Ajratilgan hol o’zidan oldingi holni izohlab keladi. Yozda, qovun pishig’ida, havo kechasi ham dim bo’ladi. (gazet) Asosan payt va o’rin hollari ajratiladi. Uning qo’lidan ushlab ichkariga, devonga, boshladi (A.Q.)
Nutqimizda Nima eksang shuni o’rasan; Bu kitobni qaytarish sharti bilan beraman kabi shart holi ishtirokidagi gaplar; Nigora darsga qatnashmagan bo’lsa ham vazifani bajarib keldi gapidagi kabi to’siqsiz hollar ham qo’llanadi. Bunday gaplarda holdan keyin to’xtalish bo’lsa ham vergul qo’yilmaydi. Dehqon bo’lsang shudgor qil. (Maqol) O’ynab aytsang ham o’ylab ayt. (Maqol) Hurmat qilsang hurmat ko’rasan.(Maqol) Topsam aytaman. Ishlasang tishlaysan (Maqol) Izlasang imkon topasan.
Do'stlaringiz bilan baham: |