www.arxiv.uz
Gapning uyushiq bo'laklari
Reja:
Uyushiqning ifoda vositalari
Uyushiq bo'laklardaumumlashtiruvchibirliklar
Gapning ajratilgan bo'laklari
Gap bo'laklari sanalmaydigan so'z va birikmalar
Undalma
Kirish so'z va kirish birikma
Kiritmagap va kiritma belgi
Bir bosh bo'lakli gaplar va ularning turlari
Bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar
10 . So'z—gaplar haqida tushuncha
11. To'liq va to'liqsiz gaplar
Gapda bir xil so'roqqa javob berib, bir xildagi sintaktik vazifani bajarib, sanash ohangi va teng bog'lovchilar yordamida birikkan gap bo'laklari gapning uyushiq bo'laklari deyiladi. Masalan:
O'z yurtimiz, bog'imiz, o'z vodiymiz, tog'imiz, O'z qutli chirog'imiz hamisha bo'lur omon. (G'. G'.) Bu gapdagi yurtimiz. bog'imiz. vodiyimiz, tog'imiz, chirog'imiz so'zlari uyushib kelgan va bir xil so'roqqa javob bo'lib, sanash ohangi orqali o'zaro birikkan.
Har bir gap bo'lagi uyushib kela oladi. Masalan:
l.Ega uyushadi: Muhayo, Surayo, Ra'no, Muqaddas,
Ko'zlarni yashnatib kiyibsiz atlas. (Qo'shiq.)
Kesim uyushadi: 1) fe'l kesim: Haqiqat bukilar, lekin sinmas.(Maqol.) 2) ot kesim; Xormisan yo gulmisan, tojdormisan yogulmisan. cho'g'izmisan, bulbulmisan, nodon o'zing, xushxono'zing. (E.V.)
To'ldiruvchi uyushadi: 1) vositasiz to'ldiruvchi: Aqlimni,dilimni, bebaxtlarimni—Borishsiz dunyoda otgan azizim. (U.A.)2) vositali to'ldiruvchi: Navoiy obod joylardagi ekinlarga,mevazor bog'larga diqqat qildi. (O.) Navoiy tarixda mashhur shaxslarning hayotlari, fikrlari, maslaklari va ularga doir afsonalar haqida asar yozishni Jomiyga taklif etdi. (O.)
Aniqlovchi uyushadi: 1) sifatlovchi: Maktabimiz bog'ida oqqizil, sariq va boshqa anvoyi gullar bor; 2) qaratuvchi: Oq o'rik,
shotut, shaftoli, g'aynolining sap-sanq yaproqchalari hovli betini ko'mib yotibdi. (I.R.)
Hol uyushadi: Buzoq, echki boqib, to'n tepishib, varrakuchirib, chillak o'ynab yurgan bolalar uylariga tarqab ketishdi.(H. N.) Ariq suvi bir xilda, jimgina, sharpasiz va shabadasizoqmoqda (I.R.).
Uyushiq bo'laklarda son, egalik, kelishik qo'shimchalari va ko'makchilar odatda uyushuvchi so'zlarning oxiriga qo'shilib. hammasi uchun umumiy bo'ladi. Maktabimizda rasm, musiqa va drama to'garaklari bor.(Gazetadan.)
Son, egalik, kelishik qo'shimchalari va ko'makchilar ba'zan uyushuvchi so'zlarning har biriga qo'shilib keladi. Masalan: Tog' etaklaridan nafis gullarning, xushbo'y giyohlarning hidlar an-qiydi. (O.) Xalqi uchun vatani uchun o'z jonini ayamadi bizning mard o'g'lonlar. (Teleeshittiruvdan.)
Uyushiq bo'laklarda qo'shimchalar emas, balki so'zlar ham umumlashib, ular har bir ujTishuvchi so'z bilan takrorlanmay, uvushiq bo'lak oxirida keladi. Dalada kim unumli, kim ko'p, kim tez ishlash uchun musobaqa qilishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |