To‘liq tushunchaga ega bo‘lish (1 ball): Javobda uyda sodir bo‘lgan voqealardan
birini tushuntirib berish, jumladan, ho‘l bo‘lgan pol, singan eshik, onasining yo‘qolgan
shlyapasi, singan guldon, sochilb yotgan kungaboqarlar ifodalanadi.
Javob qabul qilinmaydi: Boshqa javoblar.
11. Siz Aninaning harakatlaridan uning qanday xarakterga ega ekanligini bilib oldingiz.
Uning fazilatlaridan birini yozing. Javobingizni asoslash uchun uning bajargan ishlaridan
ikkita misol keltiring.
Jarayon: Ma’lumot va fikrlarni umumlashtirish, sharhlash.
To‘liq teran tushunchaga ega bo‘lish (3 ball): Javobda Aninaning qandayligini
ko‘rsatuvchi xususiyatlar (misol uchun, aqlli, teran, ijodiy fikrli, topqir, jasur, ehtiyotkor,
qo‘rqmas, ajoyib) va uni asoslab beradigan aniq ikkita holat tasvirlanadi.
Masalan: U jasur, chunki o‘z xonasidan chiqishga va jurnalni timsohning burni ostiga
qo‘yishga jur’at etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |