Garri Potter va falsafiy tosh Joan Rouling Ingliz tilidan Munira Mengliyeva tarjimasi



Download 39,01 Kb.
bet2/2
Sana22.01.2017
Hajmi39,01 Kb.
#834
1   2
ALBUS DAMBLDOR

HOGVARDSNING AMALDAGI DIREKTORI
Dunyoning buyuk sehrgarlari tomonidan tan olingan, 1945-yilda yovuz sehrgar Grindebold ustidan qozongan g`alaabasi, ajdaho qonini ishlatishning yetti usulini o`ylab topgani, Nikolas Fred bilan alkimyo sohasidagi izlanishlari Dambldorga shuhrat olib kelgan. Professor Dambldor xor musiqasi va bovlingga qiziqadi.

Garri kartani o`girib surat g`oyib bo`lganini ko`rgach hayratdan dong qotdi.

− U g`oyib bo`ldi!

− Nima kun bo`yi kartada ko`karadi deb o`ylabmiding? − dedi Ron − Hali qaytadi. Uff, yana Morgana chiqdi, bunaqasidan oltita bor menda … xohlaysanmi? Yig`ishni boshlab yuborsang bo`ladi.

Ron ochmoqchi bo`lib yana bir Shokoladli Qurbaqaga qaradi.

− Olaver! − dedi Garri − Lekin bilasanmi Mugllar dunyosida suratlar qotib turadi

− Rostdanmi? Umuman qimirlamaydimi? − hayron qoldi Ron − Be’manilik!

Garri kartaga tikilarkan Dambldorning surati yana paydo bo`ldi, bolaga qarab miyig`ida kulib qo`ydi. Ron mashhur sehrgarlarning suratini tomosha qilishdan ko`ra shokolad yeyishga berilib ketgandi. Garri esa ulardan ko`z uzolmasdi, tez orada uning qo`lida faqat Dambldor va Morgana emas, Xenegist Vudkraft, Alberik Grunnion, Sirkl, Parasesus va Merlinning kartalari yig`ilib qoldi. Burnini qashiyotgan druid Kliondaning suratidan zo`rg`a ko`z uzib “Berti Bottning Mazali Yong`oqchalari”ni ochdi.

− Bular bilan ehtiyot bo`lganing ma`qul − ogohlantirdi Ron − har bir deyilganda har bir yong`oqcha nazarda tutiladi… shokoladli, hushbo`y yoki marmeladlilarini olishing mumkin, ammo spinach, jigar, tripe qo`linga tushib qolishi ham ehtimol. Jorj akam bir marta unga manqa ta`mi keladigani tushib qolganini aytgandi.

Ron yashil no`xotni olib, sinchiklab qaradi, o`rtasidan bo`ldi.

− Uuuuh… ko`ryapsanmi? Sprouts

Har bir shirin no`xotni yeb maz qilishdi. Garriga sendvich ta`mlisi, yeryong`oqli, qulupnayli, o`t-olanli, qahvali, sardinalisi tushdi. Ohiri shunchalar qo`rqmay qoldiki, Ron o`g`ziga ham olishdan bosh tortgan kulrang no`xotni ham tishlab ko`rdi, qalampir ta`mi kelarkan.

Deraza ortidagi qishloq manzarasi quyuqlasha boshladi. O`rilgan dalalar ortda qoldi. Endi manzara o`rmonlarga, bo`linib ketgan daryolarga, tim yashil adirlarga almashdi.

Kupe eshigi taqillab Garri platformada ko`zi tushgan kulcha yuz bola kirib keldi. Ko`zlari jiqqa yosh

− Kechirasizlar, − dedi u − qurbaqamni ko`rmadingizmi?

Ular yo`q deganday bosh silkishganda bola − Uni yo`qotib qo`ydim! U doim mendan qochib ketadi! − deb o`kirib yubordi.

− Qaytib qoladi − tinchlantirgandek bo`ldi Garri.

− Balkim. − dedi bola g`amgin − Moboda ko`zingiz tushsa…

Bola chiqib ketdi.

− Nega buncha xunob bo`ladi, tushunmadim − dedi Ron − qurbaqa olib kelganimda iloji boricha tezroq daf qilgan bo`lardim. O`zimda ham Skabbers bor-ku, kim nima ham derdi.

Kalamush hanuz Ronning tizzasida uxlab yotardi.

− U o`lib qolsa ham sezmasdik − jirkanish aralash dedi Ron − Kecha qiziqroq ko`rinishi uchun uni sariq tusga kiritmoqchi bo`ldim, lekin afsun ish bermadi. Qara, ko`rsataman …

U jomadonini titkilab urinib qolgan sehrli tayoqchabi chiqardi, qirilib ketgan, uchida esa oq narsa ko`rinib turibdi.

− Bir shoxli otning yoli chiqib ketay debdi-ya, ha, mayli-da.

U endi tayoqchani ko`taruvdihamki, kupe eshigi yana ochildi. Kulcha yuzli bola qaytib kelgandi, bus afar oldida bir qiz ham bor. U allaqachon yangi Hogvards robesini kiyib olgan.

− Birortangiz qurbaqa ko`rdingizmi? Nevill yo`qotib qo`yibdi − qizning ovozi biroz kattaxil. Sochi qalin, jingalak, old tishi ham kattaroq edi.

− Aytdik-ku, unga ko`rmadik deb − Ron biroz qizishdi, qiz esa uni umuman eshitmasdi, ikki ko`zi bolaning qo`lidagi tayoqchada

− Voy, sehrlayapsizlarmi? Bir ko`ray. − dedi u

Qiz o`tirib oldi. Ron biroz o`zini yo`qotdi.

− Bo`pti − u tomoq qirib − Quyosh nuri, margaritka, guruch kurmagi semiz kalamushni sariq qiling! − tayoqchani silkitdi, hech narsa bo`lmadi, kalamush hali ham kulrang, tezda uxlab qoldi.

− Afsun to`g`riligiga aminmisan? Uncha yaxshimas-a, to`g`rimi? Amaliyot uchun bir ikkita afsun o`qib ko`rgandim, chakki bo`lmadi. Oilamda hech kim sehrgar emas, xat kelgani kutilmagan voqea bo`ldi, men esa hatto bundan baxti edim, chunki Hogvards dunyodagi eng zo`r sehrgarlik maktabi ekan-da eshitishimcha… hamma darsliklarni yodlab chiqdim, shu yetar-a… Men Germiona Greynjerman, aytganday o`zingiz kim bo`lasiz?

Mana shularning hammasini qiz g`oyo bir nafassda aytdi.

Garri Ronga qaradi, uning angrayib qolgan yuzidan angladiki, u ham darsliklarni yodlamagan.

− Men Ron Uesliy, − ming`illadi Ron

− Men Garri Potter

− Rostdanmi? − dedi Germiona − Sen haqingda hamma narsa o`qib chiqdim, albatta… qo`shimcha kitoblar ham olvoludim-da, qo`shimcha mutoala uchun, sen haqingda “Zamonaviy Sehrgarlik Tarixi”, “Yovuz kuchlarning o`sishi va barham topishi”, “Yigirmanchi asrning buyuk sehrgarlik voqealari” kkitoblarida yozilgan.

− Men haqimda-ya? − so`radi Garri boshi g`ovillab

− Yo, xudoyim, bilmasmiding? Agar o`rningda men bo`lganimda hamma narsani titkilab chiqardim. − hayron qoldi Germiona − Qaysi uyga tushishingizni bilasizmi? Hammadan so`rab yuruvdim, Griffendorga tushaman deb umid qilaman, eng zo`ri shu bo`lsa kerak. Dambldor ham shu uyda o`qigan ekan, Ravenklou ham chakkimas… Mayli, borib Nevilning qurbaqasini qidiraylik. Ikkovingiz ham robes kiyib olganingiz ma`qul, men hozir qaytaman − dedi-yu qurbaqasini yo`qotgan bolani yetaklab chiqib ketdi.

− Qaysin uyga tushsam ham, u bo`lmasa bo`ldi, − dedi Ron. U tayoqchasani jomadoniga otib yubordi − La`nati afsun, Jorj bergandi, qasam ichaman u buni safsataligini bilgan.

− Akalaring qaysi uyda?

− Griffendorda − Ronning yuzi yana boyagiday burisha boshladi − Ota-onam ham Griffendorda o`qishgan, men boshqa uyga tushib qolsam nima deyishadi hali?

Ravenklou ham chakkimasligiga shubham yo`q, lekin Slizeringa tushib qolsam-a?

− Slizerinda Vol… O`zingiz bilasiz kim o`qigan-a?

− Shunaqa − deya Ron joyiga asabiy o`tirdi.

− Bilasanmi, menimcha Skabsning mo`ylovi tusi biroz yorqinlashdi − dedi Garri Ronni uylar haqidagi hayollaridan chalg`itishga urinib. − Shunday qilib, hozir akalaring maktabdan ketishgach nima qilishyapti?

Garri sehrgar maktabni tamomlagach nima qilishiga qiziqayotgandi.

− Charli Ruminiyada ajdaxolarni o`rganyapti, Bill Afrikada Gringotsning ishlari bilan yuribdi. Gringots haqida eshitdingmi? “Kunlik folbin” da bank haqida bong urishayapti, Mugllar bilan yashaganingda senga bu gazeta yetib bormagandir. Kimdir qattiq qo`riqlanadigan seyfni o`marmoqchi bo`libdi.

Garri angrayib qoldi.

− Yo`g`e? Keyin o`g`rilarga nima bo`libdi?

− Hech narsa, shuning uchun bu katta yangilik bo`ldida. O`g`rilarni hali tutishmabdi. Dadamning aytishicha, o`g`ri Gringotsga o`ralashdimi, qudratli sehrli kuchga egamish, lekin hech narsa o`g`irlanmagan, mana shunisi g`alati. Bunaqa ishlarning orqasida O`zingiz bilasiz kim turgan bo`lsa hamma vahimaga tushishi turgan gap.

Garri eshitganlarini miyasida aylantirdi. Har safar O`zingiz bilasiz kim tilga olinganda uning eti junjika boshladi. Bu sehr-jodu dunyosiga kirib kelayotganidan dalolat bo`lsa kerak deb o`yladi Garri, lekin baribir uni qo`rqmasdan Voldemort deb chaqirish ancha qulay-da.

− Kviddich jamoang qaysi? − so`radi Ron

− Haligi… Men birortasini bilmayman-da − tan oldi Garri

− Nima! − Ron portlab ketay dedi − Hey, bu dunyodagi eng zo`r o`yin… − deya to`rtta to`p-u, yettita o`yinchining vazifasi, akalarining mashhur o`yinlari, puli bo`lganda sotib oladigan supirgisi haqida jon kuydirib gapira ketdi. U bir o`yinning eng qiziq paytini to`lib-toshib gapirib berarkan kupe eshigi tag`in ochildi, bus afar kelganlar, qurbaqasi yo`qolgan Nevil ham, Germiona Greynjer ham emasdi.

Uchta bola kirib keldi, Garri o`rtada turgan bolani bir k`orishda payqadi: u Madam Malkinning do`konidagi rangi sovuq bola edi. U Garriga Diagon hiyobonidagidan ham kattaroq qiziqish bilan tikildi.

− Shu to`g`rimi? Butun Poyezd bo`ylab mana shu kupeda Garri Potter ketyapti degan mish-mishlar yuribdi. O`sha sensan, shundaymi?

− Ha − dedi Garri. U boshqa bolalarga qarayotgandi. Ikkovlari ham baqquvvat, qarashlari ham qo`rqinchli. Rangpar bolaning ikki tarafida xuddi tansoqchga o`xshab turib olishibdi.

− Ha-ya, bular Krabl va Goyl − Garri qayerga qarayotganini payqab o`rtoqlarini pisandsizlik bilan tanishtirdi bola. − Men esa, Drako Malfoyman.

Ron kulgisini tiyib y`otaldi. Drako Malfoy unga qaradi.

− Ismim kulgili tuyildi shekilli? Kimligingni so`rashga hojat ham yo`q. Uesliylarning sochi qizg`ishligini dadam aytuvdi. Yuzlari ham sersepkil, bolalarini boqa olishmaskanmi?

Bola yana Garriga o`grildi − Tez orada ba`zi sehrgarlar oilalari boshqalardan ustun ekanini bilib olasan, Potter. Tenging bo`lmaganlar bilan do`stlashging kelmas-a? Men senga yordamlashvorishim mumkin.

Shunday deya u qo`l uzatdi, Garri uning qo`lini siqmadi.

− Kim tengim emasligini o`zim ham ajratolaman, menimcha, rahmat − deya javob qaytardi Garri sovuqqina qilib.

Drako Malfoy qizarib ketmadi, biroq rangsiz yonoqlari pushti tusga kirdi.

− O`rningda bo`lganimda ehtiyotkor bo`lardim, Potter − dedi u salmoqlanib − Muloyim bo`lsan ota-onagdek o`lib ketasan. Ular ham nima yaxshi-yu, nima yomonligini ajratolishmagan. Manavi Ron, Hagridga o`xshagan ahlatlar bilan o`ralashsang o`zing ham rasvo bo`lasan.

Garri ham, Ron ham o`rnilaridan turishdi.

− Nima deding, qaytarchi! − Ronning yuzi sochidek qizarib ketgandi.

− Voy-voyey, biz bilan urishmoqchilarmi? − irjaydi Malfoy.

− Tez chiqib ketmasanglar, − Garri o`zini yanada jasurroq qilib ko`rsatayotgandi, aslida unday emas, Krabl va Goyl undan ham, Rondan ham gavdali edi.

− Bining esa ketgimiz kelmayapti, shundaymi bolalar? Hama yeguligimizni tugatdik, sizlarda hali bor chog`imda.

Goyl Ponning oldida turgan Shokolad Qurbaqaga qo`l cho`zuvdihamki… Ron unga yopishdi, hali Goylga qo`l tekkizmodi ham, bola birdan dodlab yubordi.

Kalamish Skabbers uning bir barmog`iga osilib olgandi, o`tkir, kichkinagina tishi Goylning etiga qattiq botdi. Goyl kalamushni aylantira-aylantira silkitarkan Krabl va Malfoy orqaga chekinishdi. Ahiyri Skabbers uchib borib derazaga urilgach, hammalari daf bo`lishdi. Balki shirinliklar ichida kalamush bor deb o`ylashgandir, balkim yaqinlashib kelayotgan qadam tovushini eshitishgandir, chunki bir soniya o`tar-o`tmas Germiona Greynjer kirib kelgandi.

− Nimalar bo`lyapti? − hayron qoldi qiz polda sochilib yotgan shirinliklar-u, Ron dumidan ko`tarib olayotgan kalamushga qarab.

− Menimcha, u hushdan ketdiyov − dedi Ron Garriga qarab. Bola Skabbersni yaqinroq olib kelib − Ko`zlarimga ishonmayman, u yana uxlab qolibdi…

Rostdanam kalamush uxlab qolgandi.

− Malfoyni oldin ko`rganmiding?

Garri Diagon hiyobonidagi uchrashuv haqida gapirib berdi.

− Uning oilasi haqida eshitgandim − dedi Ron nafrat bilan − O`zingiz bilasiz kim g`oyib bo`lgach uning oilasi birinchi bo`lib qaytgan ekan. Jodulab qo`yilganlarini aytishgan. Dadam esa ishonmaydi. Malfoyning oilasi Yovuz tarafga o`tishni poylab turgan ekan o`zi. − Ron Germionaga o`grildi − Yordamimiz kerakmi?

− Robeslaringizni tezroq kiyib oling. Hozirgina oldinga o`tib konduktordan so`rab keldim, yetay deb qolibmiz. Mush tlashmadingiz, shundaymi? Aks holda Hogvardsga yetmasdanoq muammoga uchraysizlar!

− Biz emas, Scrabbers mushtlashdi! − zarda qildi Ron − Marhamat qilib chiqib tursang, kiyimlarimizni almashtirib olsak.

− Bo`pti-bo`pti, Yo`lakda ba`zilar yosh boladek yugurib yurgani uchun kirgandim kupega − shikoyat qildi Germiona − Va yana bir narsa, burningga nimadir yopishibdi, bilasanmi?

Qiz chiqib ketishi bilan Ron u tarafga g`alati taajjub bilan qarab qo`ydi. Garri derazadan tashqariga qaradi. Kech tushayotgandi. Tiniq osmon ostida o`rmonlar-u tog`larni ko`rdi. Paravoz sekinalashyapti chog`i.

Ron bilan jaketlarini yechib uzun qora robesni kiyishdi. Ronning robesi o`ziga biroz kalta ekan, etagidan krosovkalari ko`rinib turardi.

− Besh daqiqadan so`ng Hogvardsga yetamiz. Iltimos, yukingizni poyezdda qoldiring, maktabga alohida olib boriladi − degan ovoz poyezd bo`ylab aks-sado berdi.


Asabiylashishdan Garrining oshqozoni burishib ketdi, Ron ham oqarib ketganidan hayajonlanganini ko`rdi. Qolgan shirinliklarni cho`ntakka solib yo`lakni to`ldirgan olomkonga qo`shilishdi.

Poyezd keskin sekinlashib, so`ng to`xtadi. Odamlar eshikka urinib-surinib yaqinlashgach, torgina, qorong`u platf9ormaga tushishdi. Tunning sovuq havosi Garrini junjiktirdi. Keyin talabalar boshi uzra chiroq nur sochdi, Garri tanish ovozni eshitdi: − Birinchi kurslar! Birinchi kurslar bu yerga! Hammasi joyidami, Garri?

Dengizday boshlar ustida Hagridning soch-soqolli yuzi kulib turardi.

− Qani, izimdan, yana birinchi kurslar bormi? Oyoq ostiga qarab yuring! Birinchi kurslar, izimdan!

Urinib-surinib bolalar Hagridning ketidan pastga, ko`rinishdan tor so`qmoqqa qarab ketishardi. So`qmoqning ikki tarafi ham shunchalar qorong`I ediki, Garri hozir o`rmon boshlanadi deb o`yladi. Hech kim deyarli gaplashmasdi. Doim baqasini yo`qotib yuradigan bola, Nevil bir-ikki burun tortdi.

− Bir soniyadan so`ng hammangiz Hogvardsni ilk marta ko`rasiz, − dedi Hagrid orqaga qarata − mana shu yerda, muyulishdan keyin.

Hamma “Vooooy!” deb yubordi. Tor so`qmoq qora ko`lning bir orolchasiga olib keldi. Narigi tarafdagi tog` tepasida, yulduzli osmonda derazalar yarqiraydi, ko`plab minora-yu minorachali qasr qad ko`tarib turardi.

− Bir qayiqga faqat to`rtta kishi o`tirsin − buyurdi Hagrid sohil qarshisiga terilgan kichkinagina qayiqlarga ishora qilib. Garri va Ron Nevil bilan Geryonaning ketidan bir qayiqqa o`tirishdi.

− Hamma joylashib oldim? − deya qichqirdi yolg`iz o`zi bitta qayiqqa o`tirib olgan Hagrid − Unda, OLG`A!

Hamma qayiqchalar oynadek tiniq ko`l bo`ylab bir varakayiga qo`zg`aldi. Oldindagi ulkan qasrga qaragancha hamma jim ketardi. Qoyaga yaqinlashisharkan yana-yana bosh cho`zishga to`gri kelardi.

− Boshingizni eging! − baqirdi Hagrid birinchi qayiq tunnelga yaqinlasharkan, hammalari bosh egishdi, qayiqchalar ularni suv o`tlari pardasi oralab ulkan g`orga olib keldi. Ko`rinishdan qasr ostidan o`tgan qorong`i tunnel yerosti bandargohga olib boradi, bandargoh toshlar-u ustunlarga mustahkamlangan.

− Iya, qara! Sening baqangmi? − so`radi Hagrid hamma chiqqach qayiqlarni bir-bir tekshirib chiqarkan.

− Trevor! − qichqirib yubordi xursandligidan Nevil qo`llarini cho`zib. Keyin hamma Hagridning chirog`i izidan yo`lakdan yurib nihoyat qasr etagidagi shudring qoplagan o`tloqqa chiqishdi.

Tosh yotqizilgan yo`lakchadan yurib ulkan qayin darvozaga ro`baro` bo`lishdi.



− Hamma shu yerdami? Hoy, sen, baqangni yo`qotib qo`ymadingmi? − so`radi Hagrid.

U ulkan qo`lini ko`tarib qasr darvozasini uch marotaba taqillatdi.
Download 39,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish