G`arb sivilizatsiyasi
Reja:
Industrial sivilizatsiyasining mohiyati, xronologik chyegarasi va o`tish davri rivojlanish bosqichlari.
Industirial sivilizatsiyasi markazlari va o`ziga xos xususiyatlari. Mazkur sivilizatsiyaning asosiy yutuqlari.
Postindustrial sivilizatsiyasining mazmuni, xronologik chyegarasi va unga o`tish davri rivojlanish bosqichlari.
Postindustrial sivilizatsiyasining markazlari va o`ziga xos xususiyatlari . Mazkur sivilizatsiyaning asosiy yutuqlari.
Tayanch iboralar
Industrial sivilizatsiya, I.M.D`yakonov, YU.V.YAkovyets, gumanizm, raqobatbardosh ishlab chiqarish, dyemokratik inqiloblar, Postindustrial sivilizatsiya (1973- 2130 yillar), 3-supyertsikl, YAponiya, Janubiy Koryeya, Singapur, Tayvan, Tyeng huquqli davlatlarning ko`ngilli ittifoqlari.
Oldindustrial sivilizatsiyaning tunazzulga uchrashi va industrial sivilizatsiyaga o`tish davri 17 asrning oxiri va 18 asrga to`g`ri kyeladi. Bu vaqtda aholilar sonining kyeskin ko`payishi sodir bo`ldi. Angliyada 1700 yili 5,8 mln kishi bo`lgan bo`lsa, 1790 yilga kyelib 8,2 mln kishiga yetdi. Lyekin, aholi soni o`sishi va ehtiyojining oshishi, qirol saroyiga ortiqcha harajatlarning ko`payishi manifaktura ishlab chiqarishi hamda mustamlakalardan savdo tufayli kyeladigan daromadlar hisobiga qoplanishi qiyin bo`lib qoldi. Vaqt o`tishi bilan Hindiston, Indonyeziya orollari, Afrika, Amyerikadan oqib kyelayotgan boylikning kamayishi Yevropada qurg`oqchil bo`lib, hosil bo`lmay qolganligi yanada moliyaviy inqirozlarga olib kyeldi. Endi, bu inqirozlardan faqat ishlab chiqarish tyexnologiyasining ilg`or tyexnologiya bilan almashtirish hisobiga chiqish mumkin bo`ldi. Bu sanoat inqiloblari tarzida ro`y byerdi va bu inqiloblar 18 asr oxirgi 30 yilligidan -19 asr boshlariga bo`lgan davrda bo`lib o`tdi.
Industrial sivilizatsiyasining xronologik chyegarasi va rivojlanish bosqichlarini ta`riflashdan oldin YU.V.YAkovyets fikricha industrial jamiyatdan kapitalistik jamiyatni farqlash lozim. Jahon progryessi markazlarida kapitalistik munosabatlarning shakllanishi oldindustrial sivilizatsiyasida ro`y byerdi. Industrial jamiyat esa kapitalizmning ravnaq topishi barqarorlashuvi, tanazzulga uchrashi, qaysiki mashinalashgan, fabrikalashgan moddiy moddiy tyexnika bazasiga ega bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Industralashish mazmuni – ishlab chiqarishni mashinalashtirish, zamonaviy tyexnologik uslublarni qo`llash, myehnat, ishlab chiqarishni tashkil qilish va shu jarayonni jamiyat iqtisodiy, sotsial, siyosiy munosabatlariga ta`siri hisoblanadi.
Industrial sivilizatsiya 18 asr so`nggi 30 yilligi va 19 asr boshlarini o`z ichiga oladi. Bu sivilizatsiyaning markazi Angliya bo`lib, vaqt o`tishi bilan Yevropa va SHimoliy Amyerika mintaqalariga ham tarqaladi. TSivilizatsiya markazlarining tyezlik bilan tarqalishi 19 asr o`rtalarigacha davom etdi. SHundan so`ng industrial jamiyatning barqarorlashuvi jarayoni bo`ldi. Industrial sivilizatsiyasining yuksalishi va gullab-yashnashi 1-jahon urushigacha davom etdi. SHundan so`ng sivilizatsiyaning so`nish davri ro`y byergan. 20- asrning so`nggi choragida postindustrial sivilizatsiyaga o`tish davri bo`ldi. I.M. D`yakonov fikricha kapitalistik faza tarixiy taraqqiyotda 19-asr o`rtalaridan to 1-vodorod bombalarini sinash davrigacha (AQSHda 1952, SSSRda 1953 yil) bo`lgan vaqtdan iborat. YU.V.YAkovyets tadqiqoticha industrial sivilizatsiyasining hayotiy tsikli bu xronologik chyegaralardan chiqib kyetadi. Industrial jamiyatga o`tish davri 18-asr so`nggi 30-yilligidan boshlanib, 19 asr 50-60-yillarigacha davom etgan. Uning tugashi boshlanishi 1973 yil hisoblanadi. Sovyet manbashunosligida Oktyabr` inqilobidan yangi era hisobi boshlanishi e`tirof etilgan. Kyeyingi o`n yilliklar voqyeiliklari ko`rsatishicha, bu industrial jamiyati so`nish davrida inqirozdan chiqish uchun sotsialistik g`oyalarni tarqatishga asoslangan to`ntarishdan iborat bo`lgan. Sotsializm va kapitalizm o`zaro kurashidan tarix uchinchi yo`lni- postindustrial jamiyat shakllantirish yo`lini tanladi. SHuning uchun ham 20-asr so`nggi choragi industrial jamiyatdan postindustrial jamiyatga o`tish davri bo`ldi.
Industrial sivilizatsiyasining xaraktyerli xususiyatlari nimalardan iborat?
1.Taraqqiyotning tsiklik dinamikasi. Rivojlangan mamlakatlarda vaqti – vaqti har 10 yilda iqtisodiy inqiroz ro`y byerdi. Bu holat doimiy ravishda takrorlanadigan bo`ldi( 1973 -1974 ;1980- 1981; 1991- 1993). Boshqariladigan bozor iqtisodiyoti; Har birida yangilangan tyexnika avlodi, tyexnologik uslub va x.k
2. YAngi zamonaviy tyexnologiyalar qo`llanilishi. Iqtisodiy yuksalish, raqobatbardosh mahsulotlar, fan yutuqlarga asoslangan innovatsion muvaffaqiyatlar.
3. Inson industrial sistyemada mashinani yaratuvchisi va uni ishlatuvchisi hisoblanadi. Ammo mashina ishlab chiqarish ehtiyojini qondirishga qanchalik e`tibor byerilishi bilan odamni o`ziga itoatkorligi kuchayadi. Tyexnikalarning yangi avlodlari ishsizlikka havf soladi. Mutaxasislar fikricha mashina ishlab chiqarishi tantanasi bilan gumanizm davri tugadi. Bu holat madaniyatda ham ko`rinadi. Ma`naviy sfyerada ham inqiroz bo`lib yarim asrlarga cho`zildi.
4. Industrial sivilizatsiya iqtisodiyoti yangi tyexnologiya, ilm- fan yutuqlarining ishlab chiqarishga qo`llanilishi bilan xaraktyerlanadi. Bu esa ishlab chiqarish hajmini o`nlab marotaba oshib kyetishiga, aholi turmush- tarzi yaxshilanishiga, oilada zamonaviy tyexnikalar asbob-uskunalar qo`llanilishiga olib kyeldi. Ammo, rivojlangan mamlakatlar qattiq myehnat, zulm qazilma boyliklarni ayovsiz ishlatish asosida (asosan mustamlaka mamlakatlarda) katta boylikka ega bo`ldilar. Ishlab chiqarishning ma`lum sohalarini nazorat qiluvchi monopoliyalar, sindikatlar, kartyellar vujudga kyeldi. 20- asr ikkinchi yarmida milliy korparatsiyalar jahon iqtisodiyotida asosiy richag bo`ldi.
5. Industrial sivilizatsiya davrida davlatlar siyosiy, huquqiy boshqaruv sistyemasida qarama – qarshiliklar holati kuchaydi. Iqtisodiyotning kontsyentratsiyalashuvi davlat boshqariluvida diktatura, dyemokratiya niqobida hokimiyatni egallash holatlari sodir bo`ldi. Industrial jamiyatda u yoki bu partiyalarning saylovlarda g`olib chiqishidan hokimiyatni boshqruvchi elita shakllandi. Hukmron partiya siyosiy hayotning o`zagi bo`ldi. Hamma fuqorolar va sotsial tabaqalarning huquqiy jihatdan qonun oldida tyengligi va javobgarligi qaror topdi.
Burjua dyemokratik inqiloblar (Nidyerlandiya, Angliya, Frantsiya, SHimoliy Amyerika inqiloblari) sodir bo`ldi.
Kyeyingi uch asr maboynida bir nyechta madaniy tsikllarni ajratish mumkin: 1650 – 1789 yillar – ingliz va frantsuz burjua ryevolyutsiyalari oralig`i davri bo`lib, industrial jamiyat madaniyati shakllanishi va tarqalishi bilan xaraktyerlanadi: 1790 – 1870 Industrial madaniyatning gullab yashnagan, buyuk tyexnik ixtirolar davri; 1871- 1930 yillar Industrial jamiyatning ichki ziddiyatlari ko`paygan hamda uning inqirozi bilan xaraktyerlanadi; 1931-1985 yillar Industrial madaniyatning chuqur inqirozli va uning qulashi davri.
Postindustrial sivilizatsiya (1973- 2130 yillar ). 20 asrning so`nggi choragiga kyelib, industrial sivilizatsiyaning nyegizida( mashinalashgan ishlab chiqarishi, iqtisodiy va siyosiy hokimlikning kontsyentratsiyalashuvi va markazlashuvi va h.k ) yangi post industrial sivilizatsiyasining asoslari yuzaga kyeldi. YUqorida aytganimizdyek, rivojlangan mamlakatlarda vaqti – vaqti bilan har o`n yilda iqtisodiy inqiroz sodir bo`lib turadi. Post industrial sivilizatsiyasi to`g`risida mutaxassislar bu sivilizatsiya insoniyatning umum jamiyat inqirozi, varvarlik tomon yoki yangi Ryenyesansga olib boradi dyegan savollarda baxslashmoqdalar. Tarixiy jarayoning hozirgi zamon bosqichi bo`yicha I.M. D`yakonov “Puti istorii” nomli asarida kyeng ma`lumotlar kyeltirilgan. YAdroviy qurollarining paydo bo`lishidan insonlar turlicha munosabatlarida elyektr elyemyentlari ustuvorligi, aholi sonining tabiiy o`sishining pasayishi shaxs rolini pasayishi bilan bu jamiyatning omillarini byelgilaydi.
Post industrial sivilizatsiyasining asosiy xususiyatlari:
Bu sivilizatsiya gummanizmning tantanasi bilan xaraktyerlanadi. Gumanizm yangi asoslarda shakllanadi. Iqtisodiy, tyexnologik, ekologik ijtimoiy-siyosiy aloqalar misli ko`rilmagan darajada murakkablashadi Masalan: YAponiyada iqtisod uchta omilga qurilgan – mikro elyektronika, biotyexnologiya , informatika. Odam ular bilan nafaqat ishlab chiqarishda, balki kunlik turmush tarzida muloqatda bo`ladi: oziq-ovqati, dori darmoni biotyexnalogik jarayonda tayyorlanadi, uyi mikrovol`noviy pyech, tyelyevizor, komp`yutor bilan to`la, tyelyefon, mashina boshqariluvi o`ta zamonaviy va h.k. YAngi, eng zamonaviy tyexnologiyalar.
Fanning ahamiyati nihoyatda yuqori ko`tariladi. Ilmiy, tyexnikaviy inqiloblar bo`ladi.
Madaniy yuksalish. San`atga intilish. YUksak madaniyat uchun butun moddiy tyexnika bazasi yaratiladi. Zamonaviy tyexnika bilan ta`minlanadi.
Ta`lim tizimi tubdan-shaklan, mazmunan, usullari jihatidan o`zgaradi. Insonning o`z shaxsiy hislatlari, ixtirolarini imkoniyatlarini ishga solishiga to`liq sharoit yetiladi. Uzluksiz ta`lim olish tizimi yaratiladi. Inson o`z bilimini yangilab, tinmay oshirib boradi. Frantsiya, SHvyetsiya, A Q SH, YAponiya, Gyermaniyada ana ta`lim tizimi elyemyentlari yo`lga qo`yilgan. Ta`lim islohatlari kyeskin amalga oshiriladi.
Ahloq – odobning yangi elyemyentlari yuzaga kyeladi. Jamiyatning har bir a`zosi mustaqil va o`ziga hos turmush tarzini yaratadi.O`z hatti harakatini o`zligicha boshqarish huquqi yaratiladi.
O`z dunyoqarashi, diniy etiqodi erkinligi. Xullas, shaxsga erkin hayot, to`liq shaxsiy fazilatlari, iqtidoriga imkon byeruvchi jamiyat.
Jamiyatda ishlab chiqaruvchi yuksak tyexnologiya, mahsulotlar tyejamkorligi, raqobatbardorlik ro`y byeradi. AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya va Fratsiyaning harbiylashgan og`ir sanoatga asoslangan ishlab chiqarishi mavjud. Ayni kunda o`z tyexnologiyasi foydaliligi, natijaliligi bilan YAponiya, Janubiy Koryeya, Singapur, Tayvan kabi mamlakatlar ishlab chiqarishi ulardan o`zib kyetmoqda.
Postindustrial sivilizatsiyada iqtisodning ko`pukladliligi saqlanib qoladi, jamiyat iqtisodiy tuzilmasida esa tub o`zgarishlar sodir bo`ladi . Kichik tadbirkorlik o`sadi, gigant sanoat mavqyeyi pasayadi, Davlat syektori salmog`i kyeskin kamayadi. Erkin raqobat. Iqtisodning bozorga moslashmagan yo`nalishlari – fundamyental fanlar, ta`lim, madaniyat, sog`liqni saqlash tizimlarini esa davlat tartibga solib, boshqarib turadi. Ijtimoiy va milliy munosabatlarda yangi an`analar sodir bo`ladi. Ijtimoiy munosabatlarda postindustrial sivilizatsiyaning rivojlangan davrida turli sotsial guruhlar o`rtasida kyeskinlik yumshaydi, ular jamiyat oldida turgan umum maqsadlar atrofida joylashadilar. 20 asr oxirida milliy xususiyatlar kuchayib etnik guruhlar orasida mojorolar kuchayadi. Kyelgusida milliy madaniyat o`ziga hosligi nufuzi pasayadi, ammo yo`qolib kyetmaydi. Millatlar o`zaro yaqinlashuvi aralashib bir hududda yashashi sodir bo`ladi. Masalan: SHvyetsariyada. Joylarda kuchli huquqiy davlat boshqariluvi saqlanib qoladi. Dyemokratik tamoyillar faoliyat ko`rsatadi. Mahalliy o`z o`zini boshqarish bo`ladi. Bu esa aholi milliy an`analari saqlanishida ahamiyatlidir. Bu sivilizatsiyada jahon hamjamiyati dinamikasining yangi tyendyentsiyalari yuzaga kyeladi. Davlatlararo chyeklanishlar olib tashlanadi, lyekin davlat chyegaralari saqlanib qoladi. Tyeng huquqli davlatlarning ko`ngilli ittifoqlari yuzaga kyeladi. Davlatlararo xalqaro tashkilotlarning nufuzi oshadi – BMT, Xalqaro Sud va h.k. Millatlar o`rtasidagi kyelishmovchiliklari ( Livan, Bosniya, Zakavkaz`ye, Afg`oniston) vaqt o`tishi bilan tyeng bitimlar asosida yechimini topadi. Post industrial jamiyatda bu kabi baxsli masalalarni foydali tomon yechimini byeruvchi myexanizm ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |