G‘oyalar dunyosida ideal mohiyatlar mavjud, narsalar dunyosi esa bu mohiyatlar mahsuli bo‘lgan ayrim narsalardan iborat. Platonning g‘oyalar haqidagi ta‘limoti uning Bazm, Fedon, Fedr, Davlat asarlarida o‘z aksini topgan. Mutafakkirning Teatet, Parmenid, Sofist, Kritiy asarlari esa g‘oyalarning moddiy dunyoga bo‘lgan munosabati muammosiga bag‘ishlangan. Platon fikriga ko‘ra, materiya - g‘oyaning sof aksi, uning
asil mohiyatidir. Materiyaning mohiyati esa - g‘oya. Haqiqiy borliq - bu piramidani eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida bilish va harakat asosining mohiyati sifatida amal qiluvchi go‘zallik g‘oyasi yotadi.
Uning yonidan yaxshilik g‘oyasi va oqillik (haqiqat) g‘oyasi o‘rin oladi. Shunday qilib, Platon-g‘oyalar dunyosi, narsalar dunyosini vujudga keltirishini nazarda tutuvchi obektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‘oyalar va narsalarni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini qayd etsada, lekin buyuk mutafakkir uchun g‘oyalar dunyosi birlamchidir.
Aristotel ―Metafizika‖ asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi g‘oyalar haqidagi ta‘limotini rad etadi. U mohiyat-g‘oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi. Platon fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi. Ayrim narsa bo‘lmasa, umumiylik ham bo‘lmas edi.
Metafizikada Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini, borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini o‘rganishini qayd etadi. Bular, umumiy metafizika muammolaridir. Ammo, xususiy metafizika ham mavjud bo‘lib, u harakatsiz substantsiya yoki birinchi boqiy dvigatelni o‘rganadi.
Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta‘limotining vujudga kelishi. Xristianlik Ikki ming yil muqaddam Rim hokimiyati ostida bo`lgan Kichik Osiyo va Falastin yerlarida Nazaret shahrida duradgor losif va rafiqasi Mariya xonadonida "Xudoning o`g`li" nomini olmish Iisus (Iso) tug`ilgani haqida rivoyatlar tarqala boshladi. 30 yoshida lisus sahroda yashovchi voiz Cho`qintiruvchi Ioann qo`lida lordan daryosida cho`qintiriladi. Yovuzlikni sodir etganlar loannga tavba qilish uchun kelishardi. lisus Xristos begunoh bo`lsada, yaratganga yo'loklovchi tavba-tazarrudan boshlanishini ko`rsatib berish uchun cho`qinadi. O`n ikki nafar havoriylari bilan Falastin bo`ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi, turli mo`jizalar ko`rsatadi — o`liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan tuzalmas xastalarni sog`aytiradi. Yahudiy ruhoniylari Iso Payg`ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o`lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noyibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik beradi. Lisusni Golgof tog`ida xochga tortadilar, bu yerda, rivoyatlarda aytilishicha, Yyer yuzidagi ilk inson —Odam ato dafn etilgan. Iso Payg`ambar 3 kunda dahshatli azoblar girdobida jon beradi. Vafotidan keyin murdasini bir g`orga qo`yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganda Iso Masih jasadi qo`yilgan joyida yo`qligini ko`rishadi.
Iso Payg`ambar qayta tirilgan va me'rojga ko`tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baholash uchun Yer yuziga qaytib kelishga va'da bergan.
Iuisus haqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so`z "Xushxabar" ma'nosini anglatadi. Iso payg`ambar ta'limoti izdoshlari xristianlar (nasroniylar)dir. Shogirdlari apostollar (hovariylar)dir. Xristianlar jamoalariga yeiskolar peshvolik qiladilar. Milodiy birinchi asr xristianlik (nasroniylik) vujudga kelgan sana hisoblanadi. Rim hukmdorlari xristianlarni ta'qib etadilar, yirtqich hayvonlar changaliga tashlaydilar, turli qiynoqlarga soladilar. Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik davlatning boshqa dinlari bilan teng bir din deb e'lon qilingan farmon chiqardilar. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilishga ruxsat berdi. Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta‘limoti – patristika (lot. Pater – ota) paydo bo‘lgan. patristikaning eng yorqin vakili Gippon (SHimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o‘rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan.
Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan to‘ishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g‘oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»dir. Xudo dunyoni yo‘qlikdan yaratgan. Inson panoh to‘ishining asosiy yo‘li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi – «dunyoviy shahar», ya‘ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko‘tarilgan o‘z-o‘ziga bo‘lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o‘z-o‘ziga nisbatan nafrat darajasiga ko‘tarilgan Xudoga bo‘lgan muhabbat»ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur:
Do'stlaringiz bilan baham: |