Quyon zilzila haqida ogohlantirmoqda
Rozalind Kervin
Bir quyon bo‘lgan ekan, u doim biror narsadan xavotirda bo‘lar ekan. U kun bo‘yi o‘ziga o‘zi “Ey Xudo!” Bechoraman, mengina bechora” deb shivirlab yurar ekan. U eng ko‘p zilzila sodir bo‘lishidan qo‘rqar edi. “Agar zilzila sodir bo‘lsa, menga nima bo‘ladi” – deb doim qo‘rqib yashar edi.Bir kuni ertalab daraxtdan kutilmaganda katta olma “TO‘P” etib tushib butun yerni silkinishga olib keldi. Bundan quyon juda qo‘rqib ketdi.Quyon sakrab tushdi.
“Zilzila!” - deb baqirdi, va qarindoshlarini ogohlantirish uchun dalalar bo‘ylab yugurib ketdi.
“Zilzila! Qochinglar! O‘zingizni asrang!”
Barcha quyonlar dalalar va yaylovlarni tark etib, aqldan ozgandek, uning izidan ergashdilar. Ular tekislik, o‘rmonlar, daryolar va tepaliklar bo‘ylab yugurib, ularga duch kelgan qarindoshlarini zilzila haqida ogohlantirdilar.
“Zilzila! Qochinglar! O‘zingizni asrang!”
Bu quyonlar ham daryolar va tekislik, tepaliklar va o‘rmonlarni tark etib, aqldan ozgan kabi yugurdilar.Tog‘larga yetib borganlarida, o‘n ming quyon oyoqlarining tovushi musaffo osmonda momaqaldiroq kabi eshitildi. Tez orada ular eng yuqori cho‘qqiga chiqdilar. Birinchi quyon atrofni kuzatdi, zilzila yaqinlashmayotganmikan, deb orqasiga qaradi, lekin faqat qochib kelayotgan katta olomon quyonlarni ko‘rdi. Keyin u oldinga qaradi, faqat tog‘larni, vodiylarni, yana tog‘lar va uzoq-uzoqda yorqin ko‘k dengizni ko‘rdi.
U o‘sha yerda turib, nafasini rostlab turganida, qayerdandir sher paydo bo‘ldi.
– Bu yerda nima bo‘layapti? - so‘radi sher.
– Zilzila, zilzila! – deb qiy-chuv qildi barcha quyonlar .
– Zilzila? - hayron bo‘ldi sher.
– Uni kim ko‘rdi? Uni kim eshitdi?
– Undan so‘rang, undan so‘rang! barcha quyonlar qichqirib, birinchi quyonni ko‘rsatdilar.
Sher quyonga o‘girildi.
– Kechirasiz, janob, - dedi qo‘rqibgina quyon.
– Men uyda jim o‘tirgandim, dahshatli shovqinni eshitdim, yer silkinib ketdi.
Bu zilzila bo‘lishi mumkinligini angladim. Men boshqalarni ogohlantirish uchun imkon qadar tezroq yugurdim va ular saqlanib qolishga ulgurdilar.
Sher quyonga chuqur mazmunli nigoh bilan qaradi.
– Eshit, birodar, bu dahshatli falokat qayerda sodir bo‘lganligini ko‘rsatish uchun jasorating yetadimi?
Rostini aytganda, quyon jasur emas edi, lekin u sherga ishonishi mumkinligini his qildi.U sherni tog‘lar etagi, daryolar, tekisliklar, o‘rmonlar va dalalar bo‘ylab, nihoyat uyiga kelguniga qadar boshlab bordi.
– Zilzila bo‘lganini mana shu yerda eshitgan edim. Sher atrofga diqqat bilan qaradi va daraxtdan katta bir olma shunday shovqin bilan tushganini ko‘rdi. U olmani olib, qoya ustiga chiqdi va uni yerga tashladi.
“TO‘P!” Quyon sakrab tushdi:
“Zilzila! Tezroq qochinglar, hozirgina yana zilzila sodir bo‘ldi!”
Lekin birdan u sherning kulganini ko‘rdi. Keyin oyoqlari ostida yotgan olmaga ahamiyat berdi.
– Voy, - pichirladi u, - bu zilzila emas ekan-ku. To‘g‘rimi?
–Yo‘q, - dedi sher, - bu zilzila emas edi va sen qo‘rqmasliging kerak.
– Qanday ahmoq bo‘lgan ekanman-a!
Sher mehr ila tabassum qildi:
“Xavotir olma!
Barchamiz, hatto men ham, ba’zan tushunmaydigan narsalardan qo‘rqamiz”.
O‘z uylariga qo‘rqmay qaytishlarini aytish uchun, u tog‘ning tepasida hanuzgacha kutib turgan o‘n ming quyonlar yoniga qaytdi.
Savollar: Quyon zilzila haqida ogohlantirmoqda
1.Quyon ko‘proq nimadan qo‘rqar edi?
A sherdan
B gumburlagan ovozdan
C zilziladan
D yerga tushayotgan olmadan
2. Yerning qattiq silkinishiga nima sabab bo‘ldi?
A zilzila
B katta olma
C qochayotgan quyonlar dupirlashi
D qulayotgan daraxt
3. Quyon: “Zilzila!” – deb baqirgandan keyin voqealar juda tez rivojlana boshladi. Buni tasdiqlovchi ikkita so‘zni matndan toping va yozing.
_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
4. Sher quyondan qayerga olib borib qo‘yishini so‘radi?
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
5.Nima uchun sher olmani yerga tashladi?
A quyon qochib ketishi uchun
B quyonga olmani uzishda yordam berish uchun
C nima bo‘lganini quyonga ko‘rsatish uchun
D quyonni kuldirish uchun
6. Sher olmani yerga tashlaganidan keyin quyon o‘zini qanday his qildi?
A jahli chiqdi
B xafa bo‘ldi
C ahmoqdek his qildi
D xavotirga tushdi
7. Ertak oxirida sher quyonning ruhiyatini qanday qilib ko‘tarishga harakat qilganini ikki xil ko‘rinishda yozing.
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
8. Siz nima deb o‘laysiz, sherga quyon yoqdimi? Ertakda bu haqda nima deyilgan?
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
9. Ertak davomida quyonning his-tuyg‘ulari qanday o‘zgargan edi?
Ertak boshida quyon__________________________________________________________________________
______ ni his qiladi,_________________________________________________________________ chunki___
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
10. Siz ertakda tasvirlangan sher va quyonning harakatlari haqida bilib oldingiz. Sher va quyonning xatti-harakatlari nima bilan farq qilganini ta’riflab bering. Har birining harakatlarini tasdiqlovchi misollar keltiring.
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
11. Ushbu ertakning asosiy g‘oyasi nima?
A Falokatdan qoch
B Vahima qo‘zg‘ashdan oldin dalillarni tekshirib ko‘r
C Hatto mehribon bo‘lib ko‘ringan sherlarga ham ishonma
D Quyonlar - chaqqon hayvonlar
Uzun tumani ____ -sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 4 “ “ - sinf
o’quvchisi ________________________________________________________
javob varaqasi
JAVOBLAR TASNIFI QUYON ZILZILA HAQIDA OGOHLANTIRMOQDA
1.С
2.B
3. Quyon: “Zilzila!” - deb baqirgandan keyin voqealar juda tez sodir bo‘ldi. Buni tasdiqlovchi ikkita so‘zni matndan toping va yozing.
Maqsad:Badiiy adabiyotni o‘qish tajribasini oshirish.
Faoliyat:Matn elementlari va til ma’nosini baholash va tahlil qilish.
To‘liq tushunish - 2 ball
Javoblarda hikoyalardagi hodisalarning avj olish tezligini yetkazib berish uchun foydalanilgan maxsus til usulining to‘liq tushunchasi namoyish etilmoqda.
Javob mazmuni:
Javoblarda quyida keltirilgan so‘zlardan xohlagan IKKITASI beriladi.
Qisman tushunish – 1 ball
Javoblarda hikoyalardagi hodisalarning avj olish tezligini yetkazib berish uchun foydalanilgan maxsus til usulining qisman tushunchasi namoyish etilmoqda.
Javoblar mazmuni:
Javoblarda quyida keltirilgan so‘zlardan BITTASI beriladi
Noto‘g‘ri tushunish – 0 ball
Javoblarda hikoyalardagi hodisalarning avj olish tezligini yetkazib berish uchun foydalanilgan maxsus til usulining tushunmasligi namoyish etiladi.
Javob mazmuni:
Javoblarda quyida keltirilgan so‘zlardan HECH BIRI berilmaydi.
Matnda hodisalarning juda tez rivojlanganligini bildirish uchun foydalanilgan so‘zlar.
Tekshiruvchilar uchun: Agar o‘quvchi to‘liq gapni ko‘chirib bergan holda, gap tarkibida matnga mos keluvchi so‘z bo‘lsa, javob qabul qilinadi.
Ko‘chirib yozishda kichik xatolar hisobga olinmaydi, qachonki, so‘zlarning ma’nosini o‘zgartirmasa.
Hikoyaning boshida keltirilgan vaziyatga (qachon quyon birinchi bor “ZILZILA” deb baqirdi) e’tibor bering. Shundan kelib chiqqan holda “tez” va “behosdan” so‘zlari hikoyaning oxirida keltirilsa, to‘g‘ri deb qabul qilinmaydi.
qochib ketdi
axmoqlarcha
nafas olishi qiyinlashib
|
qochinglar!
o‘yladi
oyoq tovushi eshitildi
tezlashing
|
4. Sher quyondan qayerga olib borishni so‘radi?
Maqsad:Badiiy adabiyotni o‘qish tajribasini oshirish.
Faoliyat: Yaqqol ko‘rinishda berilgan ma’lumotlarni topish.
Javob qabul qilinadi – 1 ball
Javoblarda sher quyondan o‘zini aniq qayerga olib borishi ko‘rsatiladi.
Javob mazmuni:
Javobda ushbu daxshatli hodisa (zilzila) qaysi joyda bo‘lganligini sher quyondan ko‘rsatishni so‘ralganligini keltirish mumkin.
Misollar:
- Bu daxshatli falokat yuzaga kelgan joy.
- U quyondan zilzila boshlangan joyga olib borishni so‘radi
Yoki javobda sher quyondan, zilzila bo‘ldi deb o‘ylagan joyni ko‘rsatishni so‘rashi mumkin. Bunda zilzila emas degan xatti-harakat haqida gap ketmoqda.
Misollar:
- Quyon zilzila bo‘ldi deb o‘ylagan joy
- Olma tushgan joyga
Yoki javobda o‘quvchi sher quyondan uni uyiga olib borishni iltimos qildi (quyonning uyiga). Chunki, quyon aynan o‘sha joyda daxshatli shovqinlar eshitganligi haqida xabar beradi.
Misollar:
- Quyonning uyiga
Javob qabul qilinmaydi – 0 ball
Javobda sher quyondan olib borilgan joy aniq ko‘rsatilmaydi.
Javob mazmuni :
Javobda sher quyondan zilzila bo‘lgan joyni yoki quyon zilzila bo‘ldi degan joyni ko‘rsatishi so‘ralgani haqida aytilmaydi.
Javobda noma’lum va mos kelmaydigan ma’lumot beriladi.
Misollar:
- U daryoga borishni xohladi.
- Tog‘ cho‘qqisiga
Javob yo‘q – 0 ball
Javob berishga imkoniyat yo‘q edi - (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va boshqa….).
Javob uchun joy butkul bo‘sh
5.C
6. Sher olmani yerga tashlaganidan keyin quyon o‘zini qanday his qildi?
Javob:
6.C
7. Ertak oxirida sher, quyonni qanday qilib ruhiyatini ko‘tarishga harakat qilganini ikki xil ko‘rinishda yozing.
Maqsad:Badiiy adabiyot o‘qish tajribasini oshirish.
Faoliyat:Xulosalar ketma-ketligi.
To‘liq tushunish – 2 ball.
Javoblarda matn mazmunini to‘liq tushunish namoyon etiladi. O‘quvchi matnda sher quyonning kayfiyatini ko‘tarish uchun keltirgan ikkita dalilini topadi.
Javob mazmuni:
Javoblarda quyida keltirilgan IKKITA usul yoritiladi.
Qisman tushunish – 1 ball
Javoblarda matn mazmunini qisman tushunish namoyon etiladi. O‘quvchi matndan ma’lum bir ma’lumotni topib ushbu ma’lumot asosida sher qanday qilib quyonning kayfiyatni ko‘tarishga harakat qilgan usullarni aniqlaydi.
Javob mazmuni:
Javoblarda quyida keltirilgan so‘zlardan BITTASI beriladi.
Noto‘g‘ri tushunish – 0 ball
Javoblarda sher quyonning kayfiyatini ko‘tarishga bo‘lgan harakatini tushunmaslik beriladi.
Javob mazmuni:
Javoblarda quyida keltirilgan so‘zlardan HECH BIRI berilmaydi.
Misollar:
- U quyonga mehribon edi.
- U quyohga tinchlanishini aytdi.
Javob yo‘q – 0 ball
Javob berishga imkoniyat yo‘q edi - (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va boshqa….).
Javob uchun joy butkul bo‘sh.
Tekshiruvchilar uchun: O‘quvchilar matnni o‘zgartirib, qayta yozishi mumkin. Quyida keltirilgan ikkita usuldan har xil ko‘rinish hisobga olinadi.
Sher mehribonlik bilan jilmaydi.
U quyonga “xavotir olma!” dedi.
U quyonga o‘zi ham ba’zida shunday qo‘rqib turishini aytdi.
Unga zilzila qanday bo‘lganini ko‘rsatdi.
Qo‘rqmasligi kerakligini aytdi.
Uni “mening kichik birodarim” deb atadi.
O‘zini axmoq deb his qilmaslik uchun harakat qiladi.
Sher kulib yubordi (sherning bu harakati quyonning qo‘rquvini kamaytirish uchun urunish desa bo‘ladi).
Sher vazmin edi. (bu sher harakatlarining aqlli ko‘rinishi).
8. Siz nima deb o‘ylaysiz, sherga quyon yoqdimi? Ertakda bu haqda nima deyilgan?
Maqsad:Badiiy adabiyot o‘qish tajribasini oshirish
Faoliyat:Ma’lumotlar yig‘ish va talqin qilish.
Javob qabul qilinadi -1 ball.
Javoblarda sherning quyonga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatuvchi matndan olingan ma’lumot keltiriladi.
Javob mazmuni;
Javobda o‘quvchi sherning quyonga bo‘lgan munosabati haqida fikr bildiradi. (o‘quvchi salbiy va ijobiy munosabat deb tahmin qilishi mumkin). Hodisalarning yoritilishi yoki matndan olingan ma’lumotlar o‘quvchining matn asosida qilgan hulosasi asosida tasdiqlanadi.
Misollar:
- Ha u unga yoqardi. Unga bu haqiqiy zilzila emasligini ko‘rsatdi.
- Yo‘q. O‘ylaymanki, sher quyonni axmoq deb hisobladi. Chunki, u buni zilzila deb o‘yladi.
- Ha. U quyonga hikoyaning yakunida juda mehribon edi.
Javob qabul qilinmaydi – 0 ball.
Javoblarda sherning quyonga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatuvchi matndan olingan ma’lumot keltirilmaydi.
Javob mazmuni :
Javobda sherning quyonga bo‘lgan munosabati haqida fikr bo‘lishi mumkin. Ammo bu matndan olingan ma’lumot bilan tasdiqlanmaydi. Fikr noto‘g‘ri yoki mos kelmaydigan ma’lumot bilan tushuntiriladi.
Misollar:
-Men bunday deb o‘ylamayman. Ular turli xildagi hayvonlar
-Chunki, u ham quyon bilan yugurib ketdi.
Javob yo‘q – 0 ball
Javob berishga imkoniyat yo‘q edi - (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va boshqa….).
Javob uchun joy butkul bo‘sh.
9. Ertak davomida quyonning his-tuyg‘ulari qanday o‘zgargan edi?
Ertak boshida quyon
_____________ni___his_qildi_________________________________________
chunki_____________________________________________________________
Maqsad:Badiiy adabiyot o‘qish tajribasini oshirish
Faoliyat:Ma’lumot yig‘indisi va talqin qilish
To‘liq tushunish – 2 ball
Javoblarda matn mazmunini to‘liq tushunish namoyon etiladi. Hikoya davomida quyonning hissiyotlarini qanday o‘zgarganini talqin qilish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlar matnning turli qismlaridan olingan.
Javob mazmuni:
Javobda hikoyaning boshi va oxirida quyonning hissiyotlarini yoritilishi va ularni tushuntirish berilgan. (Pastdagi jadvalga qarang)
Qisman tushunish – 1 ball
Javoblarda matn mazmunini hikoyaning faqat bir bo‘limidagi quyonning hissiyotlarini talqin qilish qisman tushunish namoyon etiladi.
Javob mazmuni:
Javobda quyonning hikoya boshida yoki oxirida boshidan kechgan hissiyotlariga tushuntirish beriladi (Pastdagi jadvalga qarang)
O‘quvchi hikoyaning boshqa bo‘limida berilgan quyonning hissiyotlarini ham yoritishi mumkin, lekin mos ravishda unga tushuntirish berilmaydi.
Noto‘g‘ri tushunish – 0 ball
Javoblarda hissiyotlarni tushunmaslik namoyish etiladi.
Javob mazmuni:
Javobda hikoyaning boshida va oxirida ham hissiyotlarni yoritish va tushuntirish berilmaydi. (Pastdagi jadvalga qarang)
Hissiyotlar faqatgina hikoyaning bir yoki ikkita bo‘limigagina mos unga mos kelmaydigan tushuntirishlarsiz yoritish mumkin. Javobda yuzaki yoki noto‘g‘ri tushuntirish bo‘lishi mumkin.
Javob yo‘q – 0 ball
Javob berishga imkoniyat yo‘q edi - (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va boshqa...).
Javob uchun joy butkul bo‘sh.
Quyonning hissiyotlari va uni tushuntirish namunalari.
Tekshiruvchilar uchun: O‘quvchilar quyonning hissiyotlarini to‘liq yoki noaniq yoritishi mumkin. Agar tushuntirishda hissiyotlar yoritilsa, yoki mos ravishda matn bilan tasdiqlansa, u holatda ikkala javob ham qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |