Vergiliy (m.o. 70 y) Rimning eng ulug‘ shoiri Publiy Vergiliy
Maron miloddan oldingi 70 yilda Italiyaning shimolidagi Mantuya
shahri atrofida tug‘ilgan. Vergiliy oldin Kremonda, keyinchalik Mi-
lan, Rim shaharlarida tahsil oladi; ritorika , falsafa bilimlarini, ay-
niqsa adabiyotni chuqur o‘rganadi. Birq tabiatan yumshoqligi, uy-
atchanligi, notiqlikka qiziqishi va iste’dodining yo‘qligidan faqat bir
marta sud ishida qatnashib, tez orada o‘z yuritiga qaytib ketadi, bu
yerda dehqonchilik qiladi va adabiyot bilan shug‘ullanadi. 41 yilda
Oktavian Avgust o‘zining qo‘shinini Italiyaning shimoliga joylashti-
radi, Vergiliyning mansabdor muxlislari uni imperator bilan tanishti-
radilar. Shoir Avgust saltanatiga chuqur samimiyat va xayrixohlik
bilan qaragan va o‘z asarlarida Avgust saltanatini kuylovchi, uning
ishlarini tarannum etuvchi ulug‘ saroy shoiri darajasiga ko‘tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |