shuningdek, uzgich-taqsimlagich va moy nasosi yuritmalarining shesternasi hamda yonilg’I haydovchi nasos yuritmalarining ekssentrigi joylashtirilgan. Taqsimlash vali silindrlar blokida joylashgan bo’lib, shesterna (1) orqali tirsakli valdan harakat oladi. Uning aylanishlar chastotasi tirsakli valning aylanishlar chastotasidan ikki marta kichik bo’lishi lozim.
Taqsimlash valining o’q bo’ylab siljishini cheklash uchun shesterna (1) va oldingi tayanch bo’yni (4) orasiga tirgak halqa (3) qo’yiladi. U tayanch flanes (2) va shesterna orasidagi tirqishni (0,1-0,2 mm) ta’minlaydi.
12-zanjir tinchlantirgichi; 13-moy nasosi va uzgich-taqsimlagich yuritmalarining tishli g’ildiragi; 14,16,17-tishli shkivlar, 12-zanjir tinchlantirgichi; 13-moy nasosi va uzgich-taqsimlagich yuritmalarining tishli g’ildiragi; 14,16,17-tishli shkivlar, 15-tishli tasma; 18-bolt. Taqsimlash valining bunday joylashuvi yuqorigi joylashuv deb ataladi va bu vaziyat silindrlar blokini soddalashtirish hamda gaz taqsimlash mexanizmining ishlagan paytdagi shovqinlarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Yuqorida joylashgan taqsimlash vali zanjir yoki tishli tasma vositasida harakatga keltiriladi. Masalan, VAZ-2101 “Jiguli” avtomobili dvigatelida cho’yandan tayyorlangan taqsimlash vali (7) beshta tayanchda joylashgan, ularning aluminiyli korpusini shpilkalarga o’rnatib, silindrlar kallagiga, yuqoridan gaykalar bilan qotirib qo’yiladi. Taqsimlash vali aylanganda, uning mushtchalari bevosita richaglarga (8) ta’sir etadi. Bir tomoni bilan qo’zg’almas rostlash boltining (11) sferik kallagiga tayanib turgan richag, ikkinchi tomoni bilan klapanni yuqori tomonidan bosadi va natijada klapan ochiladi. Rostlash bolti silindrlar kallagining vtulkasiga (10) burab kiritilgan bo’lib, kontrgaykalar bilan qonirib qo’yiladi. Klapanlar siqilgan ikkita prujina hisobiga yopiladi. Aylanma harakat, tirsakli valdan (1) taqsimlash valiga vtulka-rolikli zanjir (3) orqali uzatiladi. Xuddi shu zanjir bilan moy nasosi va uzgich-taqsimlagich yuritmalarining yetaklovchi tishli g’ildarakchasi ham aylantiriladi. Zanjirning tebranishlarini kamaytirish uchun dvigatelning old tomoniga mahkamlangan tinchlantirgich (12) xizmat qiladi. Vaqti-vaqti bilan zanjirni tortib turish uchun boshmoqli (4) rostlash moslamasi (5) o’rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |