Publiy Vergiliy Maron mil.av. 70 yilda Italiyaning Montuya shahrida tug‘ilgan. U Kremonda, Milan va Rim shaharlarida tahsil oladi. Ritorika, falsafa, adabiyotni o‘rganadi. Vergiliy uchta asar yozgan: «Bukolikalar» (Cho‘pon she'rlari), «Georgikalar» (dehqonlar she'ri), «Eneida dostoni». Vergiliy «Chivin va kris» to‘plamlarini ham yozgan degan fikrlar bor.
«Bukolikalar» ning mazmuni, mavzusi, obrazlarini aksariyat hollarda Feokrit ideologiyasidan foydalangan. Uning qahramonlari o‘rmonzorlarda, o‘tloqlarda, chashmaning bo‘ylarida yashovchi oddiy odamlardir. Ular o‘z hayotlarini rohat-farog‘atda o‘tkazadilar. Feokrit ideoligiyasida cho‘ponlar betashvish hayot kechirgan bo‘lsalar, Vergiliy cho‘ponlari hayotiga kulfat va musibat aralashib turadi. Masalan, 1 va 3 eklogalarda o‘z hayotlaridan noliydilar (Avgust tomonidan Vergiliyning yer-mulki musodara qilingan).
Do'stlaringiz bilan baham: |