Gap bo’laklari Gapning ikkinchi darajali bo’laklari To’liq gap va to’liqsiz gap



Download 22,41 Kb.
bet3/5
Sana01.07.2022
Hajmi22,41 Kb.
#727333
1   2   3   4   5
Bog'liq
ikkinchi darajali

Gap bo’laklari tartibi ikki xil bo’ladi: odatdagi tartib, o’zgargan tartib. Odatdagi tartibda gap bo’laklari tartibi quyidagicha bo’ladi:



  1. Ega (aniqlovchisi bilan) avval, kesim gap oxirida keladi; Ilg’or yoshlar to’plandilar.

  2. Payt holi egadan oldin keladi: Kecha yosh havaskorlar to’plandilar.

  3. To’ldiruvchilar (aniqlovchisi bilan) egadan keyin keladi. Jamoa a’zolari xorijiy mehmonlarga bayram chiqishlarini namoyish etdi.

  4. Vaziyat holi kesimdan avval keladi: Uzoqdan daryo mavjlanib ko’rinar edi.

Gap bo’laklari tartibining o’zgarishi inversiya deyiladi. Inversiya ma’lum maqsadlarda amalga oshiriladi: O’zgargan tartib-inversiya asosan she’riyatda uchraydi: Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o’zbegim.
Ma’no urg’usi gap bo’laklari tartibining o’zgarishi orqali namoyon bo’ladi. Biz konsertga kecha bordik. Ma’no urg’usini olgan bo’lak kesimdan oldin joylashadi.
Ikki bosh bo’lakli gaplar ikkinchi darajali bo’laklar ishtirokiga ko’ra yig’iq va yoyiq gaplarga ajratiladi. Faqat bosh bo’laklar (ega va kesim)dan iborat gap yig’iq gap deyiladi. Talabalar qatnashdilar. Ikkinchi darajali bo’laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq sodda gap deyiladi.


To’liq gap va to’liqsiz gap

To’liq gapda bosh va ikkinchi darajali bo’laklar to’liq holda ishtirok etadi. To’liqsiz gap esa nutq vaziyatidan ma’lum bo’lgan, ayrim bo’laklari, tushirilgan gapdir.


-Siddiqjon nimalar haqida so’zladi?
-Maktab tajriba uchastkasi haqida.
Birinchi gap to’liq gap, ikkinchi gap to’liqsiz gapdir. Ikkinchi gapda ega va kesim tushirilgan. To’liqsiz gaplar suhbatda, so’zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko’p qo’llanadi. Xalq maqollarining ba’zilari to’liqsiz gap shaklida bo’ladi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod.


Gapning uyushiq bo’laklari

Gapning uyushiq bo’laklari bir xil so’roqqa javob bo’lib, gapdagi bir bo’lakka bog’langan bo’laklardir. Uyushiq bo’laklar teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog’lanadi. Yo’lda yosh, keksa, yupun odamlar ketib borardi. Nodir va Salomat biznikiga kelishdi.


Uyushiq bo’laklar asosan bir so’z turkumiga oid so’zlar bilan ifodalanadi. Gap bo’laklarining ta’kidlash-kuchaytirish maqsadidagi takrori uyushiq bo’lak hisoblanmaydi. Bunda hamma, hamma narsa bor.
Gapning uyushiq bo’laklarida son, egalik, kelishik, qo’shimchalari, uyushiq bo’laklarning oxirgisiga yoki uyushiq bo’laklarning har biriga qo’shilishi mumkin.
Uyushiq bo’lakli gaplarda so’zlarni jamlovchi, umumlashtiruvchi bo’lak ham ishtirok etishi mumkin. Umumlashtiruvchi bo’lak uyushiq bo’laklar bilan bir xil so’roqqa javob bo’ladi. Belgilash va bo’lishsizlik olmoshlari, ayrim otlar umumlashtiruvchi bo’lak vazifasida keladi. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so’zdan keyin ikki nuqta qo’yiladi: Insonda hamma narsa: yuzi ham, kiyimi ham, odobi ham go’zal bo’lmog’i kerak.
Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so’zdan oldin tire qo’yiladi. Insonda yuzi ham, kiyimi ham, odobi ham-hamma narsa go’zal bo’lmog’i kerak.
Uyushiq bo’laklar orasida vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, tire ishlatiladi.
Sanash ohangi bilan aytilgan, zidlov bog’lovchilari, takrorlanib qo’llanuvchi ayiruv bog’lovchilari, bog’lovchi vazifasidagi yuklamalar bilan bog’langan uyushiq bo’laklar orasiga vergul qo’yiladi. Uyushiq bo’laklar guruh-guruh bo’lib kelsa, bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi.



Download 22,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish