Gaussning normal taqsimot qonuni



Download 310,5 Kb.
bet1/3
Sana24.04.2022
Hajmi310,5 Kb.
#579325
  1   2   3

Ikkim o'lchovli normal taqsimot qonuni va uning o'ziga xos xususiyati

Reja:
1. Asimmetriya va ekstsess.


2. Matematik statistikada ishlatiladigan ba’zi bir taqsimotlar.

3. Ikki о’lchovli tasodifiy miqdorning qо’shma taqsimot qonuni




Asimmetriya va ekstsess.

Normal taqsimotdan o’zga taqsimotlarni o’rganishda ularning normal taqsimotdan farqini sonli baholash masalasi kelib chiqadi. Shu maqsadda maxsus sonli xarakteristikalar kiritiladi. Shulardan, xususan asimmetriyava ekstsess tushunchasini ko’rib chiqaylik. Normal taqsimlangan tasodifiy miqdorlar uchun bu xarakteristikalar nolga teng. Shu sababli o’rganilayotgan taqsimot uchun bu xarakteristikalarning sonli qiymatlari etarlicha nolga yaqin bo’lsa, bu taqsimotning normal taqsimotga yaqinligi xaqida gapirish mumkin. Aksincha, asimmetriya va ekstsesslarning katta qiymatlari bu taqsimotning normal taqsimotdan katta farqlanganligini bildiradi.


Asimmetriyaning baholanishini ko’rib chiqaylik. Simmetrik taqsimot uchun (bunday taqsimotning grafigi to’g’ri chizig’iga nisbatan simmetrik) xar bir toq tartibli markaziy momenti nolga teng. Shuning uchun bu toq tartibli ixtiyoriy ( birinchi tartibli momentidasn boshqa, chunki ixtiyoriy taqsimotning birinchi tartibli markaziy momenti nolga teng) momentlar asimmetriyani baholash uchun xizmat qiladi. Tabiiyki ularning eng soddasi -uchinchi tartibli markaziy momenti tanlanadi.Lekin bu -moment tasodifiy miqdor o’lchanayotgan o’lchov birligidan bog’liq bo’lganligi sababli uni ga bo’lib, birlik o’lchovisiz xarakteristikaga o’tib olinadi.Shunday qilib nazariy taqsimotning asimmetriyasi deb markaziy uchinchi tartibli momentning o’rtacha kvadratik chetlanish kubiga nisbatiga aytiladi: .
Agar taqsimot egri chizig’ining uzun qismi, matematik kutilmadan o’ng tomonda joylashgan bo’lsa, asimmetriya musbat (2 rasm,a) va agar taqsimot egri chizigining uzun qismi matematik kutilmadan chap tomonda joylashgan bo’lsa, asimmetriya manfiy bo’ladi. (2 rasm,b).

Rasm 2
Nazariy taqsimot egri chizig’ining maksimumi normal taqsimot egri chizig’ining maksimumidan pastroqda yoki yuqoriroqda joylashganligini ya’ni taqsimot egri chizig’ining “qiyaligini” baholash uchun ekstsess deb ataluvchi sonli xarakteristikadan foydalaniladi. Ekstses quyidagi tenglik bilan aniqlanadi: .


Normal taqsimot uchun bo’lganligi sababli . Shu sababli, agar biror taqsimot uchun ekstsess noldan farqli bo’lsa uning zichlik funksiyasining grafigi normal taqsimot zichlik funksiyasi grafigidan farqli bo’ladi: agar ekstsess musbat bo’lsa, unda uning zichlik funksiyasining grafigi maksimum nuqtada normal taqsimot zichlik funksiyasi grafigidan balandroq bo’ladi (3 rasm,a) . Agar ekstsess manfiy bo’lsa unda solishtirilayotgan taqsimot zichlik funksiyasi grafigi maksimum nuqtada normal taqsimot zichlik funksiyasi grafigidan pastroq, ya’ni “yassi”roq bo’ladi (3 rasm b). Lekin bunda shu narsa ko’zda tutiladiki normal taqsimot xam, solishtirilayotgan taqsimot xam bir xil matematik kutilmaga ega.

Rasm 3



Download 310,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish